Barnoev Axtam Istamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada eksperimental o‘pka fibrozida ingichka ichakning morfometrik parametrlarining qiyosiy tasnifi», 14.00.02 – Morfologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib2364.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: H.A.Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: me’yorda va eksperimental sharoitda chaqirilgan o‘pka fibrozi fonida kalamushlar ingichka ichak limfoid tuzilmalarining morfofunksional xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sog‘lom oq zotsiz kalamushlarda ingichka ichak devoridagi limfoid tuzilmalarning soni ichakning boshlangich kismidan yakuniy kismigacha turli qavatlarida tarqalishining mahalliy xususiyatlari aniqlangan;
birinchi marta sog‘lom oq zotsiz kalamushlarning barcha yosh toifalarida ingichka ichak devoridagi limfoid tuzilmalarning soni va o‘lchami, hujayra tarkibi aniqlangan;
ilk bor eksperimental o‘pka fibrozida ingichka ichak devorining limfoid to‘qimasining barcha kavatlarida qayta tiklanish xususiyatlari barcha yosh guruxlarda isbotlangan;
erta postnatal ontogenezining turli davrlarida eksperimental o‘pka fibrozi kasalligini modellashtirish jarayoni oqibatida o‘pka fibrozi mavjud barcha yoshdagi kalamushlarning ingichka ichak devorida morfometrik o‘zgarishlar aniklangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribada eksperimental o‘pka fibrozida ingichka ichakning morfometrik parametrlarining qiyosiy tasnifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sog‘lom oq zotsiz kalamushlarda ingichka ichak devoridagi limfoid tuzilmalarning soni ichakning boshlangich kismidan yakuniy kismigacha turli qavatlarida tarqalishining mahalliy xususiyatlari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashida 26.08.2023 yil 23-m/084 soni bilan tasdiqlangan «Tajribaviy o‘pka fibrozida ingichka ichakda morfometrik ko‘rsatkichlarni aniklash usuli» nomli tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 07.09.2023 y., №41 - son va Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi 26.07.2024 y., № 1370-2-42-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`dagi 06/66-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka fibrozi bilan kasallanishning ingichka ichak epiteliy hujayralari va muskul qavatning patologik aniqlanganligini inobatga olinishi bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka fibrozida yuzaga keladigan o‘zgarishlar va ingichka ichakning qavatlaridagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlari natijasidagi patologik holat inobatga olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 30000 so‘mga iqtisod qilinadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: birinchi marta sog‘lom oq zotsiz kalamushlarning barcha yosh toifalarida ingichka ichak devoridagi limfoid tuzilmalarning soni va o‘lchami, hujayra tarkibi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashida 26.08.2023 yil 23-m/084 soni bilan tasdiqlangan «Tajribaviy o‘pka fibrozida ingichka ichakda morfometrik ko‘rsatkichlarni aniklash usuli» nomli tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 07.09.2023 y., №41 - son va Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi 26.07.2024 y., № 1370-2-42-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`dagi 06/66-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental tadqiqot natijalari oq zotsiz kalamushlarda yoshga qarab fibroz bilan o‘zgarishining ingichka ichakning morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlanib, o‘pka fibrozi paytida ingichka ichakning muskul qavatlaridagi parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olib, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: eksperimental tadqiqot natijalari oq zotsiz kalamushlarda yoshga qarab fibroz bilan ta’sirlanishning ingichka ichakning morfometrik parametrlariga ta’siri aniqlandi. O‘pka fibrozi paytida ingichka ichakning muskul qavati parametrlarining o‘zgarishi isbotlanganligini hisobga olinishi bemorlarda tashxislash samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 30000 so‘mga iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental o‘pka fibrozida ingichka ichak devorining limfoid to‘qimasining barcha kavatlarida qayta tiklanish xususiyatlari barcha yosh guruxlarda isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashida 26.08.2023 yil 23-m/084 soni bilan tasdiqlangan «Tajribaviy o‘pka fibrozida ingichka ichakda morfometrik ko‘rsatkichlarni aniklash usuli» nomli tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 07.09.2023 y., №41 - son va Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi 26.07.2024 y., № 1370-2-42-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`dagi 06/66-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ingichka ichakning muskul qavat va epiteliy hujayralarining o‘zgarishi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Ingichka ichakning muskul qavat va epiteliy hujayralarining o‘zgarishi oddiy va eksperimental sharoitlarda o‘rganilganligi o‘z navbatida mazkur kasallarda asoratlarning oldini olish chora tadbirlarini belgilashga imkon berishi isbotlanganligi, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 30000 so‘mga iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: erta postnatal ontogenezining turli davrlarida eksperimental o‘pka fibrozi kasalligini modellashtirish jarayoni oqibatida upka fibrozi mavjud barcha yoshdagi kalamushlarning ingichka ichak devorida morfometrik uzgarishlar aniklanganligi bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashida 26.08.2023 yil 23-m/084 soni bilan tasdiqlangan «Tajribaviy o‘pka fibrozida ingichka ichakda morfometrik ko‘rsatkichlarni aniklash usuli» nomli tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali 07.09.2023 y., №41 - son va Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasi 26.07.2024 y., № 1370-2-42-TB/2024-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabr`dagi 06/66-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: tajribaviy o‘pka fibrozini modellashtirishdan so‘ng oq zotsiz kalamushlarning ingichka ichak devoridagi morfometrik o‘zgarishlarini o‘z vaqtida aniqlab tashxislash, rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: tajribaviy o‘pka fibrozida ingichka ichak devoridagi morfometrik o‘zgarishlar aniqlandi, bu ingichka ichakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan onkologik kasalliklarni oldini olish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan, hamda rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 300000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 30000 so‘mga iqtisod qilinadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Tajribada eksperimental o‘pka fibrozida ingichka ichakning morfometrik parametrlarining qiyosiy tasnifi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2024 yil 4 sentyabr` 04/7320-son xat yuborilgan.