Akramov Toxir Abdiraxmonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobil` sanoati korxonalarida marketing strategiyalarini takomillashtirish», 08.00.11–Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Iqt50.
Ilmiy maslahatchi: Xodiev Baxodir Yunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ravshan Zokirovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xashimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: avtomobil` sanoati korxonalarida marketing strategiyalarini takomillashtirish va camaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil` sanoati korxonalarini maqsadli rivojlantirishning “global qiymat zanjiri (GVCs)” marketing strategiyasiga to‘rt bosqichli marketing-miks, maqsadli segmentlash va texnologik moslashuvchanlik elementlarini qo‘llagan holda avtomobil` sanoatining marketing strategiyasini ishlab chiqish tizimi tuzilmasi tavsiya etilgan;
avtomobil` sanoati korxonalarining direct-marketing strategiyasi iste’molchilarning buyurtmalarini onlayn qabul qilish, sotishning eksklyuziv usulidan foydalanish vositasida takomillashtirilgan;
avtomobil` sanoati korxonalarida xaridorlar xulq-atvorining o‘zgarishini aniqlash va brend darajasini qo‘llash asosida marketing strategiyalari samaradorligini baholash mezonlari takomillashtirilgan;
o‘zaro manfaatli munosabatlar yuritishda mijozlarning xulq-atvor o‘zgarishlariga oid axborotlar bilan boyitilgan ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashga imkon beruvchi integratsiyalashgan tizimga (UzAuto System) asoslangan axborot tizimi tuzilmasi internet va raqamli marketingdan foydalanish asosida ishlab chiqilgan;
avtomobil` sanoati korxonalarida marketing strategiyalarini shakllanish jarayonlarini ko‘p omilli chiziqli regressiya modeli orqali baholashning istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil` sanoati korxonalarida marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
avtomobil` sanoati korxonalarini maqsadli rivojlantirishning “global qiymat zanjiri (GVCs)” marketing strategiyasiga to‘rt bosqichli marketing-miks, maqsadli segmentlash va texnologik moslashuvchanlik elementlarini qo‘llagan holda avtomobil` sanoatining marketing strategiyasini ishlab chiqish tizimi tuzilmasi “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (“JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining 2018 yil 15 sentyabrdagi 1254-son ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining boshqaruv xarajatlarini 12 foizga qisqartirish, mahsulot sotish hajmini 2018 yilning II choragida 2017 yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga oshirish imkonini bergan;
avtomobil` sanoati korxonalarida iste’molchilarning buyurtmalarini onlayn qabul qilish, sotishning eksklyuziv usulidan foydalanish vositasida takomillashtirilgan direct-marketing strategiyasi «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyatining “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi hamda “Samarqand Avtomobil Zavodi” MChJlari faoliyatiga joriy etilgan (“JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining 2018 yil 15 sentyabrdagi 1254-son, Samarqand Avtomobil Zavodi” mac’uliyati cheklangan jamiyatning 2018 yil 15 sentyabrdagi 836-t-son ma’lumotnomalari). Mazkur strategiyaning korxona faoliyatiga joriy etish natijasida “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida 54 ta iste’molchining, “Samarqand Avtomobil Zavodi” MChJda 13 ta iste’molchining buyurtmalari qabul qilingan va ularga avtomobillarni o‘z vaqtida xarid qilishiga imkoniyat yaratilgan;
avtomobil` sanoati korxonalarida xaridorlar xulq-atvorining o‘zgarishini va brend darajasini aniqlash asosida marketing strategiyalari samaradorligini baholash mezonlari “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi hamda “Samarqand Avtomobil Zavodi” mac’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyatiga joriy etilgan (“JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining 2018 yil 15 sentyabrdagi 1254-son, Samarqand Avtomobil Zavodi” mac’uliyati cheklangan jamiyatning 2018 yil 15 sentyabrdagi 836-t- son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi raqobatbardoshligini ta’minlashga va eksport salohiyatini 2017 yilda 4,3 foizga oshirishga imkon bergan;
o‘zaro manfaatli munosabatlar yuritishda mijozlarning xulq-atvor o‘zgarishlariga oid axborotlar bilan boyitilgan ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashga imkon beruvchi integratsiyalashgan tizimga (UzAvto System) asoslangan internet va raqamli marketingdan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi hamda “Samarqand Avtomobil Zavodi” MChJlari faoliyatiga joriy etilgan (“JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining 2018 yil 15 sentyabrdagi 1254 sonli, Samarqand Avtomobil Zavodi” mac’uliyati cheklangan jamiyatning 2018 yil 15 sentyabrdagi 836-t-son ma’lumotnomalari). Mazkur algoritmdan foydalanish “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining marketing faoliyatida iste’molchilar bilan munosabatlar o‘rnatish va eksport geografiyasini oshirish, shuningdek, “Samarqand Avtomobil Zavodi” MChJning mahsulot sotish hajmini 2018 yilning II choragida shu yilning I choragiga nisbatan 2 barobarga oshirish imkonini bergan;
avtomobil` sanoati korxonalarida marketing strategiyalarini shakllanish jarayonlarini ko‘p omilli chiziqli regressiya modeli orqali baholashning istiqbolli yo‘nalishlari “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi hamda “Samarqand Avtomobil Zavodi” MChJlari faoliyatiga joriy etilgan (“JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining 2018 yil 15 sentyabrdagi 1254-son, Samarqand Avtomobil Zavodi” mac’uliyati cheklangan jamiyatning 2018 yil 15 sentyabrdagi 836-t-son ma’lumotnomalari). Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi “JV MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining marketing faoliyati samaradorligini 5,2 foizga, “Samarqand Avtomobil Zavodi” mac’uliyati cheklangan jamiyatining marketing faoliyati samaradorligini esa 3,2 foizga oshirish imkonini bergan.