Maxmudov Umrbek Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Orolbo‘yi sharqiy hududida ijtimoiy-iqtisodiy va etno-madaniy munosabatlar tarixi (mil.avv. IX-VIII – milodiy IV asr), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1427.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sabirov Kurbanbay, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich, tarix fanlari doktori, professor; Qidirniyazov Omar-Sharif, PhD., dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Orolbo‘yi sharqiy hududi aholisining mil.avv. IX-VIII – milodiy IV asrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va etno-madaniy munosabatlari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amudaryo va Sirdaryo quyi havzalarining geografik holati, etnik jarayonlarning rivojlanish bosqichlari, hududiy chegaralari, kartografiyasi masalalariga oydinlik kiritildi;
Sharqiy Orolbo‘yi hududining o‘zlashtirilishi, o‘troq va chorvador aholining turar-joylarini joylashishi va tipologik xususiyatlari, Quyi Sirdaryo havzasidagi ko‘chmanchilarni Xorazm vohasi bilan munosabatlari, Sirdaryo quyi havzasida aholining binokorlik bilimi asosida Tagisken, Chirikrabot, Balandi, Oltinasar yodgorliklarini topografik joylashishi, ularni konstruktiv tuzilishi, mudofaa tizimi bilimining Xorazm vohasi antik davr yodgorliklari bilan o‘xshashlik xususiyatlari Quyi Amudaryodagi Bozorqal’a, Dingilja materiallari asosida innovatsion g‘oyalar asosida dalillandi;
Antik davr dunyosining siyosiy manzarasini aks ettirgan Qang‘, Kushon va Afrig‘ davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarning olib borilishi oydinlashtirildi, Kushon imperiyasi va Qang‘ davlati o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy aloqalari pirovardida Yansay (Orolbo‘yi) xalqlarining yashash sharoitida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelish barobarida nomadizmning inqirozini boshlab berganligi asoslangan, shuningdek, bu jarayon Amudaryoning o‘ng sohilida siyosiy birlashuv, sedentarizatsiya va o‘troqlashuviga olib kelganligi isbotlangan;
Xorazm vohasi aholisining hayot va ijod uyg‘unligi bo‘lgan shaharsozlik madaniyati bilimi asosida loy me’morchiligi maktablari vujudga kelishi va shakllanish tarixi yoritildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yi sharqiy hududida ijtimoiy-iqtisodiy va etno-madaniy munosabatlar tarixini (mil.avv. IX-VIII – milodiy IV asr) tadqiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va xulosalar asosida:
Amudaryo va Sirdaryo quyi havzalarining geografik holati, etnik jarayonlarning rivojlanish bosqichlari, hududiy chegaralari, kartografiyasi bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 10/1339-sonli dalolatnomasi). Ushbu ilmiy natijalar talabalarda tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘lka xalqlari madaniy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkonini bergan;
Sharqiy Orolbo‘yi hududining o‘zlashtirilishi, o‘troq va chorvador aholining turar-joylarini joylashishi va tipologik xususiyatlari, Quyi Sirdaryo havzasidagi ko‘chmanchilarni Xorazm vohasi bilan munosabatlari, Sirdaryo quyi havzasida aholining binokorlik bilimi asosida Tagisken, Chirikrabot, Balandi, Oltinasar yodgorliklarini topografik joylashishi, ularni konstruktiv tuzilishi, mudofaa tizimi bilimining Xorazm vohasi antik davr yodgorliklari bilan o‘xshashlik xususiyatlari Quyi Amudaryodagi Bozorqal’a, Dingilja materiallari asosida olingan natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 5-iyuldagi 10/1339-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy natijalar loyiha doirasida tayyorlangan dastur, monografiya va elektron resurslarni mazmunan boyitish imkonini bergan;
Antik davr dunyosining siyosiy manzarasini aks ettirgan Qang‘, Kushon va Afrig‘ davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarning olib borilishi oydinlashtirildi, Kushon imperiyasi va Qang‘ davlati o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy siyosiy aloqalari pirovardida Yansay (Orolbo‘yi) xalqlarining yashash sharoitida ijobiy o‘zgarishlarga olib kelish barobarida nomadizmning inqirozini boshlab berganligi asoslangan, shuningdek, bu jarayon Amudaryoning o‘ng sohilida siyosiy birlashuv, sedentarizatsiya va o‘troqlashuviga olib kelganligini isbotlovchi natijalar O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 15-iyuldagi 04-36-852-sonli dalolatnomasi). Natijada antik davr dunyosining siyosiy manzarasini aks ettirgan Qang‘, Kushon va Afrig‘ davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarning olib borilishi muhim ahamiyat kasb etganligi toʻgʻrisidagi qarashlarni yanada boyitishga xizmat qilgan;
Xorazm vohasi aholisining hayot va ijod uyg‘unligi bo‘lgan shaharsozlik madaniyati bilimi asosida loy me’morchiligi maktablari vujudga kelishi va shakllanish tarixi kabi natijalaridan kabi natijalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yil 15-iyuldagi 04-36-852-sonli dalolatnomasi). Olingan natijalar asosida tayyorlangan ko‘rsatuvlar ssenariyasi mazmunan ilmiy jihatdan boyishiga xizmat qilgan.