Abdullaev Jasurbek Rahimboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm viloyatida radio va televideniening shakllanish va rivojlanish tarixi (1936-2020 y.), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar 945
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumaniyozova Mamlakat Tajievna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor; Nuriddinov Turdiali Qambarovich tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyatida radio va televideniening shakllanish va rivojlanish tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1932-yilning boshlarida dastlabki Xorazm hayotiga doir  kundalik mahalliy eshittirishlar 1933-1934-yillarda 66% o‘quv ta’limiy, 13,7% axborotli, qolgan qismi musiqali, adabiy-dramatik va bolalar uchun tayyorlangan dasturlar dastlab 2 soat, so‘ngra 4 soatga uzaytirilishiga  mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi mezon sifatida belgilanib, Xorazmda radioning shakllanish bosqichlarini belgilab berganligi asoslangan;
XX asrning 50-yillariga qadar Xorazmdagi radiostansiyalarda injener-mexanik, radioqo‘mita boshliqlari, ularning yordamchilari, okrugning moliya ishlari bo‘limi mudirlari, hisobchi lavozimlarida asosan rus mutaxassislari ishlagani, XX asrning 60-yillariga kelib radiohavaskorlar to‘garaklari tashkil etiliib, mahalliy aholiga radio ishlari o‘rgatila boshlanidan keyin hudud aholisi ijtimoiy hayotiga doir eshittirishlar salmog‘i ortishiga xizmat qilganligi ochib berilgan;
Ikkinchi jahon urushidan keyin xalq xo‘jaligini rivojlantirish doirasida 1948-1955-yillar ichida Xorazm viloyatida radio eshittirish nuqtalarining ko‘paytirilishi hamda viloyatdagi radiolar soni 70 mingtaga etkazilishi 1963-yilda Xorazm “radiolashgan viloyat” deb e’lon qilinishi ortidan hududning qishloq aholisi ijtimoiy hayotida eng muhim axborot vositasiga aylanganligi ko‘rsatib berilgan;
1960-1961-yillardan boshlab televidenie Xorazm aholisi uchun iqtidorlarni kashf etuvchi muhim vositaga aylanganligi, mumtoz ohanglar, xalq sanʼati durdonalarini jamlagani, yo‘qolib borayotgan va unutilgan qo‘shiqlar, qadimiy xalq raqslari, dostonchilar, ijrochilar, maqomchilar, sozanda va navozandalar ijrolari namoyishi kabi ijobiy tendensiyalar kuzatilsa-da, televidenie “ideologiya frontining zarbdor uchastkasi” deb atalishi ortidan ko‘pgina jurnalistlar mafkuraviy siyosatning qurboniga aylanganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Xorazm viloyatida radio va televideniening shakllanish va rivojlanish tarixi (1936-2020-yy)” mavzusidagi dissertatsiyaning ilmiy natijalari va tavsiyalaridan:
1932-yilning boshlarida dastlabki Xorazm hayotiga doir  kundalik mahalliy eshittirishlar 1933-1934-yillarda 66% o‘quv ta’limiy, 13,7% axborotli, qolgan qismi musiqali, adabiy-dramatik va bolalar uchun tayyorlangan dasturlar dastlab 2 soat, so‘ngra 4 soatga uzaytirilishiga  mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning o‘zgarishi mezon sifatida belgilanib, Xorazmda radioning shakllanish bosqichlarini belgilab berganligi to‘g‘risidagi natijalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan ekspozisiyalar va koʻrgazmalar tashkil qilishda qo‘llanilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2023-yil 21-iyuldagi 04-06/2511-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarning Xorazm viloyati radio va televideniesining tashkil topishi, tarixiy ildizlari va uning rivojlanishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga imkon bergan;
XX asrning 50-yillariga qadar Xorazmdagi radiostansiyalarda injener-mexanik, radioqo‘mita boshliqlari, ularning yordamchilari, okrugning moliya ishlari bo‘limi mudirlari, hisobchi lavozimlarida asosan rus mutaxassislari ishlagani, XX asrning 60-yillariga kelib radiohavaskorlar to‘garaklari tashkil etiliib, mahalliy aholiga radio ishlari o‘rgatila boshlanidan keyin hudud aholisi ijtimoiy hayotiga doir eshittirishlar salmog‘i ortishiga xizmat qilganligiga doir natijalardan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston teleradiokanali”da efirga uzatilgan “Oʻzbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 24-avgustdagi 04-36-1380-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm vohasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va ma’naviy hayotiga ta’siri haqida ijtimoiy qarashlarning shakllanishiga  xizmat qilgan;
Ikkinchi jahon urushidan keyin xalq xo‘jaligini rivojlantirish doirasida 1948-1955-yillar ichida Xorazm viloyatida radio eshittirish nuqtalarining ko‘paytirilishi hamda viloyatdagi radiolar soni 70 mingtaga etkazilishi 1963-yilda Xorazm “radiolashgan viloyat” deb e’lon qilinishi ortidan hududning qishloq aholisi ijtimoiy hayotida eng muhim axborot vositasiga aylanganligi to‘g‘risidagi natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi yillik dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 19-maydagi №01-33-19/05-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi xayriya jamoat fondining Xorazmdagi faoliyati samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
1960-1961-yillardan boshlab televidenie Xorazm aholisi uchun iqtidorlarni kashf etuvchi muhim vositaga aylanganligi, mumtoz ohanglar, xalq sanʼati durdonalarini jamlagani, yo‘qolib borayotgan va unutilgan qo‘shiqlar, qadimiy xalq raqslari, dostonchilar, ijrochilar, maqomchilar, sozanda va navozandalar ijrolari namoyishi kabi ijobiy tendensiyalar kuzatilsa-da, televidenie “ideologiya frontining zarbdor uchastkasi” deb atalishi ortidan.ko‘pgina jurnalistlar mafkuraviy siyosatning qurboniga aylanganligi to‘g‘risidagi natijalardan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Xorazmda seminar-treninglar va davra suhbatlari kabi tadbirlarni o‘tkazishga qaratilgan faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023-yil 19-maydagi №01-33-19/05-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining ilmiy tadqiqotarni keng jalb qilishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish