Karimov Orif Obloqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomatlashtirilgan texnik tizimlar vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped.1193.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Zaripov Lochin Rustamovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Dauletmuratov Boribay Koptleuovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini avtomatlashtirilgan texnik tizimlar vositasida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarida loyihalash, Arduino dasturlash, 3D modellashtirish va ishlab chiqarishga oid maxsus kompetensiyalar tashkiliy-pedagogik funksiyalar hamda ergonomik shart-sharotilarga o‘qitishning motivasiyaviy, kommunikativ hamda kognitiv jihatlarini konvergensiyalash orqali o‘zaro aloqa, baholash, natijadorlik usullarini qoʻllash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilari maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli ta’lim natijasini bashoratlovchi algoritmik ketma-ketlikning uzviyligi hamda uzlyuksizligini ta’minlash orqali konstruktiv va kognitiv talablarga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilari maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ta’limiy komponentlarni algoritmik izchillikda tashkiliu-didaktik jihatdan o‘zaro singdirish, nazorat qilish va baholash mezonlari hamda innovatsion kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan amaliy ta’lim ko‘nikmalari asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish hamda innovatsion kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv kontentlarini yaratish texnologiyasi inklyuzivlik va metakognitivlikni kasbiy rivojlanish vektoriga muvofiq differensiallik darajalarda transformatsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomatlashtirilgan texnik tizimlar vositasida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining loyihalash, Arduino dasturlash, 3D modellashtirish va ishlab chiqarishga oid maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, metodik jarayonlarni tashkil etishga oid xulosa va takliflari “Robototexnika asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-107 raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish modeli maqsad, jarayon, natija komponentlar uzviyligida va tizimli, kompetentli, faoliyatli yondashuvlar hamda uzviylik, tizimlilik tamoyillar ustuvorligida ta’lim natijasini bashoratlovchi algoritmik ketma-ketlikni ta’minlash, shuningdek, mashqlarning maqsadli darajalari to‘g‘rilik, aniqlik, tezkorlik, mustaqillik, ijodkorlik qobiliyatlarini oshiruvchi texnik-didaktik vositlarini metodik moslashtirishga doir taklif va tavsiyalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining PZ-2014-0912150534 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2015-2017 yy.) mavzusidagi loyihasida “Mehnat fani o‘qituvchilarining mahsulot tayyorlashga oid amaliy ishlarni tashkil etish texnologiyalarini ishlab chiqish” qismini bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 09-fevraldagi 02-07-381/04-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’limning mazmuni takomillashgan bo‘lib, ta’lim oluvchilarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish hamda innovatsion kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan o‘quv kontentlarini yaratish texnologiyasiga oid materiallar, taklif va tavsiyalardan “Robototexnika asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-107 raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining maxsus kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha bilimlarini nazorat qilish va o‘quv jarayonini metodik jihatdan ta’minlash imkoniyatlari kengaytirilgan.