Muxamedjanova Kamola Akramovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’minot zanjirini boshqarish mexanizmini takomillashtirish (dehqon va tomorqa xo‘jaliklari misolida)”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt.4239.
Ilmiy maslahatchi: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalqaro Nordik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodieva Gulmira Baxodirovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Ismailov Akmal Maxsudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’minot zanjirini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuv asosida tashkilotlarning samaradorlik, qiymat va rentabellikni oshirish orqali operatsion mukammallikka erishishi uchun ishlab chiqarishdagi mavjud ta’minot zanjiri boshqaruvi va operatsion boshqaruv xususiy tamoyillarining mazmuni ularning strategik yo‘nalishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
meva-sabzavot ta’minoti zanjirida hosildan keyingi, saqlashdagi hamda tashishdagi mahalliy yo‘qotishlarni asosiy komponentlar usulidan (Principal Component Analysis) foydalanib bir indeks ostida birlashtirish orqali umumiy daromadning yo‘qotishlarga ta’sirini baholash qiymatlari ilmiy jihatdan asoslangan;
ta’minot zanjirining dastlabki bo‘g‘ini ishtirokchilarining daromadlarini oshirish maqsadida mikromoliya tashkiloti va mijoz o‘rtasida tuzilgan birinchi shartnoma obekti xususiyatlari bilan mos keluvchi tovarni uchinchi shaxs bilan tuziladigan ikkinchi salam shartnomasi doirasida sotish hamda kelajakda etkazib beriladigan tovarlar bo‘yicha to‘lovlarni mikromoliya tashkiloti tomonidan oldindan to‘lab berish orqali moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda ta’minoti zanjiri boshqaruvining barqaror rivojlanish dinamikasini ekonometrik modellashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’minot zanjirini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif hamda tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuv asosida tashkilotlarning samaradorlik, qiymat va rentabellikni oshirish orqali operatsion mukammallikka erishishi uchun ishlab chiqarishdagi mavjud ta’minot zanjiri boshqaruvi va operatsion boshqaruv xususiy tamoyillarining mazmuni ularning strategik yo‘nalishiga ko‘ra takomillashtirishga oid nazariy ma’lumotlaridan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Logistika” faniga oid darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tashkilotlarda samaradorlikni oshirish, resurslarni maqsadli taqsimlash, hamkorlikni yaxshilash, strategik moslashish, doimiy takomillashtirish hamda logistika va ta’minot zanjirini boshqarish bo‘yicha nazariy-uslubiy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
meva-sabzavot ta’minoti zanjirida hosildan keyingi, saqlashdagi hamda tashishdagi mahalliy yo‘qotishlarni asosiy komponentlar usulidan (Principal Component Analysis) foydalanib bir indeks ostida birlashtirish orqali umumiy daromadning yo‘qotishlarga ta’sirini baholash qiymatlarini ilmiy jihatdan asoslanishi bo‘yicha bergan takliflari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 6-oktyabrdagi 11/03-15-8242-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, mamlakat doirasida mahalliy yo‘qotishlar indeksi ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi yo‘llari ko‘rsatib berilgan hamda mahsulot yo‘qotishlarini 2%ga kamayishiga erishilgan;
ta’minot zanjirining dastlabki bo‘g‘ini ishtirokchilarining daromadlarini oshirish maqsadida mikromoliya tashkiloti va mijoz o‘rtasida tuzilgan birinchi shartnoma obekti xususiyatlari bilan mos keluvchi tovarni uchinchi shaxs bilan tuziladigan ikkinchi salam shartnomasi doirasida sotish hamda kelajakda etkazib beriladigan tovarlar bo‘yicha to‘lovlarni mikromoliya tashkiloti tomonidan oldindan to‘lab berish orqali moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha bergan takliflari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 6-oktyabrdagi 11/03-15-8242-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida, mahsulot etishtiruvchilarning iqtisodiy ahvoli 0.253 birlikka oshishiga erishilgan.
O‘zbekistonda ta’minoti zanjiri boshqaruvining barqaror rivojlanish dinamikasini ekonometrik modellashtirish asosida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilishi bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Savdo Sanoat Palatasining amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2021-yil 6-oktyabrdagi 11/03-15-8242-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish mahsulot ishlab chiqarish hajmining 2023-yilga nisbatan 2030-yilda 12%ga oshishiga olib keladi.