Nosirova Marg‘uba Maxsudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’siri” (Farg‘ona vodiysi misolida), 22.00.02 – “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” ixtisosligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/S165
Ilmiy rahbar: Matkarimova Jamila Durdievna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01
Rasmiy opponentlar: Matibaev Tasbolat Baltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Saydivalieva Xurshida Xodjakbarovna, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysida xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“xotin-qizlar jinoyatchiligi” tushunchasining ilmiy-etimologik, sotsiogenetik va sotsiologik talqinlari, uning jinoiy etiologiya, jinoiy sotsiologiya, kriminologiya yo‘nalishlari bilan bog‘liq sotsiometodologik ahamiyati ochib berilgan;
xotin-qizlar jinoyatchiligining hududiy sotsiumda imkoniyat yaratuvchi sabablari, sotsioantropologik, sotsiokriminologik va ijtimoiy muammoning deterministik belgilari va differensial turlarining konseptual jihatlari sotsiologik asoslangan;
mamlakatda hududiy sotsiumni barqaror rivojlantirishda xotin-qizlar jinoyatchiligining ijtimoiy xavflilik darajasini keltirib chiqaruvchi deviant va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar (befarqlik, geboidlik, bipolyar, dissotsial, sotsiopat shaxsiyatning buzilishi va amoralistik qarashlar va boshqa ijtimoiy fenomenlari) shakllanayotgani sotsiologik asoslantirilgan;
xotin-qizlar jinoyatchiligiga sotsiokriminogen motivlar oilaviy manfaat, vaziyatli zo‘ravonlik va mintaqaviy xususiyatlarning ijtimoiy ta’siri negizida ayollarni turli xil zo‘ravonlik va jinoyat qilishga majbur qiluvchi harakatlardan muhofaza qiluvchi “oila ichida tenglik munosabatlarga asoslanish” tamoyili sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’siri (Farg‘ona vodiysi misolida) bo‘yicha natijalaridan:
xotin-qizlar jinoyatchiligining hududiy sotsiumda imkoniyat yaratuvchi sabablari, sotsioantropologik, sotsiokriminologik va ijtimoiy muammoning deterministik belgilari va differensial turlarining konseptual jihatlari sotsiologik tahliliga oid takliflardan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instiutining JHBL-54 sonli “Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik holati uning kelib chiqish sabablari va tendensiyasi, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning barvaqt oldini olish” loyihasida foydalanilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instiutining 2023-yil 25-iyuldagi 01-09/1584-conli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar mamlakatimiz yoshlarining o‘rtasidagi jinoyatchilik holati uning kelib chiqish sabablari o‘rganishda va yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan ilmiy loyiha ishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
mamlakatda hududiy sotsiumni barqaror rivojlantirishda xotin-qizlar jinoyatchiligining ijtimoiy xavflilik darajasini keltirib chiqaruvchi deviant va g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar (befarqlik, geboidlik, bipolyar, dissotsial, sotsiopat shaxsiyatning buzilishi va amoralistik qarashlar va boshqa ijtimoiy fenomenlari) shakllanayotgani sotsiologik tahliliga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining xotin-qizlar bilan ishlash siyosati va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligigni oshirish kabi vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, partiyaning yillik ish rejasida kiritilgan “Ilmli, ma’rifatli xotin-qizlar – mamlakat kelajagining mustahkam poydevori” mavzusidagi davra suhbatida mamlakatimizdagi siyosiy islohotlarni olib borishda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularni ilmli va ma’rifatli qilish borasidagi islohotlarni yanada kengaytirish, farovon turmush kechirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda jamiyat rivojiga daxldorlik hissini oshirish va eng asosiysi davlatning barcha islohotlarida ularning ishtirokini ta’minlashga erishish kabi vazifalarni tadbir a’zolari bilan muhokama jarayonida hamda partiyaning 2023-yilgi ish rejasining ayrim bandlarini takomillashtirishda nazariy metodologik asos sifatida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2023-yil 12-maydagi 01-04/148-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizdagi siyosiy islohotlarni olib borishda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularni ilmli va ma’rifatli qilish borasidagi islohotlarni yanada kengaytirish, farovon turmush kechirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda jamiyat rivojiga daxldorlik hissini oshirishga xizmat qilgan.
xotin-qizlar jinoyatchiligiga sotsiokriminogen motivlar oilaviy manfaat, vaziyatli zo‘ravonlik va mintaqaviy xususiyatlarning ijtimoiy ta’siri negizida ayollarni turli xil zo‘ravonlik va jinoyat qilishga majbur qiluvchi harakatlardan muhofaza qiluvchi “oila ichida tenglik munosabatlarga asoslanish” tamoyili sotsiologik asoslantirilganligiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi muassasalar ish faoliyatida foydalanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridag Jazoni ijro etish departamentining 2023-yil 24-apreldagi 28/4-674-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Jazoni ijro etish departamenti tasarrufidagi muassasalar faoliyatida maxkuma ayollarning ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy faolligi samaradorligini oshirishda, hamda ularni reablitatsiya qilish orqali sog‘lom turmushga qaytarishda muhim ahamiyat ega.