Abduraxmonova Qutlibika Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida adgeziya molekulalari va yallig‘lanish markerlarining prognostik ahamiyati, davolash usullarini optimizatsiyalash», 14.00.13 –Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2760.
Ilmiy rahbar: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Nargiza Obidjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xakimova Soxiba Ziyadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida immun-yallig‘lanish markerlari hisoblangan yuqori sezuvchan S-reaktiv oqsil (hs-CRP), tizimli immun-yallig‘lanish indeksi (TIYaI), neytrofil-limfotsitlar nisbati (NLN) va limfotsit-monotsitlar nisbati (LMN)lar, shuningdek hujayralararo adgeziya molekulasi (ICAM-1)ning prognostik ahamiyatini o‘rganish va davolash usullarini muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
komorbid holatlar fonida ICAM-1 va hs-CRP konsentratsiyasi, tizimli immun-yallig‘lanish indeksi va neytrofil-limfotsitlar nisbati ko‘rsatkichlarining ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida yuqori bo‘lishi neyroyallig‘lanish jarayonining kuchli kechayotganini bildirishi isbotlangan;
ICAM-1, hs-CRP, tizimli immun-yallig‘lanish indeksi, neytrofil-limfotsitlar nisbatining o‘rtacha miqdori va ishemik insul`tning turli muddatlarida o‘tkazilgan funksional holatni baholovchi shkalalar ko‘rsatkichlari bilan to‘g‘ri korrelyasion bog‘lanish borligi isbotlangan;
ishemik insul`tning asoratlarini kasallikning o‘ta o‘tkir davridayoq adgeziya molekulasi (ICAM-1) va yallig‘lanish markerlari (hs-CRP, tizimli immun-yallig‘lanish indeksi va neytrofil-limfotsitlar nisbati) miqdorining yuqori bo‘lishi yuqori prognostik ko‘rsatkich ekanligi isbotlangan;
ikki tomonlama antiagregant terapiya (ITAAT) qabul qilgan bemorlarda monoantiagregant terapiya olgan bemorlarga nisbatan yaxshi prognoz kuzatilish foizi oshishi, qayta ishemik insul`t kuzatilish extimoli kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
ishemik insultning o‘ta o‘tkir davrida adgeziya molekulalari va yallig‘lanish biomarkerlarining prognostik ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davridayoq komorbid holatlar fonida ICAM-1 va hs-CRP konsentratsiyasi, TIYaI va NLN ko‘rsatkichlarining ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida yuqori bo‘lishi neyroyallig‘lanish jarayonining kuchli kechayotganini asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrda  10-23/167 son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida adgeziya molekulalari va yallig‘lanish medaitorlarining prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 29.12.2023 yildagi, 4151-10-139-TB/2023-son hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi, 158/1-I-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/26-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: komorbid kasalliklar fonida prognostik usulni qo‘llash ishemik insul`tning asoratlari barvaqt tashxislangan va yomon prognozlar sonini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik kechishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq davo choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida 605200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: yallig‘lanish markerlarining o‘rtacha konsentratsiyasi va shkalalar o‘rtasida korrellyasion bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrda  10-23/167 son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida adgeziya molekulalari va yallig‘lanish medaitorlarining prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 29.12.2023 yildagi, 4151-10-139-TB/2023-son hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi, 158/1-I-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/26-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yallig‘lanish markerlarining shkalalar bilan korrelyasion bog‘liqligi antiagregant terapiyasi algoritmini ishlab chiqish uchun imkon berdi, ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davridayoq bemorlarda nogironlik va o‘limni kamaytirishda ratsional va individual yondashishga imkon berdi. Mazkur yangilik bemorni statsionar davolash bo‘yicha nevropatolog shifokorlarning ish yukini kamaytirishga ham imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik kechishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq davo choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida 605200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkazilgan ishemik insul`t asoratlarining rivojlanishini prognozlashda kasallikning o‘ta o‘tkir davridayoq adgeziya molekulasi (ICAM-1) va yallig‘lanish markerlari (hs-CRP, TIYaI va NLN) miqdorining yuqori bo‘lishi yuqori prognostik ko‘rsatkich ekanligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrda  10-23/167 son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida adgeziya molekulalari va yallig‘lanish medaitorlarining prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 29.12.2023 yildagi, 4151-10-139-TB/2023-son hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi, 158/1-I-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/26-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarda 3 oydan keyingi funksional xolatni prognoz qilish va ikki tomonlama antiagregant terapiyasi bemorlarda asoratlarni prognozlash va oldini olishga erishilgan; taklif etilgan kompleks yondashuvdan foydalanish ishemik insul`t o‘tkazgan patsientlarning davolash va profilaktika sifatini yaxshilagan. Iqtisodiy samaradorligi: kasallik kechishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq davo choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida 605200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ikki tomonlama antiagregant terapiya (ITAAT) qabul qilgan bemorlarda monoantiagregant terapiya olgan bemorlarga nisbatan yaxshi prognoz kuzatilish foizi oshib, qayta ishemik insul`t kuzatilish ehtimoli kamayishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 21 oktyabrda  10-23/167 son bilan tasdiqlangan «Ishemik insul`tning o‘ta o‘tkir davrida adgeziya molekulalari va yallig‘lanish medaitorlarining prognostik ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Qibray tumani tibbiyot birlashmasi bo‘yicha 29.12.2023 yildagi, 4151-10-139-TB/2023-son hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 15.11.2023 yildagi, 158/1-I-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/26-sonli xulosasi).  Ijtimoiy samaradorligi: gospitalizatsiya qilingan bemorlarni olib borishda davolash va prognostik chora-tadbirlarini takomillashtirish, ishemik insul`tning o‘tkir va erta reabilitatsion davrida o‘lim darajasini va qayta ishemik insul`tni kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi kasallik kechishini erta prognoz qilish va shunga muvofiq davo choralarini olib borish o‘rtacha statsionar davo kunlarini qisqartirishi natijasida hamda og‘ir asorat va letallik darajasini oldini olish natijasida 605200 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish