Sharafutdinova Nilufar Xursandovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida teonimlar va ularning lingvopoetik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3317.
Ilmiy rahbar: Ibragimova Ehtiyotxon Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Raxmonalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Shavkatjon Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi uzual va figural teonimlarni tavsiflash, figural teonimlarning tematik va leksik-semantik maydonlarini belgilash va shular asosida ularning stilistik va poetik vazifalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
teonimlarning o‘zlashishi islom dinining kirib kelishi bilan bog‘liqligi, natijada asliy teonimlar faolligi pasayib borishi, fors tilidan o‘zlashgan teonimlarning tasavvuf adabiyoti bilan aloqadorligi, badiiy adabiyotning xalq tiliga ta’siri aniqlangan;
uzual teonimlar nominal lisoniy ma’nolari bilan omma tilida ham, kitobat tilida ham parallel qo‘llanuvchi universal leksik hamda faqat kitobat tilida qo‘llanuvchi kitobiy leksik qatlamdan iborat bo‘lishi, figural teonimlar esa badiiy nutq uslubiga xoslangan, asosan, mumtoz she’riyat tilida qo‘llanuvchi til va nutq birliklari ekanligi aniqlangan;
universal leksik qatlam doirasiga kiruvchi teonimlarning diniy arboblar va omma nutqida qo‘llanish darajasining umumiyligi, ular o‘zaro farqlanmasligi, mazkur leksik qatlam diniy marosimlarda eng faol qo‘llanadigan leksikon bo‘lib, so‘zlovchi ruhiyatini ifodalashda muhim poetik vazifa bajarishi asoslangan;
figural teonimlar undalma-murojaat shakli sifatida badiiy-estetik ko‘chimga asoslanishi va unda subektiv baho ifodalanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. o‘zbek tilida teonimlar va ularning lingvopoetik tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalaridan:
uzual teonimlar nominal lisoniy ma’nolari bilan omma tilida ham, kitobat tilida ham parallel qo‘llanuvchi universal leksik hamda faqat kitobat tilida qo‘llanuvchi kitobiy leksik qatlamdan iborat bo‘lishi, figural teonimlar esa badiiy nutq uslubiga xoslangan, asosan, mumtoz she’riyat tilida qo‘llanuvchi til va nutq birliklari ekanligiga oid nazariy qarashlaridan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan №OT-F-1-100 “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihasida imkoniyati cheklangan yoshlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, badiiy ijodkorligini rivojlantirish, estetik didini oshirish maqsadida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 3-noyabrdagi 04/5506-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan yoshlarning ma’naviy-axloqiy sifatlari, badiiy ijodkorligi oshirilgan;
figural teonimlar undalma-murojaat shakli sifatida badiiy-estetik ko‘chimga asoslanishi va unda subektiv baho ifodalanishiga oid xulosalardan 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi №PZ-20170930223 “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 17-oktyabrdagi 04/5958-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan materiallarning tushunarli va esda qoladigan tarzda taqdim etilishi sababli sifati, mazmuni, ta’sirchanligi va ommabopligi sezilarli darajada oshirilgan;
universal leksik qatlam doirasiga kiruvchi teonimlarning diniy arboblar va omma nutqida qo‘llanish darajasining umumiyligi, ular o‘zaro farqlanmasligi, mazkur leksik qatlam diniy marosimlarda eng faol qo‘llanadigan leksikon bo‘lib, so‘zlovchi ruhiyatini ifodalashda muhim poetik vazifa bajarishiga oid natijalardan 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan №OT-F-1-100 “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy moslashuv tizimini takomillashtirishning ilmiy va uslubiy asoslari” nomli fundamental loyihasida imkoniyati cheklangan yoshlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish, badiiy ijodkorligini rivojlantirish, estetik didini oshirish maqsadida foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 3-noyabrdagi 04/5506-son ma’lumotnomasi). Natijada imkoniyati cheklangan yoshlarning umuinsoniy xislatlari, ijodkorligi, estetik didi oshirilgan.