Nasrieva Dilnoza Muhiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Badiiy diskurs: lingvokognitiv va lingvokulturologik yondashuv (Isajon Sulton asarlari misolida)”, 10.00.01. – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil217.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.202 l.Fil. 01.16.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy diskursning xususiy belgilarini aniqlash va “yozuvchi–matn–kitobxon” uchligi aloqasini lingvokognitiv hamda lingvomadaniy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa, rus va o‘zbek tilshunosligidagi til, nutq, matn, diskurs terminlari ta’rifiga munosabat bildirilib, “badiiy matn” va “badiiy diskurs” tushunchalariga aniqlik kiritilgan va badiiy diskursning nutqning obrazliligi, shartlilik, janrlar xilma-xilligi, interdiskurslik, ishtirokchilar, xronotoplik, badiiy axborot tashish, fantastiklik, nutq uslubiyligi, hissiy bo‘yoqdorlik kabi o‘ziga xos xususiyatlari nazariy jihatdan ochib berilgan;
badiiy diskursning muallif shaxsi, niyati, maqsadi, muloqot ishtirokchilarining qobiliyati, idroki, axborotni qabul qilish jarayonini o‘z ichiga olishi singari pragmatik, matnda personajlar nutqi, bayon usuli kabi ijtimoiy va o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, saxiylik, birdamlik, mehnatsevarlik, halollik singari milliy-mental omillari kontekstual tahlilga tortilib, xususan, Isajon Sulton asarlaridagi harakat-holat, etnografik, diniy, tabiat bilan bog‘liq omillar kabi milliy-mental maydon aniqlangan;
badiiy matndagi sinonimlar ijodkorning kognitiv olamini ko‘rsatishi, antonimlar fikrni yetkazishning eng oson usuli, muvozanatni aniqlash va belgilash hodisasi ekani; partonimik munosabatlar bir butun narsa-predmet yoki voqea-hodisani anglatib, o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaxlit tasavvurni jonlantirishi; graduonimik munosabatlar hodisotlarning darajaviy uslyuksizligi va uzviyligini ta’minlovchi birlik sanalishi; tur-jins munosabatlari esa borliqdagi bo‘linishlarni aks ettirishi, shu bilan birga adresat tafakkurida assotsiativ munosabatni yuzaga keltirishi kontekstda aniqlanib, Isajon Sulton asarlarida qo‘llangan metaforalar va metonimiyalar tasniflangan hamda lingvistik GEShtaltning badiiy asardagi vazifasi va ahamiyati ochib berilgan;
Isajon Sulton asarlaridagi presedent birliklar presedentlikni hosil qiluvchi vosita sifatidagi tabiatiga ko‘ra, murojaat turiga ko‘ra, tuzilishiga ko‘ra, shakliga ko‘ra va qo‘llanishiga ko‘ra turlarga ajratilib, arxetip va irim-sirimlarning ramz, shakl, rang, narsa-predmet, shaxs, harakat, holat, stereotip, raqamlar kabi ko‘rinishlarda uchrashi hamda o‘zbek ijtimoiy hayotining ajralmas qismi ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy diskursga lingvokognitiv va lingvokulturologik yondashuv masalalarini tahlil  qilish jarayonida olingan natijalar asosida:
Evropa, rus va o‘zbek tilshunosligidagi til, nutq, matn, diskurs terminlari ta’rifiga munosabat bildirilib, “badiiy matn” va “badiiy diskurs” tushunchalariga aniqlik kiritilgan va badiiy diskursning nutqning obrazliligi, shartlilik, janrlar xilma-xilligi, interdiskurslik, ishtirokchilar, xronotoplik, badiiy axborot tashish, fantastiklik, nutq uslubiyligi, hissiy bo‘yoqdorlik kabi o‘ziga xos xususiyatlari nazariy jihatdan ochib berilgani, badiiy diskursning muallif shaxsi, niyati, maqsadi, muloqot ishtirokchilarining qobiliyati, idroki, axborotni qabul qilish jarayonini o‘z ichiga olishi singari pragmatik, matnda personajlar nutqi, bayon usuli kabi ijtimoiy va o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, saxiylik, birdamlik, mehnatsevarlik, halollik singari milliy-mental omillari kontekstual tahlilga tortilib, xususan, Isajon Sulton asarlaridagi harakat-holat, etnografik, diniy, tabiat bilan bog‘liq omillar kabi milliy-mental maydon aniqlangani bilan bog‘liq ilmiy yangiliklardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan  2022-2023- yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi findamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2024-yil 9-iyuldagi 04/1 – 1798- son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma etnografik, lingvodidaktik leksika bilan boyigan;
badiiy matndagi sinonimlar ijodkorning kognitiv olamini ko‘rsatishi, antonimlar fikrni yetkazishning eng oson usuli, muvozanatni aniqlash va belgilash hodisasi ekani; partonimik munosabatlar bir butun narsa-predmet yoki voqea-hodisani anglatib, o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaxlit tasavvurni jonlantirishi; graduonimik munosabatlar hodisotlarning darajaviy uslyuksizligi va uzviyligini ta’minlovchi birlik sanalishi; tur-jins munosabatlari esa borliqdagi bo‘linishlarni aks ettirishi, shu bilan birga adresat tafakkurida assotsiativ munosabatni yuzaga keltirishi kontekstda aniqlanib, Isajon Sulton asarlarida qo‘llangan metaforalar va metonimiyalar tasniflangan hamda lingvistik GEShtaltning badiiy asardagi vazifasi va ahamiyati ochib berilgani haqidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti  2024 - yil 9-iyuldagi 04/1-1797-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek ismlarining imlo lug‘ati va mobil ilova badiiy diskursda qo‘llangan ismlarning matndagi vazifasi, til va madaniyat mushtarakligining badiiy-diskursiv roli tadqiqiy metodologiyasiga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan;
Isajon Sulton asarlaridagi presedent birliklar presedentlikni hosil qiluvchi vosita sifatidagi tabiatiga ko‘ra, murojaat turiga ko‘ra, tuzilishiga ko‘ra, shakliga ko‘ra va qo‘llanishiga ko‘ra turlarga ajratilib, arxetip va irim-sirimlarning ramz, shakl, rang, narsa-predmet, shaxs, harakat, holat, stereotip, raqamlar kabi ko‘rinishlarda uchrashi hamda o‘zbek ijtimoiy hayotining ajralmas qismi ekanligi bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali 10-iyuldagi 04-36-833-son ma’lumotnomasi). Natijada nikoh to‘yi marosimi bilan bog‘liq urf-odatlar radiotinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otgan hamda teleko‘rsatuv materiallari amaliy boyitilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish