Sheralieva  Shahnoza  Irkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Ingliz va fransuz tillarida avtomobil terminlarining strukturaviy-semantik  xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil.895.
Ilmiy rahbar: Yakubov Jamoliddin Abduvalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.                                             
Yetakchi tashkilot:  Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va fransuz tillarida avtomobil terminlarini qiyosiy va strukturaviy-semantik xususiyatlarini hamda ularni tarjima qilish mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va fransuz tillarida avtomobil terminlar qo‘llanishining leksik, semantik,     morfologik usullar bilan ifodalanishi aniqlanib, ular sodda, qo‘shma, birikma, qisqartma terminlar asosida semantik guruhlarda qo‘llanishi asoslab berilgan;
avtomobil terminlariga oid ingliz va fransuz tillarida antonim, sinonim, omonim, polisemiya, paronomiya va giper-giponimik kabi hodisalar mavjudligi aniqlangan;
ingliz va fransuz tillarida qo‘llaniladigan avtomobil terminlarining morfologik modellari (ot+ot, ot+qo‘shma ot, sifat+ot, ot+predlog+ot) ishlab chiqilib, 148 ta avtomobil terminlari aniqlangan hamda ularning statistik miqdori ko‘rsatilgan va ularning farq qiluvchi belgilari ikki tilda berilgan;
ingliz va fransuz tillaridagi avtomobil terminlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi o'hshashlik, farq qiluvchi xususiyatlar va tarjima muammolarining to'rtta turi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va fransuz tillarida avtomobil terminlari qo‘llanilishining strukturaviy semantik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan natijalar quyidagi sohalarga tatbiq etilgan:
ingliz va fransuz tillarida avtomobil terminlar qo‘llanishining leksik, semantik,     morfologik usullar bilan ifodalanishi aniqlanib, ular sodda, qo‘shma, birikma, qisqartma terminlarga ajratilgani borasidagi nazariy va amaliy xulosalardan Axborot tizimlari va texnologiyalari   (avtomobil  va temir yo‘l  transporti)  ta’lim   yo‘nalishi  1-bosqich bakalavriat talabalariga mo‘ljallab yaratilgan  “English  Language  Study  Guide  (pre-intermediate)” nomli darsligiga kiritilgan mavzularni tarjima qilishda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 2023-yil 5-maydagi 97-U-son buyrug‘i asosida 97-096-son mualliflik guvohnomasi). Natijada darslikni lingvomadaniy, lingvodidaktik materiallar bilan boyitishga xizmat qilgan;
avtomobil terminlariga oid ingliz va fransuz tillarida antonim, sinonim, omonim, polisemiya, paronomiya va giper-giponimik kabi hodisalar aniqlangani va ular misollar yordamida turli semantik guruhlarga tasniflanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida  Davlat  ilmiy  texnika  dasturlari doirasida bajarilgan №OT-A1-118 “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 15-avgustdagi IRD/23-186-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qiyosiy tipologiya”, “Qiyosiy tilshunoslik” fanlarining o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
ingliz va fransuz tillarida qo‘llaniladigan avtomobil terminlarining morfologik modellari (ot+ot, ot+qo‘shma ot, sifat+ot, ot+predlog+ot) ishlab chiqilgani, 148 ta avtomobil terminlari aniqlangani, statistik miqdori ko‘rsatilgani va ularning farq qiluvchi belgilari ikki tilda foizlarda berilishiga doir nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan HHM Radiotexnika qo‘shinlari o‘quv-terminologik lug‘ati “Erudit” shifrli yopiq fundamental loyiha doirasida qo‘llanma, dastur va ishlanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 2023-yil 11-iyuldagi 10-1147-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada dissertatsiya ko‘rsatkichlarining samaradorligi va ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi yuzasidan erishilgan ijobiy natijalar o‘z aksini topgan;
ingliz va fransuz tillaridagi avtomobil terminlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi o‘xshashlik, farq qiluvchi xususiyatlar va tarjima muammolarining to‘rt  turi  aniqlangani haqidagi xulosalardan NNT Toshkent Fransuz Alyansi “Alliance Française de Tachkent” tashabbusi bilan “Tarjimonlar va gidlar tayyorlash oliy maktabi” (Fransiya) ekspertlari ishtirokida amalga oshirilgan xalqaro loyihada foydalanilgan (Toshkentdagi Fransuz Alyansining 2023-yil 2-iyundagi 33-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil sohasiga oid terminlarning tarjima qilinishida tarjimonlar va gidlar oldida turgan muammolar va ularning echimi borasidagi tavsiyalar loyiha mazmunini boyitgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish