Sayt test rejimida ishlamoqda

Soliev Tursunboy Izzatillo o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Uran emirilish zanjiri radionuklidlari orasidagi radioaktiv muvozanat buzulishini baholash», 01.04.01 – Eksperimental fizikaning asboblari va usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/FM411
         Ilmiy rahbar: Muzafarov Amrullo Mustafaevich, kimyo fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiylar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Kulmatov Rashid Anorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kurbanov Baxtiyor Ibragimovich, texnika fanlari doktori, professor.
          Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli uran konlarida 234U radionuklidlar konsentratsiyasini aniqlash, hamda uran-238 emirilish zanjiridagi radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanat buzilishining radiatsion fon qiymatiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uran-238 emirilish zanjiri radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanat koeffisienti - Krm ning uran namunalari yoshiga bogʻliqligi asosida uran rudalarining yoshini aniqlash uslubiyati ishlab chiqilgan;
234U va 238U radionuklidlari orasidagi radioaktiv muvozanat koeffisienti - Krm oshishi radiatsion fon qiymatining chiziqli oshishiga olib kelishi, eksperimental o‘rnatilgan qonuniyat asosida uran ishlab chiqarish texnogen obektlari lokal maydonlarida radiatsion holatni baholash usuli ishlab chiqilgan;
alohida uran konlaridan olingangan uran mahsulotlari tarkibida 234U radionuklidining miqdorlari muvozanatdagi massa miqdori – 53,41 µg/g  dan farq qiluvchi qiymatlari, ya’ni 48,4 μg/g dan 69,9 μg/g gacha, bo‘lishi eksperimental topilgan;  
ishlab chiqilgan metodika asosida birinchi marta Zafarobod konidagi uran rudalarining yoshi 2,1 dan 2,5 milliard yilgacha bo‘lgan oraliqda bo‘lishi eksperimental aniqlangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uran emirilish zanjiridagi radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanatning buzilish omillarini baholash boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan uran rudalarining yoshini aniqlash uslubiyati “NKMK” AJ da qo‘llanilgan.  (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ning 2023-yil 5-oktyabrdagi 23-01-07/489-sonli ma’lumotnomasi). Natijalardan foydalanish uran rudalarining yoshini hisoblashda ishonch chegaralarini oshirishga imkon bergan;
uran ishlab chiqarish texnogen obektlarining mahalliy hududlarida radiatsion  holatni baholashning ishlab chiqilgan usuli “NKMK” AJ da qo‘llanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2023-yil 5-oktyabrdagi 23-01-07/489-sonli ma’lumotnomasi). Natijalardan foydalanish uranni er ostida tanlab eritish sanoat maydonlarida, uran chiqindilari ombarlarida va kernlarini saqlash joylarida radiatsion holatni nazorat qilishga xizmat etgan;
turli uran ishlab chiqarish obektlari namunalari uchun uran emirilish zanjiridagi radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanatning buzilish qiymatlariga asoslanib, “NKMK” AJ “Uran namunalarining yoshini aniqlash uchun radioaktiv muvozanat koeffisientlari - Krm parametrlarini hisoblash” kompyuter dasturi paketi  ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 01.02.2023 y. DGU 21848-sonli guvohnomasi). Ishlanmadan foydalanish uranni qayta ishlash va saqlash mahsulotlarida emirilish zanjiri radionuklidlar orasidagi radioaktiv muvozanatning buzilish darajasini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish