Iskandarova Farida Ismoilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): "Revmatoid artritli bemorlarda yalliglanish oldi sitokinlar geni polimorfizmining progonostik axamiyati ", 14.00.05-Ichki kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3020.
Ilmiy raxbar: Shodikulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.102.01
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: revmatoid artrit bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish oldi sitokinlar geni polimorfizmini o‘rganish natijasida kasallikni erta tashxislash va kechishini prognozlash mezonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
revmatoid artritda NDA bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan DAS28, VASh (P<0,001) bo‘yicha yuqori faollik, RO, SRO, SSKA (P<0,001) miqdorini oshishi aniqlangan;
revmatoid artrit va nodifferensiallashgan artrit bilan og‘rigan bemorlarda TNF-α, IL-6 va kasallikning davomiyligi, VASh, DAS28, EChT, RO, CRO, fibrinogen, SSKA o‘rtasida yuqori to‘g‘ri korrelyasiion bog‘liqlik aniqlangan (r=0,761-0,977) va bular kasallik faolligini baxolash uchun prognostik marker sifatida qo‘llanilishi asoslangan;
ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda TLR2(Arg753G TLR 2 Arg753Gln (rs5743708) genining Arg/Gln genotipi, IL17F His161Arg (rs763780) genining gomozigotali mutant His/His genotipi, hamda IL 23 G/A (rs11209026) getrozigotali G\A genotipi tashuvchilarida RA rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangan;
nodifferensiallashgan artrit bilan kasallanganlarda IL17A G-197A (rs2275913) genining A alelli uchrash chastotasi yuqoriligi aniqlangan va ushbu guruh bemorlar uchun diagnostik mezon sifatida qo‘llanilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Revmatoid artritli bemorlarda yalliglanish oldi sitokinlar geni polimorfizmining progonostik axamiyati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: revmatoid artritda nodifferensiallashgan artrit (NDA) bilan og‘rigan bemorlarga nisbatan DAS28, VASh (P<0,001) bo‘yicha yuqori faollik, RO, SRO, SSKA (P<0,001) miqdorini oshishi aniqlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitet qoshidagi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 27 noyabrida 109-son bilan tasdiqlangan “Revmatoid artritni erta tashxislashda immunologik markyorlarni o‘rganish orqali personifisirlangan yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif  Samarqand viloyati shahar tibbiyot birlashmasida 14.05.2024 yil 1241-7-107-TB/2024-sonli buyruq bilan, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 5 sentyabrdagi 78-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/59-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nodifferensiallashgan artrit bilan og‘rigan bemorlarda revmatoid artrit rivojlanish xavfi, uning kliniko-laborator xususiyatlari aniqlangan va ushbu mezonlar asosida, kasallikni beqarorlashish xavfini xamda prognozini baholash uchun dastur yaratilgan va erta tashxislash mezonlari takomillashtirilgan. Iqtisodiy samaradorligi: NDA bilan og‘rigan bemorlarda revmatoid artritni erta tashxislash natijasida asoratlar soni kamaytirilgan va statsionarda davolash yotoq kuni 2 kunga qisqarganligi hisobida 454000 so‘m davlat byudjeti mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: revmatoid artrit va nodifferensiallashgan artrit bilan og‘rigan bemorlarda TNF-α, IL-6 va kasallikning davomiyligi, VASh, DAS28, EChT, RO, CRO, fibrinogen, SSKA o‘rtasida yuqori to‘g‘ri korrelyasiion bog‘liqlik aniqlangan (r=0,761-0,977) va bular kasallik faolligini baxolash uchun prognostik marker sifatida qo‘llanilishi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitet qoshidagi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 27 noyabrida 109-son bilan tasdiqlangan “Revmatoid artritni erta tashxislashda immunologik markyorlarni o‘rganish orqali personifisirlangan yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati shahar tibbiyot birlashmasida 14.05.2024 yil 1241-7-107-TB/2024-sonli buyruq bilan, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 5 sentyabrdagi 78-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/59-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: nodifferensiallashgan artrit bilan og‘rigan bemorlarda revmatoid artrit rivojlanish xavfining erta tashxislashni takomillashtirish, profilaktik chora-tadbirlarni optimallashtirish, RA bilan kasallangan bemorlarda hayot sifatini yaxshilash, asoratlarni kamaytirish va tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: NDA bilan kasallangan bemorlarda RA rivojlanish xavfini erta tashxislash, kasallik faolligini pasaytirish, remissiyani chaqirish natijasida o‘rin-kunlarni qiskarishi natijasida bitta bemorga belgilangan dori vositalarini iqtisod qilishga erishilgan. Shifoxonada 1 kunlik dori xarajatlari 56000 so‘mni tashkil etadi, 2 kun uchun sarflanadigan mablag‘ miqdori 112000 so‘m mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor revmatoid artrit bilan og‘rigan bemorlarda TLR2(Arg753G TLR 2 Arg753Gln (rs5743708) genining Arg/Gln genotipi, IL17F His161Arg (rs763780) genining gomozigotali mutant His/His genotipi, hamda IL 23 G/A (rs11209026) getrozigotali G\A genotipi tashuvchilarida RA rivojlanish xavfi yuqori ekanligi isbotlangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitet qoshidagi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 27 noyabrida 109-son bilan tasdiqlangan “Revmatoid artritni erta tashxislashda immunologik markyorlarni o‘rganish orqali personifisirlangan yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati shahar tibbiyot birlashmasida 14.05.2024 yil 1241-7-107-TB/2024-sonli buyruq bilan, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 5 sentyabrdagi 78-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/59-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: revmatoid artrit va nodifferensiallashgan artrit bilan kasallangan bemorlarda IL17A G-197A (rs2275913), IL17F His161Arg (rs763780), IL 23 G/A (rs11209026) va TLR 2Arg753Gln (rs5743708) genlari polimorfizmining tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu kasalliklar rivojlanishiga moyil va himoya qiluvchi genetik omillar xaritasi tuzish orqali RA rivojlanishini bashoratlash sifatini yaxshilashga, nogironlik darajasini pasaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: RA va NDA bilan kasallangan bemorlarda molekulyar-genetik tekshirishlar o‘tkazilishi, kasallikni kechishini oldindan bashorat qilishga erishish, asoratlarning uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izohlanadi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40000 so‘m sarflansa, 10 nafar RA bemorlarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 400000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nodifferensiallashgan artrit bilan kasallanganlarda IL17A G-197A (rs2275913) genining A alelli uchrash chastotasi yuqoriligi aniqlangan va ushbu guruh bemorlar uchun diagnostik mezon sifatida qo‘llanilishi asoslangan va ular bo‘yicha takliflar Samarqand Davlat tibbiyot universitet qoshidagi ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 27 noyabrida 109-son bilan tasdiqlangan “Revmatoid artritni erta tashxislashda immunologik markyorlarni o‘rganish orqali personifisirlangan yondashuv” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyati shahar tibbiyot birlashmasida 14.05.2024 yil 1241-7-107-TB/2024-sonli buyruq bilan, Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2024 yil 5 sentyabrdagi 78-sonli buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 25 sentyabrdagi №06/59-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: RA va NDA bilan kasallangan bemorlarda immunologik (RO, SPKA, IL-6, TNF-α) tekshiruvlar o‘tkazilishi kasallikni rivojlanishi va kechishini oldindan bashorat kilishga erishish, asoratlarni uchrash chastotasini kamaytirishi bilan izoxlanadi. Bu o‘z navbatida bemorlarni ambulator murojaatlari sonini kamaytirishiga, oilaviy poliklinikaga 1 kunlik qatnov uchun 40000 so‘m sarflansa, 10 nafar RA bemorlarga qatnov uchun oilaviy poliklinikada xizmat ko‘rsatish umumiy 400000 so‘mni byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish