Boqiev Komiljon Shodievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shoshilinch jarroxlik amaliyotidagi bemorlarda tezlashtirilgan tiklanish protokolining samaradorligini baxolash», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2336..
Ilmiy rahbar: Sharipova Visolatxon Xamzaevna,tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanov Shuxrat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Nematjon Komiljonovich,tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: I.I.Djanelidze nomidagi tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: turli etiologiyali asoratlangan peritonit, shoshilinch jarrohlik patologiya kuzatilgan bemorlarni davolash natijalarining ERAS (enhanced recovery after surgery) protokolini tatbiq etish yo‘li bilan yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarqalgan peritonit tufayli jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng tezlashtirilgan tiklanish protokoli (ERAS) komponentlaring samaradorligi bemorlarda bronxopulmonar klirensi qisqa vaqtda sezilarli oshirilishi, siydik yo‘llari infeksiyasi omili erta bartaraf etilishi, ichak qisqarishda parasimpatik avtonomiyasi erta tiklanishi asosida ekanligi isbotlangan;
tarqalgan peritonit tufayli jarrohlik amaliyotlarda multimodal og‘riqsizlantirish texnologiyasi bilan birga amaliyotdan so‘ng taklif etilgan tezlashtirilgan tiklanish protokoli kombinatsion qo‘llanishining samaradorligi bemorlarning notseseptiv reseptorlarni opioid analgetiklarga sezuvchanligini bilvosita oshishi, bosh miya xo‘jayralarning kislorod etishmovchilikka chidamligini bevosita oshishi va simpatik nerv tolalar propriotseptiv hususiyatlarini tiklanishi hisobiga ekanligi isbotlangan;
moslashtirilgan tezkor tiklanish protokolining samaradorligini baholashda bemorlarning erta faollashtirish davri, erta og‘iz orqali oziqalanishi, amaliyotdan keying deliriy rivojlanishi kabi omillarining to‘g‘ri korrelyasion aloqasi isbotlangan;
taklif etilgan multimodal regionar va umumiy og‘riqsizlantirish hamda amaliyotdan so‘ng erta tiklanish protokoli kombinatsiyasini qo‘llanish asosidagi algoritm samaradorligi narkotik analgetiklarni iste’molini 67% ga kamayishi, og‘riqsizlantirish sifatini 50% va og‘riqsizlantirish davomiyligini 2,5 martaga yaxshilash hisobiga bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Ilmiy kengashining 03.09.2023 yildagi №2-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali peritonit uchun jarrohlik amaliyotidan so‘ng tezlashtirilgan tiklanish protokoli (ERAS) komponentlari asoslab berildi, moslashtirildi va shoshilinch jarrohlik amaliyotiga joriy etildi, bu esa bronxopulmonar asoratlar, siydik yo‘llari infeksiyasini kamaytirishi, ichak parezining namoyon bo‘lish muddatini qisqartirish va ichak peristaltikasining boshlanishi vaqtini qisqartirish imkonini bergan va shoshilinch jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng bemorlarni tezlashtirilgan sog‘lomlashtirish protokolini qo‘llanishning ilmiy natijalari RShTYoIM ilmiy va klinik bo‘limlari amaliyotiga, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari Qashqdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (05.07.2023 y.; №81-T raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (27.03.2023 y.; №88-T raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi RShTYoIM Ekspertlar kengashining 2023-yil 10-maydagi №4-sonli bayonnomasi.). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda bronxopulmonar klirensi qisqa davrda yaxshilanishi hisobiga kasalxonada pnevmoniya rivojlanishining kamayishi, shuningdek, sistit va pielonefrit namoyon bo‘lishining kamayishi antibiotiklarni iste’molini kamaytirgan va klinik xamda bakteriologik tekshiruvlarni kamaytirishi hisobiga ushbu bemorlarning reanimatsiya bo‘limida davolanish uchun bir kunda sarflanadigan o‘rtacha mablag‘ni 4200000 dan 2000000 so‘mgacha va reanimatsion davrini 8 kundan 3 kungacha qisqartirish hisobiga jami bir bemor uchun 27600000 (4200000 x 8 – 2000000 x 3) so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: opioidlarni tejovchi multimodal og‘riqsizlantirish texnologiyasi samaradorligini qiyosiy tahlil qilish asosida turli xil etiologiyali peritonit bo‘yicha shoshilinch jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemorlarda tezlashtirilgan tiklanish protokoli komponentlarini qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan, deliriy rivojlanishi, operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qayt qilish kamaytirishga imkon yaratilgan va shoshilinch jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng bemorlarni tezlashtirilgan sog‘lomlashtirish protokolini qo‘llanishning ilmiy natijalari RShTYoIM ilmiy va klinik bo‘limlari amaliyotiga, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari Qashqdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (05.07.2023 y.; №81-T raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (27.03.2023 y.; №88-T raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi RShTYoIM Ekspertlar kengashining 2023-yil 10-maydagi №4-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarni tezlashtirilgan tiklanish protokolining asosiy komponenti sifatida regionar blokadalar asosida operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish uchun multimodal opioidlarni tejovchi texnologiyadan foydalanish narkotik vositalar iste’mol qilishni kamaytirishga imkon beradi va narkotik anal`getiklarga xos bo‘lgan noxush xususiyatlarni kamaytirishga olib kelishi hisobiga, profilaktik choralarni qo‘llash amaliyotdan keyingi davrda ko‘ngil aynishi va qayt qilishni kamaytirishga olib kelishi va amaliyotdan keying deliriyning oldini olishi hisobiga hayot sifatini yaxshilaydi va kognitiv buzilishlarni kamaytirib, bemorlarning erta tiklanishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: peritonit bilan og‘rigan shoshilinch bemorlarda multimodal analgeziyaning bir qismi sifatida ultratovush navigatsiya nazorati ostida regionar texnologiyalardan foydalanish og‘riqsizlantirish sifatini 50% ga yaxshilanganligi, og‘riqsizlantirish muddati 2,5 barobar uzoqroq cho‘zilganligi, narkotik analgetiklarning iste’mol qilish darajasi 67% ga kamayganligi, ko‘ngil aynishi va qayt qilishni 75% ga, shuningdek deliriyni 70% ga kamayganligi hisobiga bir bemor uchun qo‘shimcha 1220000 so‘m, hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=203) 247660000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali peritonit bo‘yicha shoshilinch operatsiyalardan so‘ng bemorlarni tezlashtirilgan tiklanish protokolining moslashtirilgan komponentlarini qo‘llashda bemorlarning reanimatsiya va umumiy shifoxonada qolish muddati qisqartirilganligi hisobiga erishilgan ilmiy natijalari RShTYoIM ilmiy va klinik bo‘limlari amaliyotiga, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari Qashqdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (05.07.2023 y.; №81-T raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (27.03.2023 y.; №88-T raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi RShTYoIM Ekspertlar kengashining 2023-yil 10-maydagi №4-sonli bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: peritonit buyicha shoshilinch operatsiya qilingan bemorlarda amaliyotdan keyingi davrda tezlashtirilgan tiklanish protokolining komponentlarini joriy etish va qo‘llash erta davrda bemorlarning kognitiv buzilishlarini kamaytirishga, bemorlarning psixosotsial tiklanishini tezlashtirishga, shuningdek, reanimatsiya bo‘limida qolish muddatini 65% ga, umumiy yotoq kunlarini esa 63,5% ga qisqartirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: bemorlarni tezlashtirilgan ERAS tiklash protokoli qo‘llanishi reanimatsiya bo‘limida davolanish uchun bir kunda sarflanadigan o‘rtacha mablag‘ni 4200000 dan 2000000 so‘mgacha va reanimatsion davrini 8 kundan 3 kungacha qisqartirish hisobiga jami bir bemor uchun 27600000 (4200000 x 8 – 2000000 x 3) so‘m, hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=203) 5602800000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: moslashtirilgan tezkor tiklanish protokolining samaradorligini baholashda bemorlarning erta faollashtirish davri, erta og‘iz orqali oziqalanishi, amaliyotdan keying deliriy rivojlanishi kabi omillarga alohida urg‘u berilishi hisobiga erishilgan ijobiy davolash natijalari RShTYoIM ilmiy va klinik bo‘limlari amaliyotiga, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiallari Qashqdaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (05.07.2023 y.; №81-T raqamli) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (27.03.2023 y.; №88-T raqamli) buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi RShTYoIM Ekspertlar kengashining 2023-yil 10-maydagi №4-sonli bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: tezlashtirilgan tiklanish protokoliga muvofiq bemorlarning erta faollashishi va ovqatlanishi ichak motorikasining boshlanish vaqtini qisqartirishga hisobiga parezi oldini olinishi, operatsiyadan keyingi davrda pnevmoniya bilan kasallanishni kamayishi bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi va erta tiklanishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning erta faollashishi, erta ovqatlanish, oshqozon zondini erta olib tashlash, ichak motorikasining boshlanish vaqti qisqarishi, pnevmoniya, deliriy rivojlanishining kamayishi, ichak parezi chastotasining kamayishi hisobiga reanimatsiya bo‘limida qolish muddatining qisqarishi va shu tufayli reanimatsiya bo‘limida davolanish uchun bir kunda sarflanadigan o‘rtacha mablag‘ni 4200000 dan 2000000 so‘mgacha va reanimatsion davrini 8 kundan 3 kungacha qisqartirish hisobiga jami bir bemor uchun 27600000 (4200000 x 8 – 2000000 x 3) so‘m, hamda tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (n=203) 5602800000 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Shoshilinch jarroxlik amaliyotidagi bemorlarda tezlashtirilgan tiklanish protokolining samaradorligini baxolash» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/05 -son xulosasi.