Yuldasheva Dilshoda Musaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Edvard Sepirning ilmiy merosi: lingvokognitiv tahlil”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Fil844.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Anvarjon G‘ofirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Edvard Sepir ilmiy merosining lingvokognitiv o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
E.Sepirning lingvistikaga fan sifatida qarashlari, uning lingvistik tipologiya, fonologiya va sotsiolingvistikaga tilning madaniyat bilan bog‘liqligi, tillar o‘rtasidagi struktural farqlari va ularning ijtimoiy omillar bilan aloqadorligi masalalarga qo‘shgan hissasi aniqlangan;
E.Sepirning lingvistik ta’limotining muhim konsepsiyasi, til va tafakkurning o‘ziga xos xususiyatlari uning psixolingvistik qarashlarida tilning inson tafakkuriga ta’siri, tafakkur va dunyoqarashning til orqali shakllanishi hamda turli tillarning turlicha tafakkur modellari yaratuvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi aks etgani asoslangan;  
Amerika deskriptivizmning rivojlanishida E.Sepir asarlarining til hodisalarini obektiv ravishda tasvirlash, tilni struktur jihatdan baholashga bo‘lgan yondashuvdagi o‘rni va lingvistik fenomenlarni kuzatish, tasniflash hamda tillarning tuzilmalari bo‘yicha taqqoslash usullarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga egaligi asoslangan;
E.Sepir merosining Kanada lingvistikasida va lingvistik antropologiyadagi til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishga qo‘shgan hissasi, kognitiv jarayonlarning lingvistik nisbiylik farazida ifodalanishining til tafakkurni shakllantirishdagi roli va til tizimlarining tafakkur modellariga ta’siri o‘ziga xosligi ochib berilib, E.Sepir tadqiqotlarining boshqa tillarga tarjimasining madaniyatlararo kommunikatsiya va tilshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi mohiyati asoslangan;    
E.Sepirning tilda “dreyf” tushunchasi haqidagi ta’limoti rivojlantirilib, uning (o‘zbek, rus va ingliz tillari materiallarida) savodli va savodsiz so‘zlovchilarda kuzatiladigan til o‘zgarishlari va talaffuzdagi farqlar orqali tilning evolyusiyasi yangi murakkab muammolarni til tizimining barqarorligi va o‘zgaruvchanligi masalalarini oydinlashtirishga ko‘maklashgani dalillangan;
undosh tovushlarda “sibilyant” tushunchasi ostida [s], [z], [sh], [ch] kabi shovqinli sirg‘aluvchi undosh tovushlarga ta’rif berilib, ulardan fonetik tizimda urg‘u va artikulyasiya jarayonida foydalanish tovushlarni farqlash va talaffuzni aniqlashtirishga xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Edvard Sepirning ilmiy merosi: lingvokognitiv xususiyatlarini aniqlash jarayonida ishlab chiqilgan nazariy xulosa va takliflar asosida:
E.Sepirning lingvistikaga fan sifatida qarashlari, uning lingvistik tipologiya, fonologiya va sotsiolingvistikaga tilning madaniyat bilan bog‘liqligi, tillar o‘rtasidagi struktural farqlari va ularning ijtimoiy omillar bilan aloqadorligi masalalarga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020- yillarda bajarilgan F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 5-iyundagi 226/1-son ma’lumotnomasi). Natijada E.Sepirning ilmiy merosi haqidagi ma’lumotlar nafaqat oliy ta’limda o‘tiladigan fanlar o‘qitilishida, balki keng omma uchun mo‘ljallangan adabiyotlar yaratishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qilishi ta’minlangan;
E.Sepirning lingvistik ta’limotining muhim konsepsiyasi, til va tafakkurning o‘ziga xos xususiyatlari uning psixolingvistik qarashlarida tilning inson tafakkuriga ta’siri, tafakkur va dunyoqarashning til orqali shakllanishi hamda turli tillarning turlicha tafakkur modellari yaratuvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiyasi akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘at) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ-2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi 2024-yil 29-maydagi 1/04-99-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning o‘zbek milliy raqs san’ati terminologiyasini sistematik o‘rganish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va raqs san’ati atamalarining ko‘p tilli izohli talqinini yaratish ilmiy nazariy asoslari boyitilgan;
E.Sepirning tilda “dreyf” tushunchasi haqidagi ta’limoti rivojlantirilib, uning (o‘zbek, rus va ingliz tillari materiallarida) savodli va savodsiz so‘zlovchilarda kuzatiladigan til o‘zgarishlari va talaffuzdagi farqlar orqali tilning evolyusiyasi yangi murakkab muammolarni til tizimining barqarorligi va o‘zgaruvchanligi masalalarini oydinlashtirishga ko‘maklashganiga oid ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ishlab chiqilgan PB201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” (2021-2023) nomli innovatsion tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilingan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 4-apreldagi 04/1-854-son ma’lumotnoma). Natijada  loyihaga oid ilmiy va uslubiy materiallar ilmiy dalillar bilan boyitilishiga erishilgan;
E.Sepir merosining Kanada lingvistikasida va lingvistik antropologiyadagi til va madaniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishga qo‘shgan hissasi, kognitiv jarayonlarning lingvistik nisbiylik farazida ifodalanishining til tafakkurni shakllantirishdagi roli va til tizimlarining tafakkur modellariga ta’siri o‘ziga xosligi ochib berilib, E.Sepir tadqiqotlarining boshqa tillarga tarjimasining madaniyatlararo kommunikatsiya va tilshunoslik rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi materiallardan Samarqand davlat chet tillari institutida amalga oshirilgan 2016-2018 Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Atsian universities” nomli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillari institutining 2024-yil 26-martdagi 649/02-son ma’lumotnomasi). Natijada E.Sepirning jahon tilshunosligiga qo‘shgan hissasi va shu asosda shakllangan ilmiy nazariya hamda metodologiya loyihaning takomillashuviga xizmat qilgan;
undosh tovushlarda “sibilyant” tushunchasi ostida [s], [z], [sh], [ch] kabi shovqinli sirg‘aluvchi undosh tovushlarga ta’rif berilib, ulardan fonetik tizimda urg‘u va artikulyasiya jarayonida foydalanish tovushlarni farqlash va talaffuzni aniqlashtirishga xizmat qilishi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalida “Edvard Sepirning ilmiy merosi mavzusida yozilgan ilmiy ish natijalaridan “Tilimiz – boyligimiz”, “Innovatsiya” eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-maydagi 14-05-85-son ma’lumotnomasi). Natijada eferga uzatilgan dasturlarning ilmiy nazariy asoslari hamda ijtimoiy ma’lumotlari boyitilgan;
Amerika deskriptivizmning rivojlanishida E.Sepir asarlarining til hodisalarini obektiv ravishda tasvirlash, tilni struktur jihatdan tahlil qilishga bo‘lgan yondashuvi o‘rni va lingvistik fenomenlarni kuzatish, tasniflash hamda tillarning tuzilmalari bo‘yicha taqqoslash usullarini ishlab chiqishdagi ahamiyatga egaligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Yosh ijodkorlar bilan ishlash bo‘limi hamda Adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan “Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar yosh ijodkorlari” nomli anjuman doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 30-maydagi 01-03/629-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonda yosh ijodkorlar tomonidan buyuk olim E.Sepir ilmiy merosi va lingvokognitiv tahlil usuli o‘rganilib, turkiy tillar bilan shug‘ullanadigan yoshlarga ijodiy mahorat darslarining ilmiy jihatdan boyishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish