Pulotov Parviz Amridinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Klinik va genetik xususiyatlarga qarab bolalarda siydik tosh kasalligini xirurgik davolashni optimallashtirish", 14.00.55 – Bolalar xirurgiyasi; 14.00.09 - Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib 2576.
Ilmiy raxbarlar: Yusupov Shuxrat Abdurasulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarov Aziz Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Adxam Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Oliya Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasida diplomdan keyingi ta’lim instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi klinik va genetik xususiyatlarini inobatga olgan xolda bolalarda urolitiazni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek populyasiyasidagi siydik tosh kasalligi mavjud bolalar orasida VDR geni Ff+FF genotiplari, urokinaza geni TT+ST genotiplari va osteopontin geni GG genotipi tashuvchilarida kasallikka moyillik yukoriligi aniklangan;
bolalarda VDR Fok I genini F/f+FF genotiplari va osteopontin genini (rs2853744) G/T+T/T genotiplari siydik tosh kasalligining og‘ir kechishini prognostik markeri ekanligi isbotlangan;
siydik tosh kasalligi mavjud bulgan bolalar konida vitamin D mikdorini 20 ng/mldan va osteopontin mikdori 10,0 ng/ml dan kam bulishi  kasallik kuzgalishini tasdiklovchi marker ekanligi isbotlangan;
siydik tosh kasalligi mavjud bolalarning molekulyar genetik holatiga qarab siydik yo‘llari pastki qismidagi toshlarni olib tashlash jarrohlik davolash taktikasi endoskopik usuli yordamida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Klinik va genetik xususiyatlarga qarab bolalarda siydik tosh kasalligini xirurgik davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: o‘zbek populyasiyasidagi siydik tosh kasalligi mavjud bolalar orasida VDR geni Ff+FF genotiplari, urokinaza geni TT+ST genotiplari va osteopontin geni GG genotipi tashuvchilarida kasallikka moyillik yukoriligi aniklangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashining 2024 yil 24 apreldagi 9-soni bilan tasdiqlangan va “Klinik - labarator va genetik markerlarni axamiyatga olgan xolda siydik tosh kasalligi kaytalanishini prognozlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyatining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi klinikasi amaliyotiga 07.03.2024 yil 41/4-son buyrug‘i bilan, Xorazm viloyatining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi 01.07.2024 yil 142-I-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erishilgan natijalar bolalarda urolitiazga moyillikni erta samarali aniklash xisobiga kasallanish sonini kamaytirish, paydo bo‘lishini bashorat kilish, kasallangan bolalarning hayot sifatini yaxshilashga imkon berdi, uzoq muddatli statsionar xamda jarroxli yo‘li bilan davolanishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Iqtisodiy samaradorligi: tavsiya etilgan optimalashtirilgan jarroxlik davolash usulidan foydalanganilganda 1834000 sum iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda VDR Fok I genini F/f+FF genotiplari va osteopontin genini (rs2853744) G/T+T/T genotiplari siydik tosh kasalligining og‘ir kechishini prognostik markeri ekanligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashining 2024 yil 24 apreldagi 9-soni bilan tasdiqlangan va “Klinik - labarator va genetik markerlarni axamiyatga olgan xolda siydik tosh kasalligi kaytalanishini prognozlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyatining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi klinikasi amaliyotiga 07.03.2024 yil 41/4-son buyrug‘i bilan, Xorazm viloyatining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi 01.07.2024 yil 142-I-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda urolitiaz rivojlanishining klinik va genetik xususiyatlarini o‘rganish natijasinida, STKning residivi xavfini prognoz qilish samaradorligi oshirilgan, xamda genetik tadqiqot usullarining natijalari bolalarda urolitiazning rivojlanishi va takrorlanishining patogenetik mexanizmlarining yangi jihatlarini ochib bergan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda uralitiazni erta tashxislash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning salomatligi tiklanishi  xamda tavsiya etilgan optimalashtirilgan jarroxlik davolash usulidan foydalanilganda 1834000 sum iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: siydik tosh kasalligi mavjud bulgan bolalar konida  vitamin D mikdorini 20 ng/mldan va osteopontin mikdori 10,0 ng/ml dan kam bulishi  kasallik kuzgalishini tasdiklovchi marker ekanligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashining 2024 yil 24 apreldagi 10-soni bilan tasdiqlangan va “Molekulyar- genetik va bioximik statusga boglik xolda bolalarda uralitiazni jarroxlik davolash samaradorligini prognozlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyatining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi klinikasi amaliyotiga 07.03.2024 yil 41/4-son buyrug‘i bilan, Xorazm viloyatining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi 01.07.2024 yil 142-I-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: D vitamini, osteopontin, urokinaza, fetuin-A genlarining asosiy polimorfik belgilari STKli bemorlarda va sog‘lom bolalarda genetik materialni o‘rganish asosida prognostitk markerlar belgilab berilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda uralitiazni erta tashxislash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning salomatligi tiklanishi  xamda tavsiya etilgan optimalashtirilgan jarroxlik davolash usulidan foydalanilganda 1834000 sum iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: siydik tosh kasalligi mavjud bolalarning molekulyar genetik holatiga qarab siydik yo‘llari pastki qismidagi toshlarni olib tashlash jarrohlik davolash taktikasi endoskopik usuli yordamida optimallashtirilgan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universiteti xuzuridagi muvofiqlashtirilgan ekspert kengashining 2024 yil 24 apreldagi 9-soni bilan tasdiqlangan va “Molekulyar- genetik va bioximik statusga boglik xolda bolalarda uralitiazni jarroxlik davolash samaradorligini prognozlash usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyatining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi klinikasi amaliyotiga 07.03.2024 yil 41/4-son buyrug‘i bilan, Xorazm viloyatining ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi 01.07.2024 yil 142-I-son buyrug‘i bilan bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: urolitiazli kasal bolalarning metafilaktikasiga yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan, bu jarrohlik davolashdan so‘ng dispanser kuzatuvi bosqichlarida STK bilan kasallangan bolalarning reabilitatsiya salohiyati oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda uralitiazni erta tashxislash bemorni shifoxonada yotish kunlarini qisqarishiga olib keladi, bolalarning salomatligi tiklanishi  xamda tavsiya etilgan optimalashtirilgan jarroxlik davolash usulidan foydalanilganda 1834000 sum iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish