Esaxanov Shuxrat Normaxmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda hushtaksimon nafas sindromi fenotiplarining klinik-funksional, immunologik xususiyatlari va bronxial astma diagnostikasini optimallashtirish», 14.00.09 – Pediatriya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2252.
Ilmiy raxbar: Shamsiev Furkat Muxitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Oliya Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Alieva Nigora Rustamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda hushtaksimon nafas sindromini klinik-funksional va immunologik xususiyatlarini turli fenotiplarda o‘rganish asosida bronxial astma diagnostikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
peri- va intranatal davrlarning noqulay kechishi, atopik kasalliklar bo‘yicha irsiy moyillik, fon kasalliklar, yondosh kasalliklar va boshqalar bronxial astmani rivojlanishda prognostik marker ekanligi aniqlangan;
bolalarda bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxitning turli fenotiplarida gumoral immunitetni aktivlashishi, neytrofillarning fagotsitar faolligini 1,4 – 1,6 barobarga pasayishi natijasida hujayraviy immunitetning disbalansi rivojlanishi patogenetik asoslangan;
bolalarda bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxitning mul`tifaktorial fenotipida hushtaksimon nafasning akustik xususiyatlari bilan klinik – immunologik parametrlar orasida yuqori musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan;
hushtaksimon nafas davomiyligi va bir yilda hushtaksimon nafasning qaytalanishi chastotasi epizodik fenotipi bo‘lgan bolalarda ko‘proq CD3+ - limfotsitlar, TNFα va IgA, mul`tifaktorial fenotiplilarda esa CD4+- limfotsitlar, IL–4, IgG, IgE parametrlarnig o‘zgarishi aniqlanib, bronxial astmaga moyil xavf guruhidagilarda allergik fon ustunligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda hushtaksimon nafas sindromi fenotiplarining klinik- funksional, immunologik xususiyatlari va bronxial astma diagnostikasini optimallashtirishni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: peri- va intranatal davrlarning noqulay kechishi, atopik kasalliklar bo‘yicha irsiy moyillik, fon kasalliklar, yondosh kasalliklar va boshqalar bronxial astmani rivojlanishda prognostik marker ekanligi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 iyundagi 8n-r/6-son bilan tasdiqlangan “Hushtaksimon nafas sindromi bo‘lgan bolalarda bronxial astma diagnostikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 21.10.2023 yildagi №163-4 buyruq bilan Samarqand viloyatidagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi va 20.10.2023 yildagi №20 buyruq bilan Andijon viloyatidagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxit fenotiplari diagnostikasida moyillik yaratuvchi xavf omillarini baholashga, o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yishga, bolalarda bronxial astma va boshqa asoratlarni rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxiti bo‘lgan bolalarda bronxial astma rivojlanishini bashorat qiluvchi xavf omillarini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan matematik modelni amaliy qo‘llash natijasida qo‘shimcha tekshirishlarga zarurat bo‘lmaganligi sababli, har 1 bemor uchun 36000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini tejash imkonini beradi, 88 nafar bemordan esa 3168000 so‘m iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxitning turli fenotiplarida gumoral immunitetni aktivlashishi, neytrofillarning fagotsitar faolligini 1,4 – 1,6 barobarga pasayishi natijasida hujayraviy immunitetning disbalansi rivojlanishini patogenetik asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 iyundagi 8n-r/6-son bilan tasdiqlangan “Hushtaksimon nafas sindromi bo‘lgan bolalarda bronxial astma diagnostikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 21.10.2023 yildagi №163-4 buyruq bilan Samarqand viloyatidagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi va 20.10.2023 yildagi №20 buyruq bilan Andijon viloyatidagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samardorligi: bolalarda bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi turli fenotipdagi qaytalanuvchi bronxitda hujayraviy, gumoral immunitet va sitokin statusi ko‘rsatkichlarini baholash tashxis qo‘yishning to‘g‘ri usuli hisoblanadi va keyingi davolash samaradorligini baholash uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi turli fenotipdagi qaytalanuvchi bronxitda hujayraviy, gumoral immunitet va sitokin statusi ko‘rsatkichlarini tekshirish orqali qo‘shimcha tekshirishlarga zarurat bo‘lmaganligi sababli, 1 bemor uchun 230000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larini tejash imkonini, 88 nafar bemordan esa 20240000 so‘m iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalarda bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxitning mul`tifaktorial fenotipida hushtaksimon nafasning akustik xususiyatlari bilan klinik – immunologik parametrlar orasida yuqori musbat korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 iyundagi 8n-r/6-son bilan tasdiqlangan “Hushtaksimon nafas sindromi bo‘lgan bolalarda bronxial astma diagnostikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 21.10.2023 yildagi №163-4 buyruq bilan Samarqand viloyatidagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi va 20.10.2023 yildagi №20 buyruq bilan Andijon viloyatidagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxit bo‘lgan bolalarda hushtaksimon xirillashlarni elektron auskul`tatsiyasi natijalarini baholash bolalarda kasallikni og‘irlik darajasini baholovchi muhim usul hisoblanadi va erta tashxislashning muayan qismi bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxit bo‘lgan bolalarda hushtaksimon xirillashlarni elektron auskul`tatsiyani amaliyotda qo‘llanilishi xar 1 bemor uchun 60000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini berdi , 88 nafar bemordan esa 5280000 so‘m iqtisod qilindi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: hushtaksimon nafas davomiyligi va bir yilda hushtaksimon nafasning qaytalanishi chastotasi epizodik fenotipi bo‘lgan bolalarda ko‘proq CD3+ - limfotsitlar, TNFα va IgA, mul`tifaktorial fenotiplilarda esa CD4+- limfotsitlar, IL–4, IgG, IgE parametrlarning o‘zgarishi aniqlanib, bronxial astmaga moyil xavf guruxidagilarda allergik fon ustunligi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 22 iyundagi 8n-r/6-son bilan tasdiqlangan “Hushtaksimon nafas sindromi bo‘lgan bolalarda bronxial astma diagnostikasini optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif 21.10.2023 yildagi №163-4 buyruq bilan Samarqand viloyatidagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi va 20.10.2023 yildagi №20 buyruq bilan Andijon viloyatidagi ko‘p tarmoqli bolalar tibbiy markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 iyundagi 1-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxit fenotiplari diagnostikasida moyillik yaratuvchi xavf omillarini baholash, o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish, bronxial astma rivojlanishini va boshqa asoratlarni oldini olish xamda qaytalanishlar sonini kamaytirish, qaytalanishlarsiz davrni uzaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bronxoobstruktiv sindrom bilan kechuvchi qaytalanuvchi bronxit bo‘lgan bolalarda bronxial astma rivojlanishini bashorat qiluvchi xavf omillarini amaliyotda qo‘llash matematik model asosida ishlab bolalarni olib borish sxemasi qullanilishi natijasida qo‘shimcha tekshiruvlarga zarurat bo‘lmaganligi sababli, har 1 bemor uchun 36000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar tejash imkonini berdi, 88 nafar bemor uchun 3168000 so‘m mablag‘ iqtisod qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish