Abdullaeva Gulchexra Abduxalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sorbsiya jarayonida N, S-saqlagan qattiq ekstragentlarda baʼzi ogʼir metall ionlarining kompleks hosil qilishi», 02.00.01-Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K549.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Umarov Baqo Bafaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibragimova Mavluda Ro‘zimetovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq fazali ekstraksiya jarayonida og‘ir metall ionlarining N, S-tutgan organik ligandlar bilan kompleks hosil qilish xususiyatlarini aniqlashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zn(II), Cd(II), Pb(II) ning MBT, PAN, Dtz bilan metal-ligand 1:2 nisbatda bo‘lgan 10 ta kompleks birikmalari qattiq xolatda olingan;
element analiz, differensial-termik, RSA, IQ-, raman spektroskopiya usullari yordamida sintez qilingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari hamda tetraedr va oktaedr shaklidagi kompleks hosil bo‘lish jarayonida metall ionlarining koordinatsiyalanish qurshovi qonuniyatlari aniqlangan;
ilk bor tarkibi [Cd(MBT)4], [Zn(MBT)2Phen] bo‘lgan kompleks birikmalarining kristall tuzilishlari asoslangan;
azot, oltingugurt tutgan ligandlar MVT, PAN, Dtz ni noorganik tashuvchi alyuminiy oksidga nokovalent immobillash natijasida kompleks xosil qiluvchi sorbsion sistemalar olingan;
olingan sorbentlarda Zn(II), Cd(II), Pb(II) ionlari sorbsiyasining optimal sharoitlari tanlangan;
sorbent fazasida hosil bo‘lgan komplekslar tarkibi va tuzilishining Zn(II), Cd(II), Pb(II) ionlari sorbsiyasiga ta’siri va desorbsiya xossalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qattiq fazali ekstraksiya jarayonida og‘ir metal ionlarining N,S-tutgan organik ligandlar bilan kompleks hosil qilish xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
[Zn(MBT)2Phen] tarkibli kompleks birikmaning rentgen tuzilish tahlili natijalari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk /cons/retrievihg.html CCDC depozit raqami 2388092). Natijada, o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
qattiq ekstragentlarni olinish usullari va ularning sorbsion xamda kompleks hosil qilish xossalari Yaponiyaning Kyushi universitetining maqsadli ilmiy tadqiqotlarida foydalanilgan (Yaponiya Kyushi universitetining 2024-yil 17-sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada suvni tozalash uchun yangi sorbsion materiallarni olish imkonini bergan;
Al2O3-Dtz, Al2O3-MBT, Al2O3-PAN sorbentlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ texnologik eritmalaridan og‘ir metallar ionlarini ajratib olish jarayoniga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 6 sentyabrdagi №23/01-01-07/525-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘ir metallar ionlarini ajratish jarayonida an’anaviy qo‘llaniladigan importli sorbentlarga nisbatan olingan sorbentlar alternativ sifatida ko‘rib chiqish imkonini bergan;
olingan qattiq ekstragentlarning kompleks hosil qilish va sorbsion xossalarini o‘rganish natijalari PZ-2017092435 “Xorazm viloyati sharoitida dorivor o‘simliklarni etishtirish va ular asosida biologik faol qo‘shimchalar yaratish” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2024 yil 22 fevraldagi 4/1255-427-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 2-merkaptobenztiazol, difeniltiokarbazon, piridilazonaftollarning og‘ir metall tuzlari bilan metall kompleks birikmalarini sintez qilish orqali dorivor o‘simliklar xom ashyosi tarkibidagi og‘ir metallar (Zn2+, Cd2+, Pb2+) miqdorini aniqlash imkonini bergan.