Xolmirov Begali Abdixamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron valyuta munosabatlarini huquqiy tartibga solish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu852.
Ilmiy rahbar: Yusupov Sardorbek Bahodirovich yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Yu.20.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, professor; Daumenov Berdaq Aymuratovich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yurtimizda elektron valyuta munosabatlarini huquqiy tartibga solish, mavjud muammolarni ilmiy tahlil qilish, qonunchilik tizimini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida maʼlum bir muddatda mobil ilovalarida tuzatish ishlari amalga oshiriladigan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda yoki rasmiy saytida profilaktik tadbir haqida e’lon berishlari shartligi asoslantirilgan; z
elektron valyutalarni reklama qilishni tartibga solish maqsadida xizmatlar provayderlarining nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “hukumatga oid”, “milliy”, “O‘zbekiston” hamda O‘zbekiston Respublikasi shaharlarining nomlarini to‘liq yoki qisqartirilgan shaklda, istalgan tilda va har qanday ko‘rinishda ishlatilishi taqiqlanishi asoslantirilgan;
kripto-do‘kon faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida shartnoma yozma yoki ogʻzaki shaklda, shu jumladan elektron hujjat ko‘rinishida yoki oferta va aksept orqali elektron shaklda tuzilishi mumkinligi asoslantirilgan;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida lisenziya olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish, lisenziya berish yoki lisenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishda kalendar kuni bo‘yicha emas ish kuni bo‘yicha muddatni belgilash kerakligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda va takomillashtirishda foydalanilgan:
to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida maʼlum bir muddatda mobil ilovalarida tuzatish ishlari amalga oshiriladigan bo‘lsa, ijtimoiy tarmoqlarda yoki rasmiy saytida profilaktik tadbir haqida e’lon berishlari kerakligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 18-apreldagi 8/3-son qarori bilan tasdiqlangan “To‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (ro‘yxat raqami 3431, 2023-yil 5-may) ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2023-yil 20-oktyabrdagi 38-21/1436-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning Normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z aksini topishi to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
elektron valyutalarni reklama qilishni tartibga solish maqsadida xizmatlar provayderlarining nomlanishi yoki ramzlarida “davlat”, “hukumatga oid”, “milliy”, “O‘zbekiston” hamda O‘zbekiston Respublikasi shaharlarining nomlarini to‘liq yoki qisqartirilgan shaklda, istalgan tilda va har qanday ko‘rinishda ishlatilishi taqiqlanishiga oid taklif “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat provayderlar faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘gʻrisida”gi nizomning 13-bandini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi yuridik bo‘limining 2022-yil 20-dekabrdagi 02/13-454-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatda xizmatlar provayderlarining nomlanishi yoki ramzlarining tashkil qilinishi tartibining belgilanishiga xizmat qilgan;
kripto-do‘kon faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida shartnoma yozma yoki ogʻzaki shaklda, shu jumladan elektron hujjat ko‘rinishida yoki oferta va aksept orqali elektron shaklda tuzilishi kerakligi bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2022-yil 29-sentyabrdagi “Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari”nining 22-bandini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi yuridik bo‘limi, 2022-yil 20-dekabrdagi 02/13-454-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatdagi kripto-do‘konning elektron platformasida kripto-aktivlarni sotish va sotib olish bo‘yicha shartnoma aksept tarzida elektron shaklda tuzilishiga xizmat qilgan;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadida lisenziya olish uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish, lisenziya berish yoki lisenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishda kalendar kuni bo‘yicha emas ish kuni bo‘yicha muddatni belgilash kerakligi to‘g‘risidagi taklif “Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmat provayderlar faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘gʻrisida”gi nizomning 19-bandini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi yuridik bo‘limining 2022-yil 20-dekabrdagi 02/13-454-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kripto-aktivlar aylanmasi provayderlar faoliyatini lisenziyalashdagi arizalarni ko‘rib chiqishda muddatlarning aniq belgilanishiga hamda noqulayliklar keltirib chiqarmasligiga xizmat qilgan.