Islamov Sharifjon Ganidjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy qoidalar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston islohotchilarining XX asr boshlaridagi bahslari: mustamlaka inqirozi sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy va diniy muammolar” mavzusidagi 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tar197
Ilmiy rahbar: Babadjanov Baxtiyar Miraimovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.44.01
Rasmiy opponentlar: Farmonov Rahmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor; Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiston islohotchilarining XX asr boshlaridagi bahslari, mustamlaka inqirozi sharoitidagi iqtisodiy, ijtimoiy va diniy muammolarni manbalar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XIX asr oxiridagi yagona islohotchilik harakati XX asr boshidagi tadqiqotchilar tomonidan davr siyosiy mafkurasi ta’sirida “jadidlar” va “qadimchilar” guruhlariga bo‘lingani isbotlandi;
islohotchi ulamolar amirlik boshqaruvini zamonaviy boshqaruv shakliga o‘tkazish, mustamlaka ta’siridan chiqish, siyosiy namoyishlarni tashkil etish kabi masalalarda jamiyatning aksariyat fuqarolaridagi konservativ qarashlarni inobatga olib, jamiyatni inqilobiy emas, balki bosqichma-bosqich isloh etish yo‘li va uslubini taklif etishgani aniqlandi;
Turkistondagi siyosiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan birqancha tarixiy asarlar aynan jadidlar tomonidan yaratilgani va ularda islohotchilar o‘rtasidagi siyosiy bo‘linishning negizida mafkuraviy tafovutlar turganini isbotlashga urinilgani dalillandi;
XX asr boshlaridagi rasmiy hukumat matbuotida “Er-suv islohoti” mahalliy ulamolar tomonidan diniy fatvolar orqali “qo‘llab- quvvatlanganligi” haqidagi talqinlar sun’iy shakllantirilgan materiallar bo‘lib, aslida ushbu “islohot” ulamolar tomonidan xususiy mulkning noqonuniy ekspropriatsiyasi sifatida baholangani isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Turkiston islohotchilarining XX asr boshlaridagi bahslari: mustamlaka inqirozi sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy va diniy muammolar mavzusi tahlili bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
Turkiston islohotchilarining XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi islohotchilik g‘oyalari, uning atrofidagi bahslarga doir dissertatsiyaning ilmiy yangilik va xulosalaridan O‘zbekiston tarixi kanalining “Javohir” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DUKning 2020-yil 9-oktyabrdagi 02-40-936-son ma’lumotnomasi). Natijada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan mazkur davr ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini yorituvchi manbalar, xususan, S.Ayniyning “Buxoro inqilobi tarixi” nomli qo‘lyozma asari turkumidagi manbalarda jadidlar islohotchilar o‘rtasidagi siyosiy bo‘linishning negizida mafkuraviy tafovutlar turganini isbotlashga urinishgani haqidagi dissertatsiya ilmiy xulosalari ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga xizmat qildi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” kitob-albomining “Islom” qismi dissertatsiyaning ilmiy yangiliklaridan foydalangan xolda mazmunan boyitildi. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 2-martdagi 02/101-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” kitob-albomi millatimiz tarixida yuz bergan ijtimoiy, iqtisodiy va diniy islohotchilik harakati davr siyosiy mafkurasi ta’sirida “jadidlar” va “qadimchilar” guruhlariga bo‘lingani, yirik islohot g‘oyalari atrofida kuzatilgan bahslar va ularning keyingi taqdiriga doir tarixiy jarayonlarni mazmunan boyitishga xizmat qildi.
Yuqorida keltirilgan kitob-albom mazmuniga dissertatsiya ilmiy yangiliklaridan biri bo‘lgan mahalliy ulamolar tomonidan amirlik boshqaruvini zamonaviy boshqaruv shakliga o‘tkazishni tashkil etishda jamiyatni inqilobiy emas, balki bosqichma-bosqich isloh etish yo‘li va uslubi taklif etilgani singdirildi.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi doimiy ekspozisiyasining jadidchilik harakati tarixiga doir qismini boyitishda dissertatsiyaning ilmiy yangiliklaridan foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022-yil 24-martdagi 3/1255-655-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasining jadidchilik harakatiga oid qismi dissertatsiyaning ilmiy tadqiqoti jarayonida aniqlangan mahalliy islohotchilarning “Kengash” va “Hurriyat” nomli nashrlarining ilmiy tavsiflari, hamda “Er-suv islohoti” mahalliy ulamolar tomonidan diniy fatvolar orqali “qo‘llab-quvvatlanganligi” haqidagi talqinlar sun’iy shakllantirilgani borasidagi qimmatli materiallar tarixiy voqeliklarni ekspozisiya orqali kengroq yoritishga xizmat qildi.