Chorshanbiev Farxod Maxmatmurodovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida fan doktori (DSc)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zirkning istiqbolli shakllarini tanlash va navlarini yaratish”, 06.03.01-O‘rmon ekinlari, seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Qx219.
Ilmiy maslahatchi: Kayimov Abdixalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: Zirkning tangasimon zirk “Sijjak-1” (NAP 466), qizil zirk “Nanay-5” (NAP 457) va qoraqand zirk “Sijjak-10” (NAP 464).  
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston florasida zirk (Berberis L.) turkumidagi mahalliy turlar – qoraqand zirk (Berberis oblonga), qizil zirk (Berberis integerrima), tangasimon zirk (Berberis nummularia) ning bio-morfologik ko‘rsatkichlarini aniqlab tanlovlar natijasida yangi navlarini yaratish, ko‘chatlarini etishtirish, etishtirilgan ko‘chatlardan meliorativ holati og‘ir tanazzulga uchragan (Toshkent viloyati) erlarda ona plantatsiyasini barpo etishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor G‘arbiy Tyan-Shanda zirkning 10 ta, xo‘jalik-biologik qimmatli belgilarga ega musbat shakllari tanlangan, kompleks baholangan va seleksiya maqsadlari uchun birlamchi namunalar sifatida foydalanilgan;
tanlangan istiqbolli shakllar asosida zirkning yangi Sijjak -1, Nanay - 5 va Sijjak -10 navlari  yaratilgan;
yaratilgan zirk navlarining o‘sishi, rivojlanishi hamda asosiy qimmatli-xo‘jalik belgilari tahlil qilingan;
zirk shakllari mevalarining biokimyoviy tarkibi aniqlangan;
yangi yaratilgan qoraqand zirk SIJJAK – 10 (Berberis oblonga), qizil zirk Nanay - 5 (Berberis integerrima) va tangasimon zirk SIJJAK - 1  (Berberis nummularia) navlarining nazorat variantiga nisbatan meva mahsuldorlik ko‘rsatkichlari 2-3 barobargacha yuqoriligi asoslangan;
zirk urug‘larini terish, stratifikatsiya qilish ekish va ko‘chatlarni parvarishlash agrotexnikasi hamda seleksion asosda plantatsiyasini barpo etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyanoma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tangasimon zirk, Qizil zirk va Qoraqand zirkning istiqbolli shakllarini tanlash asosida yangi navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Zirkni ko‘paytirish va plantatsiyada o‘stirish” bo‘yicha Tavsiyanomasi tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligining 2024 yilning 15 avgustdagi 03-03/3-7922–son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma vazirlik tizimidagi o‘rmon xo‘jaliklarida zirk turlarini urug‘idan etishtirish hamda plantatsiyasini barpo etishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda. Natijada, o‘rmon xo‘jaligi tizimida gektariga 800 ming dona standart ko‘chatlari etishtirilib, 783099,85 ming so‘m/ga daromad olinishi ta’minlangan.
Zirk navlari asosida Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligining Markaziy niholxonasi 0,10 ga va Qorasirt bo‘limining 17-nazorat hududida 2 gektar maydonda ona plantatsiya barpo etishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligining 2024 yilning 15 avgustdagi 03-03/3-7922–son ma’lumotnomasi). Ushbu ona plantatsiya kelajakda yana sermahsul yangi navlarni yaratishga, farmatsevtika sanoati uchun xom-ashyo manbai sifatida va hudud erlarining erroziyasini oldini olishda va zirk genofondni boyitishda xizmat qilmoqda;
Zirk navlari Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasining So‘qoq bo‘limida zirk navlarini 140 tup ko‘chati, Dexqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligida 0,8 ga, maydonga ekilib joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligining 2024 yilning 15 avgustdagi 03-03/3-7922–son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida hududda zirk genofondi bioxilma-xilligini oshirish, fauna vakillari uchun ozuqa manbai yaratilishini ta’minlagan;
O‘zR FA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ining Markaziy Osiyo ekspozisiyasida hamda Igna bargli daraxtlar xududida 0,10 ga maydonda zirk turlari namunaviy kolleksiyasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligining 2024 yilning 15 avgustdagi 03-03/3-7922–son ma’lumotnomasi). Ushbu namunaviy zirk kolleksiyasi vegetativ va urug‘lar tayyorlash manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish