Nurumova Aziza Yusupbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Konvektiv ko‘chishli va o‘zgaruvchan zichligi bo‘lgan ikki komponentli muhitdagi biologik populyasiyaning matematik modeli”, 05.01.07- Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. PhD/T2840
Ilmiy rahbar: Muxamedieva Dildora Kobilovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.13/30.12.2021.T.142.01.
Rasmiy opponentlar: Eshmatov Baxtiyor Xasanovich - “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti, “Oliy matematika” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent;
Daliev Sherzod Qarshievich – Samarqand davlat universiteti Kattaqo’rg‘on filiali, kafedra mudiri, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi konvektiv ko‘chish va o‘zgaruvchan zichlikka ega bo‘lgan ikki komponentali muhitda biologik populyasiya nochiziqli modellarining sifat xossalarini tahlil qilish va uning asosida matematik modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nochiziqli parchalanish usuli yordamida ikki karra nochiziqli biologik populyasiya kross-diffuziya tenglamalar sistemasini avtomodel echimlarining asimptotikasi qurilgan;
muhitning sonli parametrlari, fazo o‘lchamlari va boshlang‘ich ma’lumotlar asosida nochiziqli parabolik sistemalar orqali ifodalanuvchi biologik populyastiyaning kross-diffuziya masalasining quyi va yuqori echimlari aniqlangan;
avtomodel echimlarining asimptotikasi asosida nochiziqli kross-diffuziyali biologik populyasiya tenglamalar sistemasi echimlarining boshlang‘ich yaqinlashishi aniqlangan;
konvektiv ko‘chish va o‘zgaruvchan zichlikni inobatga olgan holda biologik populyasiyaning kross-diffuzion jarayonlarining sonli modellari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan algoritmlar va yaratilgan dasturiy majmua asosida:
kvazichiziqli parabolik tenglamalar sistemasi echimlarining sifat xossalari o‘rganildi va uning asosida iterasiya jarayoni uchun boshlang‘ich yaqinlashishni tanlash  usullari ishlab chiqildi. Ulardan RF ning Vitrus Bering nomidagi Kamchatka Davlat Universitetining granti doirasida foydalanilgan (RF Kamchatka davlat universitetining 2023-yil 4 apreldagi 13-12 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ikki karra nochiziqli holatda masala echimining xossalari tadqiq qilindi;
avtomodel va taqribiy-avtomodel echimlarni olishning ishlab chiqilgan usuli hamda global va chegaralanmagan echimlarning baholashlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Surxondaryo filialida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 23 iyuldagi 06-07/5236 sonli ma’lumotnomasi). Bu ma’lumotlarni tahlil qilish uchun sarf qilinadigan vaqtni qisqartirish hamda zararkunandalar bilan kurashish samaradorligini 11% ga oshirish imkonini bergan;
ko‘p komponentali raqobatlashuvchi tenglamalar sistemasi uchun Koshi masalasining echimini baholash, sonli echish usullari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi bilim va innovatsiyalar milliy markazi qoshidagi Surxandaryo viloyati Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hokimligining 2024-yil 23 iyuldagi 06-07/5236 sonli ma’lumotnomasi). Bu biogumus qo‘shilishiga qarab tuproq unumdorligini 15% ga oshirish imkonini bergan.