Yuldashev Marufdjon Abidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sil ifeksiyasining yordamchi reproduktiv texnologiyalar natijasiga ta’siri va ushbu bemorlarni olib borishni dasturiy menedjmentini ishlab chiqish», 14.00.26 – Ftiziatriya; 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib4331.
Ilmiy rahbarlar: Parpieva Nargiza Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pul`monologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc:04/01.04.2023.Tib.160.01.
Rasmiy opponentlar: Fayzullaeva Dilfuza Bahodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Lokshin Vyacheslav Notanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sil infeksiyasining yordamchi reproduktiv texnologiyalar natijalariga ta’sirini o‘rganish va bemorlarni boshqarish uchun dasturiy boshqaruvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon naylarining o‘tkazuvchanligining buzilishi oqibatida o‘tkazilgan EKU ning takroriy muvaffaqiyatsiz natijalariga sababchi omillar orasida sil kasalligi infeksiyasi 26,7% hollarda uchrashi isbotlangan;
ayollar jinsiy a’zolari sili tashxisini erta aniqlashda bor bo‘lgan tekshiruvlar orasida molekulyar tekshiruvlardan GeneXpert va PZR tekshiruvlari EKU ning muvaffaqiyatsiz natijalari qayd etilgan ayollarda yuqori diagnostik sezgirligi va diagnostik axamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
sil infeksiyasi natijasida EKU ning muvaffaqiyatsiz natijalari qayd etilgan ayollarda implantatsiya oynasini siljishida axamiyatli prediktorlar aniqlangan;
takroriy muvaffaqiyatsiz EKU natijalari bo‘lgan ayollarda davolash usullari va «yo‘ldosh terapiyasi» ning ishlab chiqilgan modellari asosida menedjment dasturi – erta tashxislash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinsiy a’zolari sili kasalligini YoRT ga ta’sirini o‘rganish va olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 26,7% hollarda ayollarda sil kasalligi infeksiyasi EKUning takroriy muvaffaqiyatsiz natijalariga sabab bo‘lishi bo‘yicha tavsiyalar 12.02.2024-yildagi 6/1-sonli RIFvaPIATMning ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan «Anamnezida yordamchi reproduktiv texnologiyalarning takroriy muvaffaqiyatsiz natijalari bo‘lgan ayollarda genital sil kasalligini erta tashxislash usuli» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 30.10.2023 yildagi 83a-son buyruq bilan va «DOKTOR ShAHNOZA-FAYZ» xususiy tibbiyot klinikasi faoliyatiga 31.10.2023 yildagi 23/1-son buyruq bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/60-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samardorligi: bemorlardagi yashirin kechuvchi genital sil jaryonini erta aniqlash va barvaqt davolashni, takroriy samarasiz EKU jarayonini samardorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezida takroriy muvaffaqiyatsiz EKU natijalarga ega bo‘lgan ayollarda, genital sil kasalligini tashxislashda har bir bemor uchun 7,7 million so‘mni tejashga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: GeneXpert va PZR taxlillari sil kasalligini barvaqt tashxis qo‘yish uchun diagnostik sezgirligi yuqori va o‘ziga xos ekanligi isbotlanib, bu bo‘yicha tavsiyalar 12.02.2024-yildagi 6/1-sonli RIFvaPIATMning ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan «Anamnezda yordamchi reproduktiv texnologiyalarning takroriy muvaffaqiyatsiz natijalari bo‘lgan ayollarda genital sil kasalligini erta tashxislash usuli» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi faoliyatiga 30.10.2023 yildagi 83a-son buyruq bilan va «DOKTOR ShAHNOZA-FAYZ» xususiy tibbiyot klinikasi faoliyatiga 31.10.2023 yildagi 23/1-son buyruq bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/60-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samardorligi: bemorlardagi yashirin kechuvchi genital sil jaryonini erta aniqlash va barvaqt davolashni, takroriy samarasiz EKU jarayonini samardorligini oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anamnezida takroriy muvaffaqiyatsiz EKU natijalarga ega bo‘lgan ayollarda, genital sil kasalligini o‘z vaqtida aniqlash bilan davolash xarajatlari 5120000 so‘mni tashkil etadi va o‘z vaqtida tashxis qo‘yilmasa, bemor davolanishga 2,5 baravari (12800000 so‘m) iqtisod qilinadi.
uchinchi ilmiy yangilik: sil infeksiyasi natijasida EKUning muvaffaqiyatsiz natijalari qayd etilgan ayollarda implantatsiya oynasini siljishida ahamiyatli prediktorlar aniqlanganligi bo‘yicha tavsiyalar 12.02.2024-yildagi 6/1-sonli RIFvaPIATMning ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan «Genital sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlarini boshqarish, davolash va tayyorlash algoritmi» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 3-sonli tumanlararo ftiziatriya dispanseri faoliyatiga 10.30. 2023, 77-sonli buyruq bilan va «ERAMED-EKU» xususiy tibbiyot klinikasi faoliyatiga 10.30.2023, 20-sonli buyruq bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/60-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samardorligi: organizmdagi sil bilan bog‘liq gormonal gomeostazni buzilishi, endometriydagi glandulyar tuzilmalarning shakllanishi va etilishining kechikishi, implantatsiya oynasi kunining siljishini e’tiborga olgan holda olib borilgan EKU jarayoni samaradorligi keskin oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kengaytirilgan yondashuv, EKU dasturlarida har bir bemor uchun 17 million so‘mgacha tejashga imkon berdi, shu jumladan EKU dasturining narxi barcha tekshiruvlar kiritilgan holda o‘rtacha 30000000 so‘mni tashkil etadi, takroriy EKU bilan esa bu miqdor 17000000 so‘mga oshadi, ya’ni, bepushtlik bilan og‘rigan 1 bemorga iqtisodiy xarajatlar – 47000000 so‘mga iqtisod qilinadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: takroriy muvaffaqiyatsiz EKU natijalari bo‘lgan ayollarda davolash usullari va «yo‘ldosh terapiyasi» ning ishlab chiqilgan modellari asosida menedjment dasturi - erta tashhislash usuli ishlab chiqilgan. Bu bo‘yicha tavsiyalar 12.02.2024-yildagi 6/1-sonli RIFvaPIATMning ilmiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tasdiqlangan «Genital sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun yordamchi reproduktiv texnologiyalar dasturlarini boshqarish, davolash va tayyorlash algoritmi» bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shahridagi 3-sonli tumanlararo ftiziatriya dispanseri faoliyatiga 10.30. 2023, 77-sonli buyruq bilan va «ERAMED-EKU» xususiy tibbiyot klinikasi faoliyatiga 10.30.2023, 20-sonli buyruq bilan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/60-son xulosasi) amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samardorligi: EKU amaliyotiga kirishgan ayollar orasida yashirin sil kasalligini erta tashxislash, ulardagi gormonal gomeostazni tiklash, takroriy muvaffaqiyatsiz EKU lar sonini keskin kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: kengaytirilgan yondashuv, EKU dasturlarida har bir bemor uchun 17 million so‘mgacha tejashga imkon berdi, shu jumladan EKU dasturining narxi barcha tekshiruvlar kiritilgan holda o‘rtacha 30000000 so‘mni tashkil etadi, takroriy EKU bilan esa bu miqdor 17000000 so‘mga oshadi, ya’ni, bepushtlik bilan og‘rigan 1 bemorga iqtisodiy xarajatlar – 47000000 so‘mga iqtisod qilinadi. Jinsiy a’zolar sili sababli bepushtligi bo‘lgan bemorlarni boshqarish uchun tavsiya etilgan algoritmdan foydalanish takroriy EKU amaliyotini 50,5% ga (4,7 baravar) pasayishiga olib keldi.