Nurullaev Nodirbek Namozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Postkovid sindromi kuzatilgan bemorlarda vegetativ buzilishlar va psixoemotsional status holati va ularni korreksiya qilish” 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4. PhD /Tib2265.
Ilmiy raxbar: Axrorova Shaxlo Botirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc 04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Haydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Boshqiriston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postkovid sindromi kuzatilgan bemorlarda nevrologik defisitni, vegetativ va psixoemotsional status holatini o‘rganish va ularni korreksiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postkovid sindromda nevrologik simptomlarning namoyon bo‘lishi kasallanishdan keyingi davr davomiyligi, COVID-19ning klinik kechish darajasi, asab tizimi shikastlanish lokalizatsiyasiga bog‘liqligi asoslangan;
 postkovid sindromida asosan vegetativ asab tizimining markaziy soxalari, po‘stlokning chakka soxasi, gippokamp, talamus va limbik tizim zararlanib, vegetativ, kognitiv, psixoemotsional statusning disfunksiyasi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan;
postkovid sindromdagi nevrologik buzilishlarni erta tashxislashda elektoroenesefalogarfiyaning ahamiyati baholanib, markerlardan irritativ alfa ritm, deformatsiyalangan al`fa ritm, deformatsiyalangan beta ritm, yarim sharlar assimetriyasi kabilar patologik siljishlarning  diagnostik kriteriylari asoslangan;
postkovid sindromida kuzatilgan markaziy asab tizimi zararlanishida transkranial magnit stimulyasiya bilan davolash samaradorligi o‘rganilgan va  tizimlashtirilgan davo algoritmi  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Buxoro viloyati Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 15.07.2024 yildagi, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 8.05.2023 yildagi, Peshku tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 18.04.2023 yildagi joriy qilish dalolatnomalariga asosan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/14 - son xulosasi)
birinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromda nevrologik simptomlarning namoyon bo‘lishi kasallanishdan keyingi davr davomiyligi, COVID-19ning klinik kechish darajasi, asab tizimi shikastlanish lokalizatsiyasiga bog‘liqligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi. Bemorlarda vegetativ buzilishlar, psixoemotsional statusi o‘zgargan bemorlarni klinik nevrologik va psixologik tekshiruvdan o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lib, ushbu kasalliklarni kompleks davolash tizimida psixofarmakoterapiya zarurligini aniqlashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Postkovid sindromini davolashda kompleks terapiyaning qo‘llanilishi statsionar davolash muddatini 4,2 kunga kamayishiga olib kelgan. Bir kunlik statsionar davolanish narxi 430 mingni tashkil qiladi, bemorlarda yotoq kunining qisqarishi hisobidan har bir bemordan 1806000 so‘mga iqtisodiy tejamkorlik qilish imkonini bergan. Xulosa. Postkovid sindromini davolashda kompleks terapiyaning qo‘llanilishi nevrologik simptomlarning tez yaxshilanishiga, davolashga sarflanadigan xarajatni kamayishiga va reabilitatsiya potesialini oshishiga yordam bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromida asosan vegetativ asab tizimining markaziy soxalari, po‘stlokning chakka soxasi, gippokamp, talamus va limbik tizim zararlanib, vegetativ, kognitiv, psixoemotsional statusning disfunksiyasi bilan namoyon bo‘lishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda vegetativ buzilishlar, psixoemotsional statusi o‘zgargan bemorlarni klinik nevrologik va psixologik tekshiruvdan o‘tkazilishi, ushbu kasalliklarni kompleks davolash tizimida psixofarmakoterapevtik yordam ko‘rsatish zarurligini ko‘rsatib, bemorlarning erta psixologik davolash imkoniyatini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postkovid sindromini davolashda psixofrmakologik terapiyani barvaqt qo‘llash natijasida ularning ambulator murojaatlari soni 2 baravarga  kamayib, har bir bemor uchun bir yilda byudjetdan tashqari mablag‘lardan  284200 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: postkovid sindromini davolashda psixofarmokologik kompleks terapiyaning qo‘llanilishi nevrologik simptomlarning tez yaxshilanishiga, davolashga sarflanadigan xarajatni kamayishiga va reabilitatsiya potesialini oshishiga yordam bergan. Ambulator qatnov  qisqarishi hisobidan har bir bemordan 284200  so‘mga iqtisodiy tejamkorlik qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: postkovid sindromdagi nevrologik buzilishlarni erta tashxislashda elektoroenesefalogarfiyaning ahamiyati baholanib, markerlardan irritativ alfa ritm, deformatsiyalangan al`fa ritm, deformatsiyalangan beta ritm, yarim sharlar assimetriyasi kabilar patologik siljishlarning  diagnostik kriteriylari asoslangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: postkovid sindromidagi markaziy asab tizimi disfunksiyasida asosiy faollikning sekinlashuvi, irritativ alfa ritm, deformatsiyalangan al`fa ritm, deformatsiyalangan beta ritm, yarim sharlar assimetriyasi kabi EEG o‘zgarishlar xosligi aniklangan va bu tekshirish usuli postkovid sindromidagi nevrologik defisitni erta tashxislash imkoniyatini yaratgan.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi. Ilmiy yangilikni amaliyotga tadbiq etish natijasida statsionar davo kunlari qiqarishi evaziga har bir bemor uchun byudjet xarajatlardan 134500 so‘m, byudjetdan tashqari xarajatlardan 457300 so‘m  iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa:  postkovid sindromini davolashda kompleks terapiyaning qo‘llanilishi nevrologik simptomlarning tez yaxshilanishiga, davolashga sarflanadigan xarajatni kamayishiga va reabilitatsiya potesialini oshishiga yordam bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangili: postkovid sindromida kuzatilgan markaziy asab tizimi zararlanishida transkranial magnit stimulyasiya bilan davolash samaradorligi o‘rganilgan va  tizimlashtirilgan davo algoritmi  ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: postkovid sindromida kuzatilgan markaziy asab tizimi zaralanishida, vegetativ disfunksiya, engil va o‘rta darajadagi kognitiv buzilishlar, xavotirli xolat, kichik va katta depressiv epizodlarni davolashda TMSning davo samaradorligi oshishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi.  davo jarayoniga TMS ni qo‘llash evaziga standart bo‘yicha davo xarajatlaridan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan har bir bemorga 344900 so‘m ichtisodiy samaradorlikka erishilgan.  Xulosa. Postkovid sindrom kuzatilgan bemorlarni davolashda bazis terapiya bilan birgalikda TMS ni qo‘llash davo samarasini oshirib, vaqtni hamda iqtisodiy xarajatlarni kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Postkovid sindromi kuzatilgan bemorlarda vegetativ buzilishlar va psixoemotsional status holati va ularni korreksiya qilish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 24 maydagi 01/04/2838-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish