Normuradova Nodira Muradullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilada tug‘ma yurak va qon tomirlar nuqsonlarining ultratovush diagnostikasi strategiyasi va taktikasi» 14.00.19 – Klinik radiologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib425.
Ilmiy maslahatchi: Fazilov Akram Akmalovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Sharipova Madina Karimovna, tibbiyot fanlari doktori; Abralov Xakimjon Kabuljanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion ul`tratovush texnologiyalari va kengaytirilgan fetal ekokardiografiya bayonnomalarini qo‘llash orqali prenatal davrda tug‘ma yurak va qon tomirlar nuqsonlarining ul`tratovush diagnostikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tug‘ma yurak nuqsonlarida yurak faoliyati buzilishi darajasini aniqlash maqsadida prenatal davrda o‘pka arteriyasi va venasining dopplerografiyasi, homila yurak qorinchalarining chiqarish fraksiyasi va zarb hajmi ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda ball shkalasi ishlab chiqilgan;
ul`tratovush tekshiruvi ma’lumotlariga asoslanib, homila venoz tizimining rivojlanishidagi anomaliyalarni tashxislashda ahamiyatli bo‘lgan homila portal vena tizimi tuzilishining anatomik variantlarining to‘rtta turi – T-, X-, N-simon va trifurkatsiya shakli mavjudligi isbotlangan;
o‘pka venalarining total anomal qaytishining suprakardial turi diagnostikasida to‘rtta o‘pka venalarining X-shaklidagi ulanish turi va infrakardial turi diagnostikasida pastga tushuvchi vertikal venaning aorta va pastki kovak vena bilan joylashuvi holati dopplerografik belgilar aniqlangan;
prenatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarini tashxislash maqsadida yurakni qo‘shimcha o‘n bitta kesimda tekshirish va yurak ichi gemodinamikasini dopplerografiya yordamida baholashda kengaytirilgan fetal exokardiografik belgilari aniqlangan;
xavf guruhidagi ayollarda perinatal o‘lim va bolalar nogironlikni kamaytirish maqsadida yurakning uch marta skrining ul`tratovush tekshiruvi bilan kengaytirilgan homila ekokardiografiyasini qo‘llash orqali prenatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarining aniqlashda ul`tratovush diagnostikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tug‘ma yurak nuqsonlarini prenatal davrda aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: tug‘ma yurak nuqsonlarida yurak faoliyati buzilishi darajasini aniqlash maqsadida prenatal davrda o‘pka arteriyasi va venasining dopplerografiyasi, homila yurak qorinchalarining chiqarish fraksiyasi va zarb hajmi ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda ball shkalasi ishlab chiqilgan va samaradorligini bo‘yicha takliflar TXKMRM qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda №03n–r/22–son bilan tasdiqlangan «Xomilaning venoz tizimini ul`tratovush tekshiruvi bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 8 apreldagi 161-sonli va Respublika perinatal markazining 2024 yil 2 martdagi 144-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustidagi №5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: prenatal davrda o‘pka arteriyasi va venasining dopplerografiyasi, homila yurak qorinchalarining chiqarish fraksiyasi va zarb hajmi ko‘rsatkichlarini qo‘llagan holda ball shkalasi ishlab chiqilganligi tug‘ma yurak nuqsonlarida homilada yurak faoliyati buzilishi darajasini aniq baholash imkonini beradi, bu esa homilani tug‘dirish muddatlarini belgilash va davolash choralarini muvofiqlashtirish imkoniyatlarini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: homila yuragining disfunksiyasi kuzatilgan holatlarda tug‘ruq muddatlarini muvofiqlashtirish yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqxonada davolanish muddatlarini o‘rtacha 11,9±7,2 koyka-kundan 8,8±4 koyka-kungacha qisqartirish, byudjetdan sarf xarajatlarni 25,9% ga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: homila yuragining disfunksiyasi kuzatilgan holatlarda tug‘ruq muddatlarini muvofiqlashtirish orqali yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ruqxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish va homilaning yurak etishmovchiligidan o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: ul`tratovush tekshiruvi ma’lumotlariga asoslanib, homila venoz tizimining rivojlanishidagi anomaliyalarni tashxislashda ahamiyatli bo‘lgan homila portal vena tizimi tuzilishining anatomik variantlarining to‘rtta turi – T-, X-, N-simon va trifurkatsiya shakli mavjudligi isbotlanganligi aniqlanganligi TXKMRM qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 29 fevralda №03n–r/22–son bilan tasdiqlangan «Xomilaning venoz tizimini ul`tratovush tekshiruvi bo‘yicha tavsiyalar» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 8 apreldagi 162-sonli va Respublika perinatal markazining 2024 yil 2 martdagi 143-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustidagi №5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilada venoz tizim anomaliyalari, jumladan darvoza venalari tizimi anomaliyalarini erta tashxizlash jigarda portal gipertenziya bilan kechuvchi kasalliklarni erta aniqlash davolash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: jigar venalarini kontrast usulda kompyuter tomografiyasining o‘rtacha 367000 so‘mni tashkil etishini hisobga olinganda jigar venalari anomaliyalari uchragan bemor bolalarda ushbu tekshirishga sarf xarajatlarni qisqartiradi. Bolalarda kompyuter tomografiyasi o‘rniga ultratovush tekshirish qo‘llanilishi nojo‘ya nurli radiatsiya ta’siriga yo‘l qo‘ymaslik bilan ham ahamiyatli. Xulosa: homilada jigar darvoza venalarining tuzilishiga ultratovush tekshirishi yordamida aniq baho berish chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng nurli radiatsiya ta’siriga ega bo‘lgan tekshiruvlarga sarf-harajatlarni qisqartirish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘pka venalarining total anomal qaytishining suprakardial turi diagnostikasida to‘rtta o‘pka venalarining X-shaklidagi ulanish turi va infrakardial turi diagnostikasida pastga tushuvchi vertikal venaning aorta va pastki kovak vena bilan joylashuvi holati dopplerografik belgilar aniqlanganligi TXKMRM qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 29 sentyabr` №7n-r/47 son bilan tasdiqlangan «Homilaning o‘pka venalarining total anomal drenajini ul`tratovush diagnostikasi usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati “Ona va bola skriningi” markazining 2023 yil 9 oktyabrdagi 232-sonli, hamda Navoiy viloyati “Ona va bola skriningi” markazining 2023 yil 10 oktyabrdagi 128-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustidagi №5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka venalarining total anomal qaytishining homiladorlikning erta muddatlarida aniqlanishi homiladorlikni to‘xtatish imkonini beradi. O‘pka venalarining total anomal qaytishida qo‘llaniladigan jarrohlik amaliyoti borasida sarf harajatlarni iqtisod qilishga, shifoxonada bo‘lish vaqtini tejashga va tug‘ma nuqson bilan tug‘ilgan bolaga qarovchi ota yoki onasining ishga layoqatsizlik bo‘yicha mehnat ta’tili borasidagi sarf harajatlarni tejashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: har yili har bir nogiron bolaga o‘rtacha 13 million 464 ming so‘m sarflanishini xisobga olganda o‘pka venalarining total anomal drenaji kabi og‘ir tug‘ma yurak nuqsonlari bilan o‘rtacha 10 ta homiladorlik erta muddatlarda to‘xtatilsa taxminan 130 million sumdan ortiq mablag‘ tejalishi kutiladi. Xulosa: o‘pka venalarining total anomal qaytishida aniqlangan yangi dopplerografik belgilar bu qon tomirlar og‘ir tug‘ma nuqsonini erta muddatlarda aniqlash va homiladorlikni to‘xtatish imkonini, homiladorlik davom ettirilgan hollarda esa yangi tug‘ilgan chaqaloqqa erta va malakali yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: prenatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarini tashxislash maqsadida yurakni qo‘shimcha o‘n bitta kesimda tekshirish va yurak ichi gemodinamikasini dopplerografiya yordamida baholashda kengaytirilgan fetal exokardiografik belgilari aniqlanganligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Fan va ta’lim boshqarmasi tomonidan 2022 yil 25 yanvardagi №8n-r/62-son bilan tasdiqlangan «Fetal ekokardiografiya bayonnomasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati “Ona va bola skriningi” markazining 2023 yil 5 sentyabrdagi 183-sonli, hamda Navoiy viloyati “Ona va bola skriningi” markazining 2023 yil 23 sentyabrdagi 127-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustidagi №5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kengaytirilgan fetal exokardiografiya bayonnomasi qo‘llanilishi og‘ir tug‘ma yurak nuqsonlarini erta muddatlarda aniqlash va homiladorlikni to‘xtatish imkonini beradi. Homiladorlik davom ettirilgan holatlarda tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga erta va malakali yordam ko‘rsatilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining № PF-74 2022-yil 17 fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq nogironligi bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan har oyda 622 ming so‘m, nogiron bolalarni parvarish qilayotgan shaxslarga esa 500 ming so‘m to‘lanadi. Og‘ir tug‘ma nuqsonlar bilan bolaning tug‘ilishini oldini olish har bir nogiron bolaga o‘rtacha yillik 13 million 464 ming so‘mlik sarf harajatlar iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: Homila yuragini tekshirishda 11 ta kesimdan iborat kengaytirilgan fetal exokardiografiyaning joriy etilishi tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgan chaqaloqlarga o‘z vaqtida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish yoki homiladorlik to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan og‘ir yurak nuqsonlariga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, bu orqali bolalar o‘rtasida o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: xavf guruhidagi ayollarda perinatal o‘lim va bolalar nogironlikni kamaytirish maqsadida yurakning uch marta skrining ul`tratovush tekshiruvi bilan kengaytirilgan homila ekokardiografiyasini qo‘llash orqali prenatal davrda tug‘ma yurak nuqsonlarining aniqlashda ul`tratovush diagnostikasi takomillashtirilganligi TXKMRM qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 29 fevral №03n-r/21-son bilan tasdiqlangan «Fetal ekokardiografiya yordamida homilaning tug‘ma yurak nuqsonlarini ul`tratovush diagnostikasi algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024 yil 8 apreldagi 161-sonli va Respublika perinatal markazining 2024 yil 2 martdagi 144-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustidagi №5-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homila yuragini 3 marotaba skrining tekshirish va havf guruhdagi ayollarda kengaytirilgan fetal exokardiografiya qo‘llanilishi homilada og‘ir tug‘ma yurak nuqsonlarini erta muddatlarda aniqlash va homiladorlikni to‘xtatish imkonini, homiladorlik davom ettirilgan holatlarda esa tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarga erta va malakali tibbiy yordam ko‘rsatilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tug‘ma yurak nuqsonlari bilan tug‘ilgan chaqaloqlarga o‘z vaqtida va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish har bir nogiron bolaga o‘rtacha yillik 13 million 464 ming so‘mlik sarf harajatlar qisqartirilish imkonini beradi. Jumladan, yangi algoritmni qo‘llanilishi 134 ta holatda og‘ir tug‘ma yurak nuqsonlarini erta muddatlarda aniqlanib homiladorlik to‘xtatilgan, bu esa o‘rtacha taxminan yiliga 1 trillion 742 million so‘m sarf xarajatlarni iqtisod qilish imkonini bergan. Homiladorlik davom ettirilgan holatlarda 92 ta kritik tug‘ma yurak nuqsonlarining davolanish natijalarini yaxshilash, statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: Sog‘liqni saqlash tizimiga TYuNlarini ul`tratovush diagnostikasi algoritmining joriy etilishi nuqsonlarni erta muddatlarda prenatal davrda aniqlash, chaqaloqlarga o‘z vaqtida va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, homiladorlik to‘xtatilishi mumkin bo‘lgan yurak nuqsonlariga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, bu orqali bolalar o‘rtasida o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini bergan.