Jo‘raev Dadaxon Davlat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Bitter separatori konstruksiyasini takomillashtirish va yuritmalarining o‘zaro ta’sirlashuvchi mashina agregatlarini dinamik tahlili”, 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T3919.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamaxonov Azam Abdumajidovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xolmirzaev Javlonbek Zakirjanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Bitter separatori konstruksiyasini takomillashtirish va yuritmalarining o‘zaro ta’sirlashuvchi mashina agregatlarini dinamik tahlil etish hamda amaliy jihatdan chigitli chiqindilardan samarali ozuqa yog‘-moyini olishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
chigit rushankasini ajratuvchi separator tarkibidagi o‘zaro qarama-qarshi aylanuvchi to‘rli yuzali baraban va uruvchi kurakchali val mashina agregatlarini o‘zaro ta’sirlashuvchi bitta mashina sifatida qaralgan holda uning dinamik va matematik modellari ishlab chiqilgan;
chigit rushankasini ajratish jarayonidagi o‘zaro ta’sir impuls kuchi va rushanka massasini hisobga olgan holda hamda zarba nazariyasi asosida baraban to‘rli yuzasi bilan ta’sirlashgandan keyingi rushanka qismining tezligini hisoblash formulasi olingan;
chigit rushankasi bo‘laklari zarbali ta’sirdan keyingi chiziqli tezliklari qiymatlarini o‘zgarishini uning massalari, to‘rli yuza bilan ishqalanish koeffisientiga, hamda impuls kuchiga bog‘liqlik qonuniyatlari olingan;
chigit rushankasini to‘rli barabanga urilish tezligi, tiklanish koeffisienti va kurakchali val radiusini hisobga olgan holda chigit bo‘lagini to‘rli yuzaga o‘zaro ta’sir burchagi va reaksiya kuchini aniqlash imkonini beradigan analitik ifodalar ishlab chiqilgan;
tavsiya etilgan separatordagi texnologik qarshilik kuchi, kurakcha tayanchidagi qayishqoq element bikrligi, dissipatsiya koeffisienti va kurakcha massasini hisobga olgan holda uruvchi kurakchaning kichik tebranishlarini barqaror harakatini ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bitter separatori mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qayishqoq rezina tayanchli uruvchi kurakchalari bo‘lgan modernizatsiya qilingan Bitter separatori mashinasining tajriba nusxasi Navoiy viloyat Navoiy shahridagi “Forever servise” MChJda joriy etilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari” uyushmalarining 2024-yil 14-mart №KC/3-70-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chigit rushankasini ajratuvchi separatordagi shovqin darajasini 1,5 martaga kamaytirishga erishilgan;
Bitter separatorining elak barabani ichidagi paxta chigiti rushankasini urib maydalovchi qayishqoq rezina tayanchli uruvchi kurakchalari takomillashtirilgan yangi konstruksiyasi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Vang‘ozi agro-eksport” MChJda ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zbekiston Respublikasi Yog‘-moy sanoati korxonalari” uyushmalarining 2024-yil 14-mart №KC/3-70-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sheluxa tarkibiga qo‘shilib ketayotgan yadrodan olinishi mumkin bo‘lgan xom yog‘ning massaviy ulushi 1,28% ga saqlab qolinishi hisobiga chigitli chiqindilardan ozuqa yog‘-moy ishlab chiqarish samaradorligini 5-7% ga oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish