Navruzova Nilufar Orzijonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini erta tashxislash, oldini olishning zamonaviy tendensiyasi va imkoniyatlari”, 14.00.01– Akusherlik va ginekologiya; 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika.
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1472.
Ilmiy rahbarlar: Ixtiyarova Gul`chexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor; Muminova Nigora Xayritdinovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Hamdamova Muxayyo Tuxtasinovna, tibbiyot fanlari doktori professor; Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.N. Burdenko nomli Voronej davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertasiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: bachadon bo‘yni servikal intraepitelial neoplaziyasini erta tashxislashda kliniko-anamnestik, instrumental, immuno-biokimyoviy markerlarni qiyosiy tashxislash va profilaktik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
slindrik intraepitelial neoplaziya va odam papiloma virusining rivojlanishi aellar anamnezidagi oshqozon ichak kasalliklari, xomila tushish yoki undani nuqsonlar uchrash xolatlari kin mikrobiotasining anaerob disbiozi, ya’ni Lactobacillus spp. kamayishi va shartli patogen mikrofloraning Atopobium vaginae, Megasphaera spp. va ureaplazma, mikoplazma ko‘payishi bilan o‘zaro bog‘liqligi bn uzviy boglikliklari isbotlangan;
odam patiloma virusi musbat bo‘lgan servikal neoplaziyalari genital gerpes va obligat anaeroblarning oshishi HSIL ning LSIL ga nisbatan qinda og‘ir disbiotik jarayonlarning rivojlanishi bilan kechishi asoslangan;
ROC tahlil asosida gipergomotsisteinemiya, IL-4, IL-6, IL-10, TNF-α oshishi tasnifi, sezgirligi va o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi, CIN erta tashxislash rejasini tanlashdagi bashoratlovchi markyorlar ekanligi isbotlangan;
o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida klinik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari xavfini erta bashoratlash shkalasi yaratilib, tashxislash va pog‘onali profilaktika bilan algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari differensial diagnostikasini takomillashtirish usuli» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 20224 yil 25 sentyabrdagi 06/75-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: Slindrik intraepitelial neoplaziya va odam papiloma virusining rivojlanishi aellar anamnezidagi oshqozon ichak kasalliklari, xomila tushish yoki undani nuqsonlar uchrash xolatlari kin mikrobiotasining anaerob disbiozi, ya’ni Lactobacillus spp. kamayishi va shartli patogen mikrofloraning Atopobium vaginae, Megasphaera spp. va ureaplazma, mikoplazma ko‘payishi bilan o‘zaro bog‘liqligi bn uzviy boglikliklari isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik xavfini erta bartaraf etish hisobiga anamnezida bola tashlash, homila nuqsonlari kabi ko‘rsatkichlar 1,5 baravar kamaygan hamda qin mikrobiotasini chuqur buzilishlarini erta aniqlash amalga oshirilgan taqdirda ushbu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni kamaytirishga erishiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari bilan xastallangan ayollarning qin mikrobiotasini erta aniqlash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 333000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari bilan xastalangan ayollarning qin mikrobiotasini chuqur buzilishlarini erta aniqlash muhim ahamiyat kasb etdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: odam papiloma virusi musbat bo‘lgan servikal neoplaziyalari genital gerpes va obligat anaeroblarning oshishi HSIL ning LSIL ga nisbatan qinda og‘ir disbiotik jarayonlarning rivojlanishi bilan kechishi asoslangan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkazilgan tadqiqotlarda servikal intraepitelial neoplaziyasi bilan xastallangan ayollarda odam papillomovirus virusining klinik kechish xususiyatlari baholanib, odam papillomovirus virusi musbat bo‘lgan servikal neoplaziyalari genital gerpes va obligat anaeroblarning oshishi HSIL ning LSIL ga nisbatan qinda og‘ir disbiotik jarayonlarning rivojlanishi bilan kechishi xarakterdaligi tasdiqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: odam papillomovirus virusi ko‘rsatkichi aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan 94300 so‘m, byudjetdan tashqari 62100 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: odam papillomovirus virusi ahamiyati baholanganda servikal intraepitelial neoplaziyasi erta tashxislash hisobidan har 1 nafar bemordan 156400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: ROC tahlil asosida gipergomotsisteinemiya, IL-4, IL-6, IL-10, TNF-α oshishi tasnifi, sezgirligi va o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi, CIN erta tashxislash rejasini tanlashdagi bashoratlovchi markyorlar ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda gipergomotsisteinemiya va IL-4, IL-6, IL-10, TNF-α korrelyasion bog‘liqliklar isbotlangan. CIN erta tashxislash bashoratlashda interleykin ko‘rsatkichlaridan IL-4, IL-6, IL-10, TNF-α hamda gomotsistein miqdorini aniqlashning diagnostik va prognostik ahamiyati ko‘rsatilgan. O‘tkazilgan laborator mezonlar asosida tashxislash dastlabki darajalarda servikal intraepitelial neoplaziyasini davolash, nogironlik va asoratlar rivojlanishining oldini olish choralarini belgilaydi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: gipergomotsisteinemiya va IL-4, IL-6, IL-10, TNF-α ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, servikal intraepitelial neoplaziyasini erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir nafar bemorga byudjet hisobidan 304800 so‘m, byudjetdan tashqari 192000 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: gipergomotsisteinemiya va IL-4, IL-6, IL-10, TNF-α ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir nafar bemordan 496800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida klinik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklari xavfini erta bashoratlash shkalasi yaratilib, tashxislash va profilaktikaning pog‘onali algoritmi optimallashtirilgan. Ijtimoiy samaradorligi: klinik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini erta xavfini bashoratlash shkalasi va profilaktik algoritmini qo‘llash orqali akusherlik asoratlari va ginekologik ko‘rsatkichlarining pasayishi va profilaktik tadbirlarning samaradorligi ortishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bachadon bo‘yni rak oldi kasalligining rivojlanishini oldini olish hisobiga diagnostik-davolash tadbirlariga ketadigan xarajatlar bir nafar bemor hisobiga 1151300 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: klinik, immunologik va laborator ko‘rsakichlar ma’lumotlariga asoslanib bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarini erta xavfini bashoratlash shkalasi va profilaktik algoritmini qo‘llash kasallikni oldini olish tadbirlarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.