Kushanov Lochin Abdumuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kombinatsiyalashgan ish organli plugning kompanovkasi va asosiy parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2928.
Ilmiy rahbar: Axmetov Adilbek Agabekovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Musurmonov Azzam Turdievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish uchun tuproqqa sifatli ishlov beruvchi energiya va resur stejamkor kombinatsiyalashgan ish organi bilan jihozlangan plugni kompanovkasini, konstruktiv – texnologik parametrlarini va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korpusi qisqartirilgan ag‘dargich va plankalar bilan jihozlangan rotordan tashkil topgan kombinatsiyalashgan ish organli plugning konstruksiyasi texnologik jarayonni kam energiya sarflashini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
qisqartirilgan ag‘dargichdan uzatilayotgan palaxsalarni ularning harakat yo‘nalishi bo‘yicha qiya joylashgan ishchi elementlar - kurakchalar bilan jihozlangan plankali rotor samarali parchalashi o‘lchami 100 mm va undan katta kesaklarning parchalanmasdan o‘tib ketmasligi shartini ta’minlashidan kelib chiqqan holda asoslangan;
qisqartirilgan ag‘dargichga nisbatan rotorning joylashishi ishlov berilayotgan palaxsaning egat tubiga tuproq to‘lishi va rotor oldida tuproq uyumini hosil bo‘lishini bartaraf etgan holda haydalayotgan dala yuzasi bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi shartini ta’minlashdan kelib chiqqan holda asoslangan;
rotorning aylanishlar soni qisqartirilgan ag‘dargich yuzasi bo‘ylab uzatayotgan palaxsalarning tezligiga mutanosib holda u bilan to‘qnashishi evaziga palaxsani kerakli o‘lcham-fraksiyaga parchalanishini ta’minlashga erishishiga ko‘ra asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiyalashgan ish organli plugning kompanovkasi va asosiy parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan ish organli plugga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining FAP 00752 raqamli foydali modelga patenti olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 fevraldagi 06/22-05/662-son ma’lumotnomasi). Natijada korpusi qisqartirilgan ag‘dargich va plankalar bilan jihozlangan rotordan tashkil topgan kombinatsiyalashgan ish organli plugning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kombinatsiyalashgan ish organli plug Jizzax viloyati Zarbdor tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 fevraldagi 06/22-05/662-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud texnik vositalarga nisbatan mehnat sarfi 36 foizga va bir gektar erga sarflanadigan ekspluatasion harajatlar esa 17,77 foizga kamayishiga erishilgan;
kombinatsiyalashgan ish organli plugni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 4 fevraldagi 06/22-05/662-son ma’lumotnomasi). Natijada, takroriy ekinlar ekish uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlarni sifatli shudgorlashda ishlatiladigan, kam materialhajmdorlikka ega kombinatsiyalashgan ish organli plugni ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.