Meylieva Munisxon Normuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oqava va tabiiy suvlar tarkibida neft mahsulotlarini aniqlashning gaz-xromatografik usulini takomillashtirish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K180.
Ilmiy rahbar: Smanova Zulayxo Asanalievna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Geologiya fanlari universiteti «Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti» Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Oʻzbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: E.Abduraxmonov, kimyo fanlari doktori proffessor; J.F.Ziyavitdinov, kimyo fanlari doktori, proffessor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oqava va tabiiy suvlar tarkibida neft mahsulotlarini aniqlashning gaz-xromatografik usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv obektlarining tipiga (er osti va er usti, oqava, ichimlik suvlari) va suyuq fazada neft mahsulotlarining konsentratsiyasiga (˃0.02 mg/dm3) bog‘liq bo‘lmagan holda ulardan neft mahsulotlari fraksiyalari va miqdorini maksimal ajratib olishning optimal sharoitlari: organik erituvchi - xloroform, 20 oS haroratda, 5-8 daqiqada, muhit rN≥2ga tengligi aniqlangan;
suyuq fazada umumiy neft mahsulotlari fraksiyalari va miqdorini maksimal ajratib olishda yangi mahalliylashtirilgan “xromatografik mikrokolonka” usuli taklif etildi;
tanlangan organik erituvchi va namuna tayyorlash sharoitida, suv resurslaridan xromatografik mikrokolonka usuli yordamida neft mahsulotlarini ajratib olish hamda sifat (identifikatsiya) va miqdoriy tahlil qilishda ekspress mass-spektrometrik va alanga-ionizatsion detektorli gaz-xromatografik usuli takomillashtirilgan;
takomillashtirilgan mass-spektrometrik detektorli gaz-xromatografik usuli yordamida, ilk bor real obektlarda mavjud kuzatuv burg‘i quduqlari va oqava suv namunalari tarkibidagi neft mahsulotlari fraksiyalari identifikatsiya qilingan;
takomillashtirilgan usul yordamida sun’iy namunalar tahlil qilinib, mavjud standart gravimetrik, fluorimetrik va IQ-spektroskopiyasi usullari bilan solishtirilganda nisbiy standart chetlanish 0,048 dan oshmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqava va tabiiy suvlar tarkibida neft mahsulotlarini aniqlashning gaz-xromatografik usulini takomillashtirish natijalari asosida: namuna tayyorlashning optimal (neft mahsulotlari fraksiyalarini maksimal ajratib olish uchun organik erituvchi - xloroform, ekstraksiya qilish harorati - 20 oS va ekstraksiya vaqti 5-8 daqiqa, suv muhiti rN≥2) usuli yordamida tayyorlangan oqava, er osti va qatlam suvlari namunalari Farg‘ona gidrogeologiya stansiyasi va Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti laboratoriyalarida qo‘llanilgan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yil 02-iyuldagi 08-2330-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, suv resurslaridan neft mahsulotlarini ajratib olishda maqbul organik erituvchini tanlash, ektraksiya jarayonini sezilarli darajada tezlashtirish va elyuatni sifatli tozalash imkonini bergan;
suyuq fazada neft mahsulotlarini organik erituvchi yordamida xromatografik mikrokolonka usulida aniqlashning takomillashtirilgan gaz-xromatografik usuli Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti va Farg‘ona gidrogeologiya stansiyasi faoliyatiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2024-yil 02-iyuldagi 08-2330-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv resurslarida neft mahsulotlarining konsentratsiyasiga (˃0.02 mg/dm3) bog‘liq bo‘lmagan holda ulardan neft mahsulotlari fraksiyalarini samarali ajratish va miqdorini aniqlashga imkon yaratgan.