Teshebaeva Lolaxon Ravshanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz ertaklaridagi onomastik birliklar tadqiqi”,10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3193.
Ilmiy rahbar: Rozikova Gulbaxor Zaylobidinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03.30.12.2019.Fil.05.02
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor; Salixodjaeva Havasxon Zokirjonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz ertak matnlaridagi onomastik birliklarni lingvopoetik tamoyillar asosida tasnif va tavsif qilish hamda ularning poetik aktuallashuvini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz xalq ertaklari matniga xos onomastik birliklarning lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilib, onomastik birliklarning badiiy matnda muayyan obyekt nomini atab kelish bilan birga turli uslubiy-pragmatik maqsadlarni ifodalash uchun xizmat qilishi aniqlangan;
ertaklarga xos universallik va xususiylik xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va hayotiy tajribalarini aks ettiruvchi “sehrli narsa-buyumlar” konsepti asosida hamda mazkur buyumlar qahramonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida muhim vosita sifatida, nafaqat uning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlarini, balki ijtimoiy munosabatlarni ham ifodalashi dalillangan;
ertak matnlarida qo‘llangan antroponim va toponimlarning allyuziv nom, “so‘zlovchi” nom kabi lingvopoetik vazifalari, mifonim, spellonim, teonim kabi onomastik birliklarning ertak janrida tutgan estetik, semantik, kommunikativ va madaniy kontekstdagi muhim o‘rni aniqlangan;
onomastik birliklarda millat mentalitetiga xos anʼanaviy qadriyatlar, ijtimoiy tushunchalar, tarixiy-madaniy xarakteristikalar, shuningdek, xalqning diniy va mifologik tasavvurlari, ijtimoiy hayotdagi munosabatlar, odob-axloq me’yorlari hamda urf-odatlari kabi jihatlar, uning tafakkur tarzi va dunyoqarashida o‘z aksini topishi o‘zbek va ingliz ertaklari matniga oid keng qamrovli lingvistik, madaniy va tarixiy materiallar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillaridagi ertak matnlarida qo‘llangan onomastik birliklarning qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz xalq ertaklari matniga xos onomastik birliklarning lingvopoetik va lingvokulturologik xususiyatlari, onomastik birliklarning badiiy matnda muayyan obyekt nomini atab kelish bilan birga turli uslubiy-pragmatik maqsadlarni ifodalash uchun xizmat qilishiga doir ilmiy xulosa hamda tavsiyalardan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targʻib etishga bagʻishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 14-fevraldagi 1-04/82-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy manbalari boyitilib, lugʻatlarning mukammallashuviga erishilgan;
ertaklarga xos universallik va xususiylik xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va hayotiy tajribalarini aks ettiruvchi “sehrli narsa-buyumlar” konsepti asosida hamda mazkur buyumlar qahramonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishida muhim vosita sifatida, nafaqat uning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlarini, balki ijtimoiy munosabatlarni ham ifodalashiga doir xulosa hamda tavsiyalardan Amerika Qoshma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan №S-UZ800-21-GR-3126 “Mindonobod Satellite Access Microsholarship Program” nomli xalqaro amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani xalq ta’limi bo‘limining 2024-yil 5-yanvardagi 244-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari loyiha doirasida yaratilgan o‘quv lug‘atlarining misollar bilan boyishiga xizmat qilgan;
onomastik birliklarda millat mentalitetiga xos anʼanaviy qadriyatlar, ijtimoiy tushunchalar, tarixiy-madaniy xarakteristikalar, shuningdek, xalqning diniy va mifologik tasavvurlari, ijtimoiy hayotdagi munosabatlar, odob-axloq me’yorlari hamda urf-odatlari kabi jihatlar, uning tafakkur tarzi va dunyoqarashida o‘z aksini topishi o‘zbek va ingliz ertaklari matniga oid keng qamrovli lingvistik, madaniy va tarixiy materiallar asosida dalillanishiga oid nazariy xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targʻib etishga bagʻishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi FZ-2019081663 raqamli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 14-fevraldagi 1-04/ 82-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya xulosalari barkamol shaxsni tarbiyalash va ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish masalalarida muhim asos bo‘lib xizmat qilgan.