Mamadjanova Surayyoxon Azizxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sovershenstvovanie texnologii otdelki tekstil`nix materialov s uchyotom strukturnix svoystv xlopkovogo volokna seleksionnix sortov “Porlok” mavzusidagi dissertatsiya ishini 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4 PhD/T3171.
Ilmiy rahbar: Xudayberdieva Dilfuza Baxramovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Odinsova Ol`ga Ivanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Porloq” seleksion navli paxta tolalarining strukturaviy xossalarini hisobga olgan holda to‘qimachilik materiallarini pardozlash texnologiyasini takomillashtirish va ularni to‘qimachilik sanoatiga joriy etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
genetik modifikatsiyalangan paxta tolalarining fizik-mexanik, geometrik va strukturaviy-hajm xossalarini kompleks baholash asosida kimyoviy pardozlashning texnologik rejimini tanlashda har bir seleksion navga individual yondashish, maksimal diffuzion jarayonlarini ta’minlash zarurligi va rang berish sifat darajasi analitik va spektroskopik tadqiq usullar asosida  aniqlangan;
sellyulozaning vegetatsiya jarayonida shakllangan va ma’lum darajadagi kristallik, strukturaviy-hajm xossalariga ega bo‘lgan makro va mikrostrukturalari pardozlash jarayonlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar ekanligi skanerlovchi elektron mikroskopiya, IK-spektroskopik va rentgenografik -strukturaviy tahlil usullari asosida aniqlangan;
paxta tolasining yangi navlari asosida tayyorlangan to‘qimachilik materiallarini  strukturaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda bo‘yash va gul bosishga tayyorlash vannalarining texnologik rejimlari va paxta tolasini bentonitlar bilan bo‘yash jarayonini intensivlash, faol boʻyovchi moddadan foydalanish va bo‘yash sifatini oshirishni ta’minlash usullari ishlab chiqilgan;
hisoblash va eksperimental tadqiqotlar usullari bilan fiksatsiyalangan bo‘yovchi modda miqdori turli xil seleksion nav tolali xom ashyoning mikro va makro tuzilishlariga bog‘liqligi skanerlovchi elektron mikroskopiya tahlillari va matematik hisoblash usullaridan foydalangan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Porloq” seleksion navlari paxta tolasining strukturaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda to‘qimachilik materiallarini pardozlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
“Porloq-2” va “Porloq-4” seleksion navli paxta kalava iplarini bo‘yashga tayyorlashning texnologik rejimi “OSBORN TEXTILE” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etildi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 30-apreldagi 03/25-889-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta asosidagi kalava ipining strukturaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqori oqlik, kapillyarlik va yaxshilangan fizik-mexanik xossalari ta’minlandi. Zichroq tuzilishga ega bo‘lgan P-2 seleksiya navi asosidagi kalava ipni bo‘yashga tayyorlash jarayoni ishqoriy moddaning nisbatan yuqori konsentratsiyasini (10% gacha), lekin vodorod peroksidning nisbatan past konsentratsiyasini (17% gacha) talab qiladi. Yuqori hajmli xususiyatlarga ega bo‘lgan P-4 seleksiya navi uchun esa ishqoriy moddaning sarfini (20% ga) kamayishiga erishilgan.
“Porloq” seleksion navli paxta tolasi asosidagi kalava iplarni bo‘yashning texnologik rejimi “OSBORN TEXTILE” MChJ korxonasida joriy etildi (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 30-apreldagi 03/25-889-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘yash jarayonini intensivlash va faol bo‘yovchi moddaning bentonit bilan qo‘shimcha fiksatsiyasi hisobiga bo‘yovchi modda sarfining va yuvish sonining qisqarishiga erishildi, bu pardozlash korxonalarida oqova suv ifloslanishining kamayishiga olib kelgan. Kalava ipni bo‘yash jarayonini intensivlash uchun bentonitni qo‘llanilishi bo‘yovchi moddadan foydalanish darajasini P-2 seleksiya navi uchun - 21,1% gacha, P-4 uchun - 23,2% gacha va S-6524 uchun - 15,7% gacha oshirishga erishilgan.
“Porloq-4” paxta tolasi asosidagi “Satin” paxta matosini bo‘yashga va gul bosishga tayyorlashning texnologik rejimi “Urganch Baxmal” MChJ, “Marva Impex” MChJ korxonalarida joriy etildi. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 30-apreldagi 03/25-889-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan rejimni qo‘llash natijasida matoning fizik-mexanik xususiyatlari saqlanib qoladi va uning ekspluatatsion xususiyatlari yaxshilanadi. Shimdirish vannasiga kuchliroq ishqoriy agent qo‘llanilishi hisobiga natriy gidroksidni 3 marta va vodorod peroksidni 0,25 marta tejalishiga erishilgan;
paxta matolarini yarim uzluksiz usulda faol bo‘yovchi modda bilan bo‘yashning texnologik rejimi “Urganch Baxmal” MChJ, “Marva Impex” MChJ korxonalarida joriy etildi. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024-yil 30-apreldagi 03/25-889-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘yash vannasidagi mochevinani bentonitga almashtirish bo‘yovchi moddaning tolaga chuqur kirib borishiga yordam beradi va rang intensivligini oshiradi. Intensifikatorni qo‘llash bo‘yovchi modda sarfini o‘rtacha 1,5 barobarga, yuvish jarayoni sonini kamayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish