Yakubov Shamshod Murtozakulovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent vohasi sharoitida chimyon piyozini (Allium tschimganicum B. Fedtsch.) bioekologiyasi va ko‘paytirish texnologiyasi”, 06.03.03 – Dorivor o‘simliklar introduksiyasi, etishtirish texnologiyasi va agrofarmekologiyasi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1051.
Ilmiy rahbar: Axmedov Egamyor Toshboevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Xislat Qudratovich, biologiya fanlari doktori, professor; Baratova Moxidil Raximovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent vohasi sharoitida Chimyon piyozini (Allium tschimganicum B. Fedtsch.) bioekologik xususiyatlarini aniqlash va ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent vohasi sharoitida A.tschimganicum ning tabiiy va madaniy holda mavsumiy rivojlanish ma’romini iqlim sharoitlari bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy asoslanib, havo xaroratining (o‘rtacha 15-200S ga) ko‘tarilishi, o‘simliklarda mavsumiy rivojlanish jarayonining jadallashishi va aksincha, haroratni pasayishi esa ularni kechikishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
A. tschimganicum urug‘ining tashqi integumentida pigment qavati va endospermda oqsil saqlovchi hujayralarning mavjudligi sababli urug‘larning unib chiqish darajasi past (2-3%) ekanligi aniqlangan;
A. tschimganicum o‘simligini eng maqbul ekish muddati oktyabr oyining I-dekadasi ekanligi isbotlangan;
A. tschimganicum o‘simligini piyozboshidan ko‘paytirishda chirindili tuproqni qo‘llash orqali uni 12 tagacha ko‘payishi aniqlangan;
A. tschimganicum o‘simligini eng maqbul ekish chuqurligi 5 sm va ekish sxemasi 40+15+15/3x8 sm ekanligi aniqlangan;
A. tschimganicum o‘simligini fitokimyoviy tarkibi aniqlangan va efir moy tarkibida 68 ta komponent mavjudligi hamda chirindili tuproqda 16 ta komponentga boyiganligi aniqlangan;
Chimyon piyozini madaniy holda chirindili tuproq qo‘llash orqali nazoratga nisbatan B2, B9, B12, PP vitaminlarga boyiganligi va oqsil miqdori 6,24 % ko‘payganligi aniqlangan;
Chimyon piyozini madaniy holda o‘stirish orqali xom ashyo hosildorligini (ho‘l holda) ekish sxemalariga bog‘liq holda o‘rtacha 2095 kg/ga ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent vohasi sharoitida Allium tschimganicum ni bioekologik xususiyatlari va ko‘paytirish texnologiyasini tadqiq qilishga oid ilmiy natijalar asosida:
Toshkent vohasi sharoitida o‘sayotgan A. tschimganicum ni bioekologik xususiyatlari va ko‘paytirish usullari bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28-maydagi 05/06-04-227-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma Toshkent vohasi sharoitida Allium tschimganicum ni ko‘paytirishda qo‘llanma sifatida hizmat qilmoqda;
A.tschimganicum piyozboshlarini ekish chuqurligi bo‘yicha ishlanma Toshkent viloyati Parkent tumani “Bog‘bon” fermer xo‘jaligining 0,1 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28-maydagi 05/06-04-227-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida A.tschimganicum o‘simligini etishtirish orqali 9,5 mln so‘m samaradorlikka erishilgan;
A.tschimganicum ni ekishda piyozboshning maqbul o‘lchamlaridan (kolibrovka) foydalanish texnologiyasi Toshkent viloyati Parkent tumani “Boyqozon Shokir” fermer xo‘jaligining 0,1 gektar maydoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28-maydagi 05/06-04-227-son ma’lumotnomasi). Natijada A.tschimganicum o‘simligini etishtirish orqali 10,5 mln so‘m daromad olingan.
Bosh ilmiy kotib
A.Shermuxamedov Bosh inspektor
U.Abduraxmanov bosh mutaxassis
Yu.Inoyatova Markaz
boshlig‘i
Z.Tadjixodjaev Veb-sayt administratori
O.Mahmonov