Allambergenova Muxabbat Xasanbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron ta’lim resurslari vositasida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4-DSc/Ped736.
Ilmiy maslahatchi: Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Seitnazarov Kuanishbay Kenesbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim resurslari vositasida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishning mantiqiy tuzilmasi bo‘lajak o‘qituvchilarning interaktiv-kooperativ faoliyati intensivligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv, didaktik, tadqiqotchilik, loyihaviy turlarining internal va eksternal integratsiyasi produktivligini psixologik, kognitiv, faoliyatga doir komponentlar bilan identivligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
elektron ta’lim resurslarini yaratish va ularga qo‘yiladigan modulli ko‘rinishda nazariy va amaliy tavsifga ega o‘quv materiallarini ratsional loyihalash, ergonomik jihatdan qulay va oson vizuallik kabi pedagogik talablar mnemonik va tashqi oʻquv harakatlariga ustuvorlik berish asosida bilimlarni mobillashtirish va monetizatsiyalash omilllarini kognitiv sintezlash aksiomatizatsiyaga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
elektron ta’lim resurslari vositasida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishning didaktik modelining jarayonli-texnologik komponenti maqsadli, mazmunli va natijaviy-baholovchi komponentlarning o‘zaro aloqador yig‘indisi sifatida loyihaviy-rekursiv didaktik tizim samaradorligi bilan bog‘liq metafan va fanga doir, kasbiy oʻquv faoliyati natijalarini “maqsadlar daraxti” bilan texnizatsionlik darajasi optimalligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishga doir “Ilk qadam” interaktiv o‘quv majmuasi uch – ta’limiy, tarbiyayaviy va nazorat bloklariga muvofiq interfeysni tashkil etish va uning kompyuterda qo‘llanilish samaradorligini ta’minlashga qo‘yiladigan asosiy talablarning abstrakt-mantiqiy, kognitiv-vizual yondashuvlar bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlar optimizatsiyasi va intensifikatsiyasiga doir shaxsiy rivojlanish maydonini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” elektron ta’lim vositasidan foydalanish jarayoni shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish jarayonini kasbiy faoliyat bilan integratsiyasini vertikal va gorizontal yoʻnalishlar boʻyicha loyihalash, axborot texnologiyalarini kasbiy soha bilan bog‘liqlikda o‘rganishga qadriyatli munosabatning interiorizatsionlik jihatini dolzarblashtirish, diagnostik va korreksion bosqichlarga muvoviq oʻquv jarayonlarni muntazam pedagogik qoʻllab-quvvatlash kabi pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim resurslari vositasida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishning mantiqiy tuzilmasini bo‘lajak o‘qituvchilarning interaktiv-kooperativ faoliyati intensivligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv, didaktik, tadqiqotchilik, loyihaviy turlarining internal va eksternal integratsiyasi produktivligini psixologik, kognitiv, faoliyatga doir komponentlar bilan identivligini bevosita hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-1236 raqamli guvohnomasi). Natijada, axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
elektron ta’lim resurslarini yaratish va ularga qo‘yiladigan modulli ko‘rinishda nazariy va amaliy tavsifga ega o‘quv materiallarini ratsional loyihalash, ergonomik jihatdan qulay va oson vizuallik kabi pedagogik talablarni mnemonik va tashqi oʻquv harakatlariga ustuvorlik berish asosida bilimlarni mobillashtirish va monetizatsiyalash omilllarini kognitiv sintezlash aksiomatizatsiyaga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Kompyuter táminleniwi” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 7-dekabrdagi 1000-son buyrug‘i, 1000-056 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarining axborot texnologiyalaridan kasbiy faoliyatda foydalanish kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qilgan;
elektron ta’lim resurslari vositasida axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishning didaktik modelining jarayonli-texnologik komponentini maqsadli, mazmunli va natijaviy-baholovchi komponentlarning o‘zaro aloqador yig‘indisi sifatida loyihaviy-rekursiv didaktik tizim samaradorligi bilan bog‘liq metafan va fanga doir, kasbiy oʻquv faoliyati natijalarini “maqsadlar daraxti” bilan texnizatsionlik darajasi optimalligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogik mahorat” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-1236 raqamli guvohnomasi). Natijada, axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitish mazmunini takomillashtirishga hamda talabalarning axborot texnologiyalaridan kasbiy faoliyatda foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatga yo‘naltirib o‘qitishga doir “Ilk qadam” interaktiv o‘quv majmuasini uch – ta’limiy, tarbiyayaviy va nazorat bloklariga muvofiq interfeysni tashkil etish va uning kompyuterda qo‘llanilish samaradorligini ta’minlashga qo‘yiladigan asosiy talablarning abstrakt-mantiqiy, kognitiv-vizual yondashuvlar bilan bog‘liq ta’limiy jarayonlar optimizatsiyasi va intensifikatsiyasiga doir shaxsiy rivojlanish maydonini loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Kompyuter táminleniwi” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 7-dekabrdagi 1000-son buyrug‘i, 1000-056 raqamli guvohnoma). Natijada, zamonaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak pedagoglarning grafik kompetentligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” elektron ta’lim vositasidan foydalanish jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish jarayonini kasbiy faoliyat bilan integratsiyasini vertikal va gorizontal yoʻnalishlar boʻyicha loyihalash, axborot texnologiyalarini kasbiy soha bilan bog‘liqlikda o‘rganishga qadriyatli munosabatning interiorizatsionlik jihatini dolzarblashtirish, diagnostik va korreksion bosqichlarga muvoviq oʻquv jarayonlarni muntazam pedagogik qoʻllab-quvvatlash kabi pedagogik shart-sharoitlarni ishlab chiqish orqali takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar “Pedagogik mahorat” nomli darslikning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i, 302-1236 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik va axborot texnologiyalarini integrativ tarzda qo‘llash malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan.