Olimjonov Sarvarbek Abdusalom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy prozada uslub va qahramon muammosi (E.Remark va U.Hamdam asarlari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2282.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar Gofurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Rahmonov Bahodir Mamajonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Erix Mariya Remark va Ulug‘bek Hamdam romanlarida ijodiy ta’sir va o‘ziga xoslik, uslub va an’ana, qahramon yaratish mahorati va badiiyat masalalarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr nemis va o‘zbek romanchiligida uslub va qahramon yaratish bilan bog‘liq ifoda va tasvir usullari, takomili va taraqqiyoti bilan bog‘liq ilmiy-nazariy asoslar Sharq mumtoz adabiyoti va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, Evropa adabiyoti an’analari asosida yuzaga kelganligi, taraqqiyoti bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar Erix Mariya Remark va Ulug‘bek Hamdam asarlari orqali aniqlangan;
Erix Mariya Remark va Ulug‘bek Hamdam romanlaridagi mahorat davr muammolari tasviridagi hayotiylik va haqqoniylikda, ular yondashuv uslubidagi rang-baranglikda, hayot haqiqati va badiiy to‘qimadan foydalanishdagi o‘ziga xosliklarda, falsafiy fikrlarni qahramon va personajlar nutqida ifodalashida, dolzarb mavzu va qiziqarli voqelik tanlay bilishdagi uslubiy betakrorlikda ko‘rinishi isbotlangan;
nemis va o‘zbek romanlari tasvir va talqin ta’sirchanligini yuzaga keltirgan badiiy mukammallik, turli davr va qahramonlar ifodasidagi betakrorlik, o‘z uslubini topish borasidagi ijodiy izlanishlar, individual tasvir usuli va mahorati, ifoda va yondashuvlaridagi turfalik, ijtimoiy-siyosiy voqelik, adabiy muhit, milliy kolorit bilan bog‘liqligi Erix Mariya Remark va Ulug‘bek Hamdam romanlari misolida dalillangan;
Erix Mariya Remark va Ulug‘bek Hamdam romanlari badiiy-estetik qimmati, hayotiyligi va ta’sirchanligi yozuvchi biografiyasidagi ayrim voqealar va kuzatishlarning syujetga singdirilishida, badiiy tafsil, ifoda, vosita hamda kartinalardan samarali foydalanishida ekanligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy nasrda Erix Mariya Remark va Ulug‘bek Hamdam romanlari tadqiqiga asoslangan uslub va qahramon muammosi mavzusida olib borilgan mazkur tadqiqot natijalari asosida olingan ilmiy va amaliy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
nemis va o‘zbek romanlari tasvir va talqin ta’sirchanligini yuzaga keltirgan badiiy mukammallik, turli davr va qahramonlar ifodasidagi betakrorlik, o‘z uslubini topish borasidagi ijodiy izlanishlar, individual tasvir usuli va mahorati, ifoda va yondashuvlaridagi turfalik, ijtimoiy-siyosiy voqelik, adabiy muhit, milliy kolorit bilan bog‘liqligi; XX asr nemis va o‘zbek romanchiligida uslub va qahramon yaratish bilan bog‘liq ifoda va tasvir usullari, takomili va taraqqiyoti bilan bog‘liq ilmiy-nazariy asoslar Sharq mumtoz adabiyoti va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi hamda Evropa adabiyoti an’analari asosida yuzaga kelganligi, shuningdek, taraqqiyoti bilan bog‘liqligi borasidagi xulosa va fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F1-005-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2024-yil 25-iyundagi 245-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy ahamiyati oshgan;
Erix Mariya Remark va Ulug‘bek Hamdam romanlaridagi mahorat davr muammolari tasviridagi hayotiylik va haqqoniylikda, ular yondashuv uslubidagi turlichalikda, hayot haqiqati va badiiy to‘qimadan foydalanishdagi o‘ziga xosliklarda, falsafiy fikrlarni qahramon va personajlar nutqida ifodalashida, dolzarb mavzu va qiziqarli voqelik tanlay bilishdagi uslubiy betakrorlikda ko‘rinishi yuzasidan chiqarilgan xulosa va tahlil natijalaridan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi OT–F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 16-oktyabrdagi 04/5923-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy ahamiyati oshgan;
XX asr nemis va o‘zbek romanchiligida uslub va qahramon yaratish bilan bog‘liq ifoda va tasvir usullari, takomili va taraqqiyoti bilan bog‘liq ilmiy-nazariy asoslar Sharq mumtoz adabiyoti va o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, Evropa adabiyoti an’analari asosida yuzaga kelganligi, taraqqiyoti bilan bog‘liq o‘ziga xosliklar Erix Mariya Remark va Ulug‘bek Hamdam asarlari orqali aniqlanganligiga oid yangiliklardan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi PZ-20170930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 16-oktyabrdagi 04/5922-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy ahamiyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish