Farxodov Fozilbek Bahrom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 - Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4667.
Ilmiy rahbar: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibraimov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning kompetensiyaviy, refleksiv, kommunikativ, kreativ, psixologik komponentlari shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini ta’minlovchi kasbiy (tashkilotchilik, tashabbuskorlik, liderlik, kommunikativlik, kreativlik, tolerantlik, empativlik, tarbiyaviy munosabat) va shaxsiy (yuqori ishchanlik, emotsionallik, tarbiyaviy munosabatlar faoliyatiga tayyorgarlik, o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, mas’uliyatlilik, o‘zini o‘zi tanqid qilish) omillari va tarbiyaviy munosabatlarni tashkil etish va boshqarish faoliyatiga tayyorgarlikni belgilab beruvchi kreativ-o‘yinli, ijodiy-faol, konstruktiv-mobillik funksiyalarini korreksion-rivojlantiruvchi ta’limiy texnologiyalarning integrativligini ta’lim maqsadlariga moslashtirib borish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini samaradorligi Forsayt, NBIC, Sand-Art, Quest-game, SMART elementlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ko‘ra tarbiyaviy munosabatlarni tashkil etish va boshqarish faoliyatiga tayyorlash infratuzilmasi bilan uyg‘unlashtirish tendensiyalarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishning didaktik jarayoni integrativ tuzilmasini tadrijiy shakllantirish, tarbiyaviy munosabatlarni tashkil etish va boshqarishga oid faoliyat mazmunini konstruktiv baholash mezonlari tizimlilik-izchillik, faoliyatli - izlanishli, komunikabillik, to‘laqonlilik va ko‘p bosqichlilik tamoyillari asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirib borish jarayonini taktik rivojlantirishga intensiv ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot davomida innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini takomillashtirishga qo‘yiladigan kompetensiyaviy, refleksiv, kommunikativ, kreativ, psixologik komponentlaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda menejment” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-13-raqamli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarish sifati va unumdorligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari samaradorligini oshirishda kasbiy va shaxsiy omillarning roli shuningdek, tarbiyaviy munosabatlar faoliyatiga tayyorgarligini belgilab beruvchi kreativ-o‘yinli, ijodiy-faol, konstruktiv-mobillik funksiyalari korreksion-rivojlantiruvchi ta’limiy texnologiyalarning integrativligini ta’lim maqsadlariga moslashtirib borish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Ta’limda menejment” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-13-raqamli guvohnomasi). Mazkur darslik o‘quv materiallari oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni o‘quv-uslubiy ta’minotini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari samaradorligi Forsayt, NBIC, Sand-Art, Quest-game, SMART elementlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ko‘ra tarbiyaviy munosabatlarni tashkil etish va boshqarish faoliyatiga tayyorlash infratuzilmasi bilan uyg‘unlashtirish tendensiyalarini hisobga olish asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflardan “Ta’limda menejment” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘i, 314-13-raqamli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini samaradorligi oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining integrativ tuzilmasini tadrijiy shakllantirish, tarbiyaviy munosabatlarga oid faoliyat mazmunini konstruktiv baholash mezonlari izchillik, faoliyatli-izlanishli, fanlararolik, to‘laqonlilik va ko‘p bosqichlilik tamoyillari asosida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirib borish jarayonini taktik rivojlantirishga intensiv ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga yo‘naltirilgan ma’lumotlardan “Tarbiyaviy ishlarni boshqarish” nomli o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabr 438-son buyrug‘i, 438423 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.