Tumanov Uktamjon Fazliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish (boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4032.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Roxat Gaybillaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo’lajak o’qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko’nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogning mehnatini ilmiy asosida tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlari mehnatni tashkil etishning fundamental qonuniga (“vaqt, sharoit, salomatlikni muhofaza qilish”) asoslangan mehnatni tashkil etish tamoyillari asosida vaqt va makon aloqadorligini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmi kasbiy faoliyatning funksional, muvofiqlashtirilgan, maxsus, diversifikatsion komponentlariga muvofiq ilmiy ijodiy muhitni yaratishga doir pedagogik-psixologik, faoliyatli-metodik, psixofiziologik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va joriy etishning natijaviy-baholovchi komponentlariga qaratilgan ko‘rsatkichlar bilan qayta aloqaga kirishning identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyasi kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltirilgan ikki bosqichli jarayonning (ta’lim texnologiyalarini tanlash va ularni qo‘llashga doir shart-sharoitlarni yaratish jarayoni) identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish modeli іjtіmoіy talab asosida pedagogik jarayonlarning amaliy va tashkiliy jihatlariga ustuvorlik berish asosida pedagogik mehnatni tashkil etishga tayyorgarlik jarayonlariga muvofiq kasbiy, shaxsiy, umummadaniy, maxsus kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogning mehnatini ilmiy asosida tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini mehnatni tashkil etishning fundamental qonuniga (“vaqt, sharoit, salomatlikni muhofaza qilish”) asoslangan mehnatni tashkil etish tamoyillari asosida vaqt va makon aloqadorligini hisobga olgan holda aniqlashtirish hamda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish modelini  pedagogik jarayonlarning amaliy va tashkiliy jihatlariga ustuvorlik berish asosida pedagogik mehnatni tashkil etishga tayyorgarlik jarayonlariga muvofiq kasbiy, shaxsiy, umummadaniy, maxsus kompetensiyaviy yondashuvlarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari uchun “Umumiy pedagogika” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i, 232-830-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilashga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmini kasbiy faoliyatning funksional, muvofiqlashtirilgan, maxsus, diversifikatsion komponentleriga muvofiq ilmiy ijodiy muhitni yaratishga doir pedagogik-psixologik, faoliyatli-metodik, psixofiziologik yo‘nalishlarni ishlab chiqish va joriy etishgning natijaviy-baholovchi komponentlariga qaratilgan ko‘rsatkichlar bilan qayta aloqaga kirishning identivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti qoshida bajarilgan S-ECAGD-18CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access microscholarship Programm” nomli AQSh davlat departamenti, ta’lim va madaniyat ishlari byurosining “ACCESS MICROSChOLARShIP” mavzusidagi loyihasini (2020-2022yy.) bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 3-iyundagi 02-07-2073/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik texnologiyasini kafolatlangan natijaga erishishga yo‘naltirilgan ikki bosqichli jarayonning (ta’lim texnologiyalarini tanlash jarayoni va ularni qo‘llashga doir shart-sharoitlarni yaratish jarayoni) identivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif metodik tavsiyalari  60110500 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari uchun “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘i, 232-830-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish