Yunusxodjaeva Madina Kamalitdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tez kechuvchan parodontitli bemorlarni tashxislash va davolash uchun patogenetik mezonlar tizimini ishlab chiqish», 14.00.21 - Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib810.
Ilmiy rahbar: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12. 2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Gileva Ol`ga Sergeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Fedaratsiyasi); Kamilov Xaydar Pazilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Pang Jun Yong, tibbiyot fanlari doktori, professor (Janubiy Koreya).
Yetakchi tashkilot: Navarra universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tez kechuvchan parodontitli bemorlarni tashxislash va davolashning patogenetik tamoyillar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tez kechuvchan parodontitli bemorlarda P. intermedia, P. gingivalis, T. Forsythensis, T. Denticola va A. actinomycetemcomitans ning yuqori miqdorini klinik kechishining og‘irlik darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
tez kechuvchan parodontitda yallig‘lanish-destruktiv indeksning 2 marta, milkning kontaminatsiyalangan va shikastlangan epitelial hujayralar darajasini 3 marta oshishi orqali milk to‘qimalarining morfofunksional o‘zgarishlari aniqlangan;
tez kechuvchan parodontitni klinik kechishini og‘irlashishida kislorodga qaram metabolizmning induksiyalangan NCT testi, neytrofillarning metabolik zaxirasi ko‘rsatkichlarini pasayishi sababli, neytrofillarning funksional faolligini patogenetik ahamiyati isbotlangan;
minerallar almashinuvini tartibga soluvchi gormonlarning (testosteron, estradiol, progesteron, kortizol) ko‘rsatkichlari parodontga bevosita ta’sir ko‘rsatishi va tez kechuvchan parodontitni og‘ir kechishini rivojlanishida ishtirok etishi o‘tkazilgan korrelyasion tahlil asosida aniqlangan;
immunomodulyator, fotosensibilizator yordamida og‘iz bo‘shlig‘iga malakali ishlov berish, granulyasiyani jarrohlik yo‘li bilan kesish va nuqsonni osteoplastik material bilan to‘ldirishni o‘z ichiga olgan tez kechuvchan parodontitni davolashning patogenetik taktikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 8 iyundagi 02/05– son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tez kechuvchan parodontitli bemorlarda mikroflora tarkibi (P. intermedia, P. gingivalis, T. Forsythensis, T. Denticola va A. Actinomycetemcomitans) darajasidan kasallikning klinik kechishi xamda yallig‘lanish-destruktiv indeksning 2 marta va shikastlangan epitelial hujayralar darajasini 3 marta oshishi bilan namoyon bo‘lgan milk to‘qimalarining morfofunksional xolatini bog‘liqligi isbotlanganligi buyicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 5 iyuldagi 39-son bilan tasdiqlangan “Tez kechuvchan parodontitni davolashda FDT dan foydalatmish” nomli uslubiy tavsiyanoma xamda “Tez kechuvchan parodontitning klinikasi va davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona shaxar Viloyat stomatologik poliklinikasi 2023 yil 10 oktyabr 33-son, Toshkent shaxar OOO Implantologiya markazi 2023 yil 4 oktyabr 15-son, O‘zbekiston Respublikasi stomatologik poliklinika MChJ 2023 yil 1 noyabr` 34-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samadorligi tez kechuvchan parodontitli bemorlarnining so‘lagi hamda qon taxlilini PSR usuli orqali tekshirilganda (P.intermedue, P.gingivalis, T.Forsythensis, T.Denticola va A.Actinomycetemcomitans) mikrob va bakterialar aynan shu kasallik uchun xos bo‘lganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samadorligi tez kechuvchan parodontitli bemorlar so‘lagi va qon taxlilini PSR usulini erta aniqlash va davolash kasallikni rivojlanishini va asoratlanishi kamayishiga olib kelgan. O‘z vaqtida olib borilgan tashxislash va davolash ishlari xar bir bemor hisobiga 500000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: tadkiqot natijalariga ko‘ra, tez kechuvchan paradontit mavjud bemorlarda kasallikning klinik kechishi va morfofunksional xolati mikroflora darajasi (P.intermedue, P.gingivalis, T.Forsythensis, T.Denticola i A.Actinomycetemcomitans) bilan bog‘liqligi isbotlangan bu esa yalliglanish jarohati ko‘rsatkichining 2 baravar ortishi va zararlanish darajasining 3 baravar ko‘payishini oldini olish hamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali xar bir bemor xisobiga o‘rtacha 500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: tez kechuvchan parodontit patogenezida elastazaning yuqori ko‘rsatkichlari va α-2-mikroglobulinning kam miqdori orasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqligida ifodalangan destruksiya koeffesienti darajasining ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 5 iyuldagi 39-son bilan tasdiklangan “Tez kechuvchan parodontitni davolashda FDT dan foydalatmish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda “Tez kechuvchan parodontitning klinikasi va davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona shaxar Viloyat stomatologik poliklinikasi 2023 yil 10 oktyabr 33-son, Toshkent shaxar OOO Implantologiya markazi 2023 yil 4 oktyabr 15-son, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikada 2023 yil 24 noyabr` 54-son bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi tez kechuvchan paradontitli bemorlarda elastazaning yuqori ko‘rsatkichi va a-2 mikroglobulinining kam miqdori orasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tez kechuvchan paradontitli bemorlarning patogenezida elastazaning yuqori ko‘rsatkichlari va a-2 makroglobulinining kam miqdori orasidagi kuchli korrelyasion bog‘likligi aniqlanganligi va o‘z vaqtida olib borilgan samarali davo kasallikni avjlanishi, asoratlar kamayishini oldini oladi. Ushbu laborator tekshirish usuli amaliyotga qo‘llash tez kechuvchan paradontitli bemorlarni tashxislash va davollash uchun sarflanadigan ortiqcha xarajatlarni 700000 so‘mgacha kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: tez kechuvchan paradontitli bemorlarni patogenezida elastazaning yuqori ko‘rsatkichlari va α-2-mikroglobulinning kam miqdori orasidagi kuchli korrelyasion bog‘liqligida ifodalangan destruksiya koeffesienti darajasining ahamiyati isbotlanganligi orqali xar bir bemor xisobiga o‘rtacha 700000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: tez kechuvchan parodontitni klinik kechishini og‘irlashishida kislorodga qarammetabolizmning induksiyalangan NCT testi, neytrofillarning metabolik zahirasi ko‘rsatkichlarini pasayishi hisobiga neytrofillarning funksional faolligini patogenetik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tamonidan 2023 yil 5 iyuldagi 39-son bilan tasdiqlangan “Tez kechuvchan parodontitni davolashda FDT dan foydalatmish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda “Tez kechuvchan parodontitning klinikasi va davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona shaxar Viloyat stomatologik poliklinikasi 2023 yil 10 oktyabr 33-son, Toshkent shaxar OOO Implantologiya markazi 2023 yil 4 oktyabr 15-son, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi 2023 yil 24 noyabr` 54-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tez kechuvchan paradontitni klinik kechishini og‘irlashishida kislorodga qarammetabolizmning induksiyalangan NCT testi, neytrofillarning metabolik zaxirasi ko‘rsatkichlarini pasayishi hisobiga neytrofillarning funksional faolligini patogenetik ahamiyati bilan bog‘liqligi izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tez kechuvchan parodontitni klinik kechishini og‘irlashishida kislorodga qarammetabolizmning induksiyalangan NCT testi tez kechuvchan paradontitni erta tashxislash xamda rivojlanish xavfni va klinik kechishini erta boshorat kilish, monitoringi va davollashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: tez kechuvchan parodontitni klinik kechishini og‘irlashishida kislorodga qarammetabolizmning induksiyalangan NCT testi tez kechuvchan paradontitni erta tashxislashsh hamda rivojlanish xavfni va klinik kechishini erta boshorat kilish monitoringi va davollashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: minerallar almashinuvini tartibga soluvchi gormonlarning ko‘rsatkichlari parodontga bevosita ta’sir ko‘rsatishi va tez kechuvchan parodontitni og‘ir kechishini rivojlanishida ishtirok etishi o‘tkazilgan korrelyasion taxlil asosida aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tamonidan 2023 yil 5 iyuldagi 39-son bilan tasdiklangan “Tez kechuvchan parodontitni davolashda FDT dan foydalanish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda “Tez kechuvchan parodontitning klinikasi va davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona shaxar Viloyat stomatologik poliklinikasi 2023 yil 10 oktyabr 33-son, Tashkent shaxar OOO Implantologiya markazi 2023 yil 4 oktyabr 15-son, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikada 2023 yil 24 noyabr` 54-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: minerallar almashinuvini tartibga soluvchi gormonlarning ko‘rsatkichlari parodontga bevosita ta’sir ko‘rsatishi va tez kechuvchan parodontitni og‘ir kechishini rivojlanishida ishtirok etishi o‘tkazilgan korrelyasion tahlil asosida aniqlanganligi bilan bog‘liqligi izohlangan. Iqtisodiy samaradoligi: minerallar almashinuvini tartibga soluvchi gormonlarning ko‘rsatkichlari parodontga bevosita ta’sir ko‘rsatishi va tez kechuvchan parodontitni og‘ir kechishini rivojlanishida ishtirok etishi o‘tkazilgan korrelyasion taxlil asosida aniqlanganligi bo‘yicha bemorlarda kuzatiladigan asoratlarni oldini olish imkonini beradi va sarflanadigan ortiqcha sarf xarajatlarni tejashga imkon yaratadi. Xulosa: tadkiqot natijalariga ko‘ra minerallar almashinuvini tartibga soluvchi gormonlarning ko‘rsatkichlari parodontga bevosita ta’sir ko‘rsatishi va tez kechuvchan parodontitni og‘ir kechishini rivojlanishida ishtirok etishi o‘tkazilgan korrelyasion taxlil asosida aniqlanganligi bemorlarga klinik kechishini erta boshorat qilish monitoringi va davollashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli kamaytirish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: immunomodulyator, fotosensibilizator yordamida og‘iz bo‘shlig‘iga malakali ishlov berish, granulyasiyani jarrohlik yo‘li bilan kesish va nuqsonni osteoplastik material bilan to‘ldirishni o‘z ichiga olgan tez kechuvchan parodontitni davolashning patogenetik taktikasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarkand davlat tibbiyot universiteti Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 5 iyuldagi 39-son bilan tasdiqlangan “Tez kechuvchan parodontitni davolashda FDT dan foydalatmish” nomli uslubiy tavsiyanoma hamda “Tez kechuvchan parodontitning klinikasi va davolash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Farg‘ona shaxar Viloyat stomatologik poliklinikasi 2023 yil 10 oktyabr 33-son, Tashkent shaxar OOO Implantologiya markazi 2023 yil 4 oktyabr 15-son, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikada 2023 yil 24 noyabr` 54-son buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradarligi: fotosensibilizator yordamida og‘iz bo‘shlig‘iga malakali ishlov berish, granulyasiyani jarrohlik yo‘li bilan kesish va nuqsonni osteoplastik material bilan to‘ldirishni o‘z ichiga olgan tez kechuvchan parodontitni davolashning patogenetik taktikasi ishlab chiqilganligi bilan bog‘liqligi izohlangan. Iqtisodiy samaradarligi: fotosensibilizator yordamida og‘iz bo‘shlig‘iga malakali ishlov berish, granulyasiyani jarrohlik yo‘li bilan kesish va nuqsonni osteoplastik material bilan to‘ldirishni o‘z ichiga olgan tez kechuvchan parodontitni davolashning patogenetik taktikasi ishlab chiqilganligi uchun bemorlarning shifokorlarga murojaatlar sonini xamda davolash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish orqali bir bemor uchun o‘rtacha 1200000 so‘mni iqtisod qilishga sharoit yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish