Ashurova Xurshida Sag‘dullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand jadidlari ma’naviy merosining ijtimoiy-falsafiy tahlili”.
09.00.03- Falsafa tarixi, (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fal124.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Qurbon Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Raxmonov Sunnat Mavlonovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Chulieva Vasila Erkinovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bugungi kun yoshlarining ma’naviy tarbiyasi va milliy o‘zligini anglashida Samarqand jadidlari ma’naviy merosining ijtimoiy falsafiy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy yuksalish davrida yoshlar ongida Vatan, vatanparvarlik, milliy g‘urur fenomenlari o‘jadidlar axloqiy konsepsiyasining ma’naviy tarbiya, umummiliylik, savodxonlik, zamonaviy ta’lim, ma’rifatparvarlik kabi g‘oyalari yoshlar tafakkurida yangi pozision yondoshuvlarni, sotsiokrativ tendensiyalarini vorisiylik asosida takomillashtirish zaruriyati mantiqiy dalillangan;
jadid mutafakkirlari insonning barkamollik darajasini yuksaltiruvchi ma’naviy va axloqiy madaniyatning uyg‘unlashuvi to‘g‘risidagi vatanparvarlik kabi g‘oya va ta’limotlari yoshlarda milliy o‘zlikni anglashida, ularni ma’naviy ruhida tarbiyalashda muhim determinant (sababiy asos) bo‘lishi isbotlangan;
jadidlar ijtimoiy-siyosiy faoliyatida aks etgan ma’rifatparvarlik konsepsiyalarinıng gumanistik mohiyati “axloqiy degradatsiya”, “ma’naviy emigratsiya” (baxtni o‘z vatanidan emas, o‘zga joylardan qidirish) kabi turli tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos omili ekanligi asoslangan;
jadidlarning vatanparvarlik, millatparvarlik kabi g‘oyalari yoshlarda permanent muammolar (loqaydlik, passivlik va beqarorlik)ning, eskapizm (faol hayotdan qochish), daunshifting (o‘zi uchun yashash) kabi destruktiv illatlarni makon va zamonda namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi ochib berilgan;
Samarqand ma’rifatparvarlarining ta’lim jarayonini shakllantirish va rivojlantirishdagi falsafiy paradigma (gnoseologik, kulturologik, ijtimoiy, gumanistik va b.q.)lari bugungi zamonaviy ta’limni substansional asosi ekani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi axloqiy muammolarni tadqiq qilish bilan bogʻliq ilmiy natijalar asosida:
milliy yuksalish davrida yoshlar ongida Vatan, vatanparvarlik, milliy g‘urur fenomenlari o‘jadidlar axloqiy konsepsiyasining ma’naviy tarbiya, umummiliylik, savodxonlik, zamonaviy ta’lim, ma’rifatparvarlik kabi g‘oyalari yoshlar tafakkurida yangi pozision yondoshuvlarni, sotsiokrativ tendensiyalarini vorisiylik asosida takomillashtirish zaruriyati mantiqiy dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan 2022-yilda bajarilgan “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi A-OT-2021-11-sonli amaliy loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 5-iyundagi 04/11-3419-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashda turli diskursiv tahdidlarga ma’naviy jihatdan qarshi kurashish ko‘nikmasini hosil etishga xizmat qilgan;
jadid mutafakkirlarini insonning barkamollik darajasini yuksaltiruvchi ma’naviy va axloqiy madaniyatning uyg‘unlashuvi to‘g‘risidagi g‘oya va ta’limotlari yoshlarda milliy o‘zligini anglashida, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim determinant (sababiy asos) bo‘lishiga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutidagi Evropa ittifoqining “Erasmus+ 58545 EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP” CLASS: Computational linguistics at Central Asian universities” nomli xalqaro loyihasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 3-iyundagi 1469/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqot ishi natijalarining ilmiy jihatlari va ilmiy, amaliy hamda metodologik yondoshuvlari, milliy korpus atamalarini boyitishda qo‘llanishda xizmat qilgan;
jadidlar ijtimoıy-siyosiy faoliyatida aks etgan ma’rifatparvarlik konsepsiyalarinıng gumanistik mohiyati “axloqiy degradatsiya”, “ma’naviy emigratsiya” (baxtni o‘z vatanidan emas, o‘zga joylardan qidirish) kabi turli tahdidlarga qarshi kurashishda mustahkam immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos omili ekanligi isbotlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan 2022-yilda bajarilgan “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transdisiplinar platformasini yaratish” mavzusidagi A-OT-2021-11-sonli amaliy loyiha vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 5-iyundagi 04/11-3419-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda targ‘ibot tadbirlarini nazariy va amaliy jihatdan estetik ko‘nikmasini hosil etishga xizmat qilgan;
jadidlarning vatanparvarlik, millatparvarlik kabi g‘oyalari yoshlarda permanent muammolar (loqaydlik, passıvlik va beqarorlık)ning, eskapizm (faol hayotdan qochish), daunshifting (o‘zi uchun yashash) kabi distruktiv illatlarni makon va zamonda namoyon bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Kengashining 2023-yil 23-oktyabrdagi 02-22/1148-son ma’lumotnomasi). Natijada partiya yo‘l xaritasining Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ta’lim tarbiya uyg‘unligiga erishish maqsadida o‘quv dasturlarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish kabi bandlarining ijrosini amalga oshirishga xizmat qilgan;
Samarqand ma’rifatparvarlarining ta’lim jarayonini shakllantirish va rıvojlantirishdagi falsafiy paradigma (gnoseologik, kulturologik, ijtimoiy, gumanistik va b.q.)lari bugungi zamonaviy ta’limni substansional asosi ekani asoslanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 18-iyuldagi 01-07/250-son ma’lumotnomasi). Natijada Samarqand jadidlari ma’naviy merosining afzalliklarini ochib berishga hamda yoshlarda vatanparvarlik va millatparvarlik g‘oyalarini oshirishga xizmat qilgan.