Turdieva Gulmira Akramjonovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz tillarida his-hayajonni ifodalovchi leksik birliklarning semantik hamda lingvokulturologik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4154.
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Isakova Zilolaxon Zokirovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillarida his-hayajonni ifodalovchi leksik birliklarning struktur-semantik va lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz tillaridagi his-hayajonni ifodalovchi lisoniy birliklarning fonetik-fonologik, morfemik, leksik, grammatik, frazeologik sathlarda ifodalanishi qiyosiy kesimda asoslangan;
ijobiy hamda salbiy his-hayajonni til va nutqda aks ettirish uchun xizmat qiluvchi lisoniy vositalarning semantik jihatdan ijobiy ma’noli quvonch, minnatdorlik, maqtov, hayrat, suyish-erkalash; salbiy ma’noli qayg‘u, qo‘rquv, achinish, norozilik, haqorat kabi guruhlarga ajralishi, ularning ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega ekanligi har ikki til lug‘atlari asosida dalillangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarda his-hayajonning ifodalanishi semantik hamda lingvokulturologik jihatdan baholanib, ulardagi ko‘k kiymoq – feel blue, boshi ko‘kka etmoq – in the seventh heaven kabi birliklardagi o‘xshash va ko‘zimning oq-u qorasi – the apple of my ees, mushuk mo‘ylovi – cat’s whiskers kabi birliklardagi o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan;
emotsional holatlarning erkak va ayollar nutqida hosil bo‘lishida kuzatiladigan hissizlik, sovuqqonlik, qat’iyatlilik va hissiyotga beriluvchanlik, muloyimlik, tobelik singari farqli xususiyatlar o‘zbek va ingliz tillaridagi misollar yordamida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz tillarida his-hayajonni ifodalovchi leksik birliklarning semantik hamda lingvokulturologik tadqiqi asosida olingan natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek va ingliz tillaridagi his-hayajonni ifodalovchi lisoniy birliklarning fonetik-fonologik, morfemik, leksik, grammatik, frazeologik sathlarda ifodalanishi doir ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida bajarilgan FZ-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” (2020-2021-yillar) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 5-iyuldagi 1/04-107-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyitilgan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi frazeologik birliklarda his-hayajonning ifodalanishi semantik hamda lingvokulturologik tahlil qilinib, ulardagi ko‘k kiymoq – feel blue, boshi ko‘kka etmoq – in the seventh heaven kabi birliklardagi o‘xshash va ko‘zimning oq-u qorasi – the apple of my ees, mushuk mo‘ylovi – cat’s whiskers kabi o‘ziga xos xususiyatlari hamda ijobiy hamda salbiy his-hayajonni til va nutqda aks ettirish uchun xizmat qiluvchi lisoniy vositalarning semantik jihatdan ijobiy ma’noli quvonch, minnatdorlik, maqtov, hayrat, suyish-erkalash; salbiy ma’noli qayg‘u, qo‘rquv, achinish, norozilik, haqorat kabi guruhlarga ajralishi, ularning ko‘p ma’nolilik xususiyatiga ega ekanligi har ikki til lug‘atlari asosida dalillanganligi asosida chiqarilgan xulosalardan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan Farg‘ona davlat universiteti “EMI (English as a medium of Instruction)” nomli xalqaro loyiha doirasida chop etilgan materiallarda foydalanilgan (Farg‘ona davlat univeritetining 2024-yil 5-apreldagi 04/1902-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy jihatdan boyitilib, undagi til va tafakkur, til va madaniyat munosabatlariga doir nazariy asoslar takomillashtirilgan;
emotsional holatlarning erkak va ayollar nutqida hosil bo‘lishida kuzatiladigan hissizlik, sovuqqonlik, qat’iyatlilik va hissiyotga beriluvchanlik, muloyimlik, tobelik singari farqli xususiyatlar o‘zbek va ingliz tillaridagi misollar yordamida asoslanganligi yuzasidan xulosalar Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Xayrli kun”, “Munosabat”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” ko‘rsatuv ssenariylarini tuzishda keng foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 7-martdagi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan va eshittirishlarda taqdim etilgan mazkur ilmiy natijalar tomoshabinlarning turli tizimga mansub tillarga xos so‘z boyligini oshirishda, his-hayajonni ifodalovchi leksik birliklardan o‘rinli foydalanishda muhim ahamiyat kasb etgan.