Umida Alimdjanovna Teshabaevaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi: tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari, bugungi holati”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tar1587
Ilmiy rahbar: Ibrohim Jo‘raevich Yuldashov, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Azimxo‘ja Muzaffarovich Otaxo‘jaev, tarix fanlari doktori, professor; Gulmira Mardonovna Ochilova, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari, bugungi holati tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
19-yuzyillik oxiri – 20-yuzyillik boshlarida kutubxonada bir vaqtning o‘zida Evropa tillaridagi (rus, nemis, ingliz) kitoblar va turkiy tildagi qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar to‘planganligi hamda ularning kataloglari tuzilganligiga qaramasdan kutubxona ma’muriyati asosiy e’tiborni rusiyzabon aholiga xizmat qilishga qaratganligi tufayli kutubxonadan Turkiston aholisi deyarli foydalanmaganligi ko‘rsatib berilgan;
1922-yili Toshkentdagi Taqashilik mahallasida Davlat kutubxonasi Sharq sho‘basi ochilishi, kutubxonadagi kitoblarning aksar qismi rus, arab, fors, tatar va turk tillarida bo‘lib, o‘zbekcha kitoblar ozchilikni tashkil qilganganligi natijasida mahalliy aholiga etarli darajada xizmat ko‘rsata olmaganligi aniqlangan;
kutubxonaga Rossiyaning markaziy kutubxonalari uslubiy jihatdan muntazam ravishda ko‘rsatma berib turganligi hamda kutubxonalar partiya-sovet tashkilotlari nazoratida bo‘lganligi natijasida fondlarda ilmiy-ma’rifiy kitoblar bilan birga sovet ruhidagi kitoblar ham yildan-yilga ko‘payib borganligi dalillangan;
mustaqillik yillarida milliy kutubxona ilmiy tadqiqot olib borish, ko‘rgazmalarni tashkil qilish, ilmiy seminarlar o‘tkazish, hamfikrlar bilan uchrashish, ijod qilish mumkin bo‘lgan maskanga aylanishi natijasida faqatgina kitob o‘qish joyi emas, balki madaniy va ilmiy markaz sifatida rivojlanayotganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
19-yuzyillik oxiri – 20-yuzyillik boshlarida kutubxonada bir vaqtning o‘zida Evropa tillaridagi (rus, nemis, ingliz) kitoblar va mahalliy tildagi qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar to‘planganligiga hamda ularning kataloglari tuzilganligiga qaramasdan kutubxona ma’muriyati asosiy e’tiborni rusiyzabon aholiga xizmat qilishga qaratganligi tufayli kutubxonadan Turkiston aholisi deyarli foydalanmaganligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 2023-yil 24-noyabrdagi 01-26-04-/1455-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallarda Turkiston ommaviy kutubxonasining 1887 – 1917-yillardagi faoliyati, rusiyzabon aholiga xizmat ko‘rsatish, Turkiston aholisining kitobxonligiga e’tibor qaratilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan.
1922-yili Toshkentdagi Taqashilik mahallasida Davlat kutubxonasi Sharq sho‘basi oshilib, kutubxonadagi kitoblarning aksar qismi rus, arab, fors, tatar va turk tillarida bo‘lib, o‘zbekcha kitoblar ozshilikni tashkil qilganganligi natijasida mahalliy aholiga etarli darajada xizmat ko‘rsata olmaganligi haqidagi ilmiy xulosalardan Tarix institutining 03-05-sonli “Jadid.uz” elektron platformasini yaratish mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024-yil 24-apreldagi 3/1255-913-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining “Jadidlar.uz” elektron platformasini yaratish nomli amaliy loyihaga tatbiq etilishi O‘zbekiston tarixining murakkab va ziddiyatli masalalarini yoritishga va yangi xulosalar bilan boyitishga xizmat qilgan.
kutubxonaga Rossiyaning markaziy kutubxonalari uslubiy jihatdan muntazam ravishda ko‘rsatma berib turganligi hamda kutubxonalar partiya-sovet tashkilotlari nazoratida bo‘lganligi natijasida fondlarda ilmiy-ma’rifiy kitoblar bilan birga sovet ruhidagi kitoblar ham yildan-yilga ko‘payib borganligi haqidagi ma’lumotlardan  “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariylarini tayyorlashda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2023-yil 28-noyabrdagi 06-28-1777-sonli ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada sovet davrida kutubxonalarning asosiy vazifasi kommunistik mafkurani targ‘ib qilish muassasasi bo‘lganligi oydinlashgan.
mustaqillik yillarida milliy kutubxona ilmiy tadqiqot olib borish, ko‘rgazmalarni tashkil qilish, ilmiy seminarlar o‘tkazish, hamfikrlar bilan uchrashish, ijod qilish mumkin bo‘lgan maskanga aylanishi natijasida faqatgina kitob o‘qish joyi emas, balki madaniy va ilmiy markaz sifatida rivojlanayotganligi haqidagi ma’lumotlardan  “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi senariylarini tayyorlashda (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi”ning 2023-yil 28-noyabrdagi 06-28-1777-sonli  ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada Milliy kutubxonaning

Yangiliklarga obuna bo‘lish