Nasridinov Muxridin Vaslidin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buyruq nutqiy aktining lingvopragmatik xususiyatlari”, 10.00.11– Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil.3677.
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohiba Muxtoralievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista, filologiya fanlari doktori (DSc); Vositov Valijon, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillarda ifodalangan buyruq nutqiy aktlarining lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilshunoslikda inson omili va uning lisoniy birliklardan maqsadli foydalanish, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlar, xususan, turli tizimli tillardagi nutqiy aktlar va ularning verbal, noverbal xususiyatlari, lisoniy hodisalarning shakllanish usullari, shuningdek, buyruq nutqiy aktlarining leksik-semantik ifodasi, lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarning pragmalingvistik xususiyatlari aniqlangan;
kommunikatsiya jarayonida buyruq nutqiy aktlarining shakllantirish va ularni qabul qilish aloqa ishtirokchilarining maqsadiga bog‘liq ekanligi, ular ijtimoiy muhit, vaziyat, etnik munosabatlar, milliy urf-odatlar, suhbatdoshlarning individual xususiyatlari: ichki holati, his-tuyg‘ulari, kechinmalari, psixologik jarayonlar va boshqa shu kabi qator omillar asosida yuzaga chiqishi o‘zbek, ingliz va nemis tilidagi misollar asosida asoslangan;
buyruq nutqiy aktlarining deklarativ, reprezentativ, ekspressiv va direktiv kategoriyalari mavjudligi, ular tarkibidagi ichki semantik guruhlar muloqot jarayonida oshkora va yashirin tarzda namoyon bo‘lishi hamda ularda iltimos qilish, taklif qilish, minnatdorchilik bildirish, tabriklash, maqtash, tahdid qilish, ayblash, tanbeh berish va shu kabi qator mazmuniy ifodalar yuzaga chiqishi turli tizimli tillar doirasida dalillangan;
buyruq nutqiy akti semantik maydonida shakllangan guruhlarning har biri undashga asoslanganligi, muloqot jarayonida hurmat tamoyillarining raqobatdosh, samimiy, neytral va ziddiyatli kabi kategoriyalari turli tizimli tillarda o‘ziga xos mazmun ifodalashi va bu jarayonda insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyi, kasbi, yoshi, oiladagi maqomi, o‘rni va boshqa shu kabi ijtimoiy tuzilmalar hisobga olinishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buyruq nutqiy akti voqelanishining milliy-madaniy va pragmatik xususiyatlarini aniqlashda ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
buyruq nutqiy aktlarining deklarativ, reprezentativ, ekspressiv va direktiv kategoriyalari mavjud bo‘lib, ular tarkibidagi ichki semantik guruhlar muloqot jarayonida oshkora va yashirin tarzda namoyon bo‘lishi hamda ularda iltimos qilish, taklif qilish, minnatdorchilik bildirish, tabriklash, maqtash, tahdid qilish, ayblash, tanbeh berish va shu kabi qator mazmuniy ifodalar yuzaga chiqishi mumkinligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm Vazirligida 2022-2023-yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va Turizm vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi 1/04-77-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu maydon doirasida qo‘llaniladigan turli xil semantik ma’noga ega bo‘lgan nutqiy aktlar, jamiyat an’analari, kommunikativ nutq jarayoni, kontekst, so‘zlovchi mavqeyi nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda so‘zlovchi tomonidan tanlanishi va jonli nutqqa olib kirilishiga doir ilmiy natija va xulosalar ilmiy dalillar bilan ta’minlangan;
buyruq nutqiy akti semantik maydonida shakllangan guruhlarning har biri undashga asoslangan bo‘lib, muloqot jarayonida hurmat tamoyillarining raqobatdosh, samimiy, neytral va ziddiyatli kabi kategoriyalari turli tizimli tillarda o‘ziga xos mazmun ifodalashi va bu jarayonda insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyi, kasbi, yoshi, gender omili, oiladagi maqomi, o‘rni va boshqa shu kabi ijtimoiy tuzilmalarni hisobga olinish kerakligi haqidagi xulosalardan Farg‘ona davlat universitetida 2020-2021-yillarga mo‘ljjallangan “UniCEN” nomli xalqaro loyihasi ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 16-oktyabrdagi 04/5910-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro loyihani amalga oshirishda hurmat kategoriyasi tamoyillari ilmiy dalillar bilan ta’minlangan;
tilshunoslikda inson omili va uning lisoniy birliklardan maqsadli foydalanishi, so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlar, xususan, turli tizimli tillardagi nutqiy aktlar va ularning verbal, noverbal xususiyatlari, lisoniy hodisalarning shakllanish usullari, shuningdek, buyruq nutqiy aktlarining leksik-semantik ifodasi, lokutiv, illokutiv va perlokutiv aktlarning pragmalingvistik xususiyatlari borasidagi xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘ZMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-dekabrdagi 02-36-897-son ma’lumotnomasi). Natijada buyruqni tinglovchilarga ifoda etishdagi xushmuomalalik qonun-qoidalari, muloqotda nutqiy akt lokusiya – so‘zlashish, illokusiya – adresatga ta’sir etish, perlokusiya – nutqiy aktni bajarish natijasida erishilgan ta’sir etish jarayonlarini tahlil qilishda turli til komponentlarining lingvistik tasnifi o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi bilan bog‘liq ilmiy xulosalar bilan boyitilgan.