Atashov Aziz Kenesbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ba’zi 3d-metallarning 2-amino-5-merkapto-1,3,4-tiadiazol hosilalari bilan kompleks birikmalarni sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01-Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/K612.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shahnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaeva Zubayda Shavkatovna, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn tuzlari bilan 2-amino-5-merkapto-1,3,4-tiadiazol hosilalarining metallokompleks birikmalarini sintez qilish hamda ularning tuzilishi va xossalarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kobalt(II), nikel(II), mis(II) va ruxlarning xloridli, bromidli, sulfatli, perxloratli tuzlarini geterohalqali ligandlar 2-amino-5-merkapto-1,3,4-tiadiazol hosilalari bilan, ruxli kompleks birikmalarda M:L 1:2, mis (II) perxloratli kompleks birikmalarda 2:3 va Co(II), Ni(II), Cu(II) kompleks birikmalarda 1:4 nisbatdagi 48 ta yangi neytral va kationli kompleks birikmalar sintez qilingan;
kvant-kimyoviy hisoblashlar natijasida ligandlarning elektron tuzilishlari va 3d-metall ionlariga tiadiazol halqasidan koordinatsiyalanish markazlari aniqlangan;
spektral va strukturaviy usullar yordamida atsidoligandlarning (Cl-, Br-, SO42-, ClO4-) tabiati va hajmiga ko‘ra molekulalararo o‘zaro ta’sirga kirishishi hamda ularning ham tashqi sfera (perxlorat, sulfat), ham ichki va tashqi sferada (xlorid, bromid, sulfat) joylashishi aniqlangan;
ilk bor [Cu2L23](ClO4)2, [CuL14Cl]Cl, [CuL14Br]Br, [CuL24Cl]Cl, [CuL24Br]Br, [CuL34Cl]Cl, [CoL24(H2O)Cl]Cl, [CoL24(H2O)2](ClO4)2 kompleks birikmalarning monokristallari olingan va rentgen struktur analiz yordamida ularning fazoviy tuzilishi biyadroli tetraedr, tetragonal-piramida va oktaedr tuzilishlarda bo‘lishi isbotlangan;
misli komplekslardagi elektron va stereokimyoviy ta’sirlar hamda Yan-Teller effekti hisobiga metall-atsidoligand bog‘larining uzayishi tufayli markaziy atomning koordinasion soni beshga teng bo‘lgan tetragonal-piramida tuzilishli, sp3d gibridlanishdagi komplekslar hosil bo‘lishi aniqlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalarning eritmadagi barqarorligi Co2+˂ Ni2+ ˂ Cu2+ > Zn2+ qatorida ortib borishi va Irving-Uilyams qatori qonuniyatiga mos kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 2-Amino-5-merkapto-1,3,4-tiadiazol hosilalarini 3d-metallar bilan yangi metallokompleks birikmalarining sintezi va fizik-kimyoviy hamda korroziyaga qarshi ingibitorlik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
L3 (2388418), [CuL14Br]Br (2388185), [CuL24Br]Br (2341909) tarkibli birikmalarning rentgen tuzilish analiz natijalari Kembrij kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Data base, https://doi.org/10.1107/S2056989024002652). Natijada bu sintez qilingan birikmalarga o‘xshash yangi kimyoviy birikmalarni sintez qilish va tuzilishini tavsiflash imkonini beradi;
AAT birikmasining temir konstruksiyalar yuzasida kompleks birikma hosil qilib korroziyalanishni sekinlashtirishi sababli ingibitorlik faolligi aniqlandi. Bu tadqiqot “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” MChJ ning “Texnik nazorat bo‘limi” qoshidagi elektrokimyoviy laboratoriyada amalga oshirilgan va amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” ning 2023-yil 23-iyundagi 426-G‘K-06-sonli ma’lumotnomasi). Natijada AAT birikmasi tarkibidagi donor markazlar yordamida koordinatsion bog‘lar hisobiga temir yuzasida qoplamalar hosil qilib, temir konstruksiyalarni korroziyadan 87-90% ga himoya qilish imkonini bergan.