Inomova Munira Murotjon qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yopiq ildiz tizimida payvandlangan xandon pista (Pistacia vera L.) ko‘chatlarini jadal etishtirish texnologiyasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx596.
Ilmiy rahbar: Hamzaev Abdushukur Xudoykulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; To‘laev Doniyor Baxtiyorovich, qishloq xo‘jalik fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xandon pista nixollarini yopiq ildiz tizimli konteynerlarda urug‘idan ekib etishtirish va maqbul payvandlash usullarini qo‘llash orqali navli pista plantatsiyalari uchun jadal ko‘chat etishtirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor xandon pista urug‘larini ekishga tayyorlashda yirik hajmli (Bobotog‘ navi) urug‘lardan foydalanish va Vitovaks-200 FF urug‘ dorilagichida ivitish ularning unuvchanligini 86-87% ga oshirishi aniqlangan;
konteynerlarda xandon pista nihollarini etishtirish uchun 80% tuproq va 20% kokosli torf aralashmasidan foydalanish nihollarning balandligini 1,3 barobarga va tana diametrini 1,4 barobarga oshirishi aniqlangan;
konteynerlarda etishtirilgan pista nihollariga kornevin stimulyatori eritmasini 0,1% me’yorida qo‘llash ildiz tizimining rivojlanishini 1,6 barobarga, er ustki qismlari biomassasini 1,4 barobarga oshirishi aniqlangan;
konteynerlarda xandon pista nihollarini jadal etishtirishda mineral o‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul me’yori N90P60K30 aniqlanib, nihollarning o‘sishi 1,4 barobarga oshirilgan va bir yilda payvandlangan pista ko‘chatlarini etishtirish mumkinligi isbotlangan;
konteynerlarda xandon pista nixollarini jadal etishtirish uchun tomchilatib sug‘orish orqali tuproq namligini ChDNS ga nisbatan 50-55% da saqlab turish nihollarning o‘sishini 1,0-1,2 barobarga oshirishi aniqlangan;
pista nihollarini payvandlashning eng maqbul muddati iyul oyining I-o‘n kunligi ekanligi va payvandlarning tutib qolish darajasi 73% bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yopiq ildiz tizimida payvandlangan xandon pista (Pistacia vera L.) ko‘chatlarini jadal etishtirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
payvandlangan xandon pista (Pistacia vera L.) ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi ishlanmasi Toshkent viloyati Burchmullo davlat o‘rmon xo‘jaligining Oqtosh aylanmasi bo‘limi xududida 1,0 ga va Navoiy viloyati Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligida 10,0 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi 03-03/3-396-son ma’lumotnomasi). Natijada 4-5 yildan boshlab 12,5 mln so‘m/ga daromad olishga erishilgan.
xandon pista (Pistacia vera L.) ko‘chatlarini jadal etishtirish ishlanmasi Surxondaryo viloyati Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligida 10,0 ga, Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidagi Pistachilik ilmiy-tajriba stansiyasida 5,0 ga maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 15 yanvardagi 03-03/3-396-son ma’lumotnomasi). Natijada navli pista plantatsiyasidan 13,5 mln so‘m/ga daromad olishga erishilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish