Xaitova Dildora Sharipboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postnatal ontogenezda eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda kraniofatsial sohaning morfometrik ko‘rsatkichlarining xususiyatlari», 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3. PhD/Tib2642.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02. 2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarning boshi va yuz-jag‘ sohasining antropometrik parametrlarini o‘rganish hamda olingan ma’lumotlarni ushbu yoshdagi sog‘lom bolalar ma’lumotlari bilan solishtirishni aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor 3 yoshdan 12 yoshgacha eshitish qobiliyati bo‘lmagan va sog‘lom bolalar kraniofatsial soha antropometrik ko‘rsatkichlaridan olingan natijalari asosida morfometrik parametrlar bo‘yicha yosh davrlariga xos o‘sish ko‘rsatkichlari mavjudligi aniqlangan;
3 yoshdan 12 yoshgacha eshitish qobiliyati bo‘lmagan va sog‘lom bolalarda yosh hamda jins taqsimotini hisobga olingan holda bosh sohasining antropometrik ko‘rsatkichlari bolalikning yosh davrlariga ko‘ra takomillashtirilgan va nisbatan farqlari aniqlangan;
ilk bor bolalikning I va II davrlarida eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda yuz – jag‘ sohasining morfometrik ko‘rsatkichlari gender xususiyatlarini inobatga olgan holda sog‘lom bolalarning morfometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
erta postnatal ontogenezda bolalikning I va II davrlaridagi eshitish qobiliyati bo‘lmagan hamda sog‘lom bolalar suyak yoshi ko‘rsatkichlari pasport yoshi bilan solishtirma tahlili olib borilgan va eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarning suyak yoshi ko‘rsatkichlari pasport yoshidan ortda qolishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
eshitish qobiliyati bulmagan bolalarda kraniofatsial soxa morfometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifini o‘rganish orqaoi reabilitatsiya va profilaktika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor 3 yoshdan 12 yoshgacha eshitish qobiliyati bo‘lmagan va sog‘lom bolalar kraniofatsial soha antropometrik ko‘rsatkichlaridan olingan natijalari asosida morfometrik parametrlar bo‘yicha yosh davrlariga xos o‘sish ko‘rsatkichlari mavjudligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 iyundagi 23-m/053-son bilan tasdiqlangan «Eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda kranial sohaning morfologik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.06.2024 yildagi 60-son hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 28.06.2024 yildagi 1088-2-42-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2023 yil 1 iyundagi 01/04/2997-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda kraniofatsial sohaning antropometrik ko‘rsatkichlarning qiyosiy tavsifi bo‘yicha samarali usullarini ishlab chiqish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalar tug‘ilish darajasi, ularning o‘ziga xos klinikasi hamda yangi zamonaviy antropometrik tekshiruvlarning ishlab chiqilganligi vizual tekshirish o‘tkazish jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi byudjet mablag‘laridan 30000 so‘mga iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: 3 yoshdan 12 yoshgacha eshitish qobiliyati bo‘lmagan va sog‘lom bolalarda yosh hamda jins taqsimotini hisobga olingan holda bosh sohasining antropometrik ko‘rsatkichlari bolalikning yosh davrlariga ko‘ra takomillashtirilgan va nisbatan farqlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 15 iyundagi 23-m/053-son bilan tasdiqlangan «Eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda kranial sohaning morfologik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.06.2024 yildagi 60-son hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 28.06.2024 yildagi 1088-2-42-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2023 yil 1 iyundagi 01/04/2997-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqot natijalari eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda bosh va yuz jag‘ sohasining antropometrik darajalarini o‘rganish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarni, yangi zamonaviy antropometrik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqilganligi vizual tekshirish o‘tkazish jarayon samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometrik tekshiruv narxi 30000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor bolalikning I va II davrlarida eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda yuz – jag‘ sohasining morfometrik ko‘rsatkichlari gender xususiyatlarini inobatga olgan holda sog‘lom bolalarning morfometrik ko‘rsatkichlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 15 iyundagi 23-m/053 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda kranial sohaning morfologik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.06.2024 yildagi 60-son hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 28.06.2024 yildagi 1088-2-42-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2023 yil 1 iyundagi 01/04/2997-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida eshitish qobiliyati bo‘lmagan o‘g‘il va qiz bolalarning tana turli qismlarini antropometrik ko‘rsatkichlari hamda sog‘lom bolalar antropometrik ko‘rsatkichlari o‘rganildi va baholandi. Bu ko‘rsatkichlar eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarning yoshiga ko‘ra me’yoriy o‘zgarish chegaralari asoslab berilgan. Iqtisodiy samaradorligi: eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarning eng maqbul antropometrik ko‘rsatkichlarning ishlab chiqilganligi tekshirish o‘tkazish jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib 1 nafar bemor uchun umumiy antropometriya narxi 30000 so‘m byudjet mablag‘laridan iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta postnatal ontogenezda bolalikning I va II davrlaridagi eshitish qobiliyati bo‘lmagan hamda sog‘lom bolalar suyak yoshi ko‘rsatkichlari pasport yoshi bilan solishtirma tahlili olib borilganligi va eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarning suyak yoshi ko‘rsatkichlari pasport yoshidan ortda qolishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 15 iyundagi 23-m/053 son xulosasi bilan tasdiqlangan «Eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarda kranial sohaning morfologik ko‘rsatkichlarining aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.06.2024 yildagi 60-son hamda Buxoro shahar tibbiyot birlashmasining 28.06.2024 yildagi 1088-2-42-TV/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2023 yil 1 iyundagi 01/04/2997-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: O‘tkazilgan tadqiqotlar asosida eshitish qobiliyati bo‘lmagan o‘g‘il va qiz bolalarning suyak yoshi natijalari o‘rganildi va baholandi.Ular mintaqamiz bolalari uchun milliy standart sifatida tavsiya etiladi. Olingan ma’lumotlar bolalar orasida uchraydigan eshitish qobiliyati past bo‘lgan bolalarni o‘z vaqtida aniqlash, antropometrik ko‘rsatkichlarni sog‘lom va eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalar orasidagi farq nisbatlarini aniqlashga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: Eshitish qobiliyati bo‘lmagan bolalarning eng maqbul antropometrik ko‘rsatkichlarning ishlab chiqilganligi tekshirish o‘tkazish jarayoni samaradorligini oshirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishilgan bo‘lib, 1 nafar bemor uchun umumiy antropometrik tadqiqot usulini qullash byudjet moblag‘larini 30000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan va iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.