Choriev Ilxom Kenjaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida azot, fosfor va kislorod bo‘lgan korroziya ingibitorlari olish texnologiyasini ishlab chiqish va ularning qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4393.
Ilmiy rahbar: Normurodov Baxtiyor Abdullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti  .
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich, texnika fanlari doktori, professor; Xuseinov Arslonnazar Shernazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: monoetanolamin, fosfat kislota, metil metakrilat va malein angidirid asosida ingibirlash samaradoriligi yuqori bo‘lgan korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
monoetanolamin, fosfat kislota, metil metakrilat va malein angidrid asosida MMF-1 va MMF-2 markali korroziya ingibitorlari olingan;
monoetanolamin, fosfat kislota, metil metakrilat va malein angidirid asosida olingan korroziya ingibitorlarining struktura tuzulishi IQ-spektroskopiya, YaMR va PMR usullar yordamida aniqlangan;
olingan korroziya ingibitorlarning 1M HCl + 200 mg/l NaCl, 0,5 M HCl+200 mg/l NaCl, 0,5 M H2SO4+200 mg/l NaCl, 0,5 M H2SO4, 0,5 HCl, 1M H2SO4 va 1 suv bilan sovutish muhitlarida korroziyadan himoyalash darajasi aniqlangan;
ushbu korroziya ingibitorlarining ingibirlash mexanizmi va ingibirlash samaradorligi kinetik, termodinamik, gravmetrik va elektrokimyoviy usullar yordamida shuningdek, ingibirlangan va ingibirlanmagan po‘lat sirtining morfologiyasi skanerlovchi elektron mikroskop va atom kuch mikroskop usullari orqali aniqlangan;
MMF-1 va MMF-2 markali korroziya ingbitorlarini sintez qilishning prinsipial texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Monoetanolamin, fosfat kislota, metil metakrilat va malein angidrid asosida kompozit korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy natijalar asosida:
tarkibida azot, fosfor, kislorod bo‘lgan MMF-1 va MMF-2 markali korroziya ingibitorlarini olish texnologiyasi “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2024 yil 21 avgustdagi 782/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, monoetanolamin, fosfat kislota, metil metakrilat asosida yuqori samarali import o‘rnini bosuvchi korroziya ingibitorlarini olish imkonini bergan;
olingan MMF-1 va MMF-2 markali korroziya ingibitorlari “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJda metall konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilishda amaliyotda qo‘llanilgan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” AJning 2024 yil 21 avgustdagi 782/GK-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki suvli aylanma va sovutish sistemalarida yuzaga keluvchi korroziyadan po‘lat materiallarini himoyalash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish