Majidov Sardor Abdijalil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Indigo asosida temir (III), kadmiy(II) va marganes (II) ionlarini aniqlashning spektrofotometrik aniqlash usulini ishlab chiqish», 02.00.02 – Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K662.
Ilmiy rahbar: Abduraxmanova Ugilay Koxxorovna, bilogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.K.78.05.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmanov Ergashboy, kimyo fanlari doktori, professor; Tojiev Jamoliddin Nasriddinovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmasevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Indigofera tinctoria L” o‘simligidan ajratib olingan indigo yordamida temir(III), kadmiy(II), marganes(II) ionlarini aniqlashning tezkor, tanlab tasir etuvchan, sezgir spektrofotometrik uslublarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Indigofera tinctoria L” o‘simligidan ajratib olingan indigo reagenti yordamida temir(III), kadmiy(II), marganes(II) ionlarini suvli eritmalardan miqdoriy spektrofotometrik aniqlashning maqbul sharoitlari aniqlangan;
indigo reagenti yordamida spektrofotometrik aniqlashda eritma muhiti (pH) temir(III)-5.6, kadmiy(II)-4.8 va marganes(II)-3.5 da Buger-Lambert-Ber qonuniga bo‘ysunish sohasi temir(III)=1-35 mkg/ml, kadmiy(II)=5-45 mkg/ml va marganes(II)=5-40 mkg/ml bo‘lishi isbotlangan;
temir(III), kadmiy(II), marganes(II) ionlarining indigo bilan hosil qilgan kompleks birikmalarining tarkibi, tuzilishi, suvli eritmalardagi molyar so‘ndirish koeffsienti va muvozanat doimiyliklari aniqlangan;
temir(III), kadmiy(II), marganes(II) ionlarini indigo yordamida aniqlashning spektrofotometrik usuli ishlab chiqilgan hamda usulning qayta takrorlanuvchanligi “kiritildi-topildi” uslubi yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Indigofera tinctoria L” o‘simligidan ajratib olingan indigo reagenti yordamida temir (III), kadmiy (II) va marganes (II) ionlarini aniqlashning spektrofotometrik usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Indigo reagenti yordamida sanoat oqova suv namunalari tarkibidan og‘ir metall ionlari miqdorini aniqlashning spektrofotometriya usuli “PENG-ShENG” O‘zbekiston-Xitoy  qo‘shma korxonasi LTI ga jo‘mrak kranlari ishlab chiqarish va charm sexlaridan oqib chiqadigan oqova suvlar tarkibidagi og‘ir metallar miqdorini aniqlashda amaliyotga joriy qilingan (“PENG-ShENG” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining 2023 yil 28 sentyabrdagi 1-28-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqova suvlari tarkibidagi temir (III), kadmiy (II) va marganes (II) ionlarini aniqlash samaradorligini 10-15% ga oshirish imkonini bergan;
oqova suvlar tarkibidagi temir (III), kadmiy (II) ionlarini tuproq tarkibidan marganes (II) ionini spektorofotometrik aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Atrof-muhit monitoring, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limida oqova suv va tuproq namunalari tarkibidagi og‘ir va zaxarli metallarni tahlil qilish amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 29 noyabrdagi 03-03/3-7524-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, temir (III), kadmiy (II) va marganes (II) ionlarini spektrofotometrik aniqlash usullarida qo‘llanilayotgan chetdan keltiriladigan reagentlar o‘rnini bosuvchi indigo reagentini amaliyotda qo‘llash imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish