Siyabaev Farxodjon Xakimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak transplantatsiyasida resipientlarni perioperatsion davrda og‘riqsizlantirish usullarini optimallashtirish», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2966..
Ilmiy rahbar: Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salimov Umid Ravshanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Minsk jarroxlik, transplantologiya va gematologiya ilmiy-amaliy markazi" davlat muassasasi (Belarus` Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: regionar og‘riqsizlantirish usullarini qo‘llash orqali buyrak transplantatsiyasidan keyin buyrak transplantanti resipientlarida perioperativ og‘riqsizlantirish natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan bemorlarda ul`tratovushli navigatsiya nazorati ostida ko‘ndalang qorin mushagi yuzasi blokadasi va umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi blokadasi qo‘llanilishi ekstubatsiya vaqti va perioperativ davrda opioid analgetiklar sarfi kamayishi hisobiga samaradorligi isbotlangan;
amaliyotdan keyingi erta davrda buyrak transplantantli resipientlarda ul`tratovush nazorati ostida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasini blokada qilishning og‘riqsizlantirish samaradorligi va xavfsizligi og‘riq kamayishning sub’ektiv va ob’ektiv belgilari (markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlari, qonning kislota-ishqor holati, qondagi glyukoza ko‘rsatkichlari, og‘riqni baholash shkalalari) hamda sarflangan narkotik analgetiklarning umumiy miqdori kamayganligi bilan isbotlangan;
ul`tratovush navigatsiyasi nazorati ostida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasini uzoq muddatli blokadasidan foydalanish samaradorligi bemorlarning notsiseptiv xususiyatlari tiklanishi, narkotik analgetiklarga bo‘lgan ehtiyojini 47 foizga, amaliyotdan keyingi ko‘ngil aynish va qusish holatlarini 75 foizga kamayishi hamda oshqozon-ichak peristaltikasini 63 foizga erta tiklanishi hisobiga reanimatsiya bo‘limida 19,4 soatga kamroq qolishi va kasalxonada bo‘lish muddatini 3,05 sutkaga qisqarishi isbotlangan;
buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan bemorlarda amaliyotni yakunida bajarilgan ko‘ndalang qorin mushagi yuzasi blokadasidan foydalanish esa amaliyotdan keyingi davrda narkotik analgetiklarga bo‘lgan ehtiyojni 18,2 foizga, amaliyotdan keyingi ko‘ngil aynish va qusish holatlarini 57,4 foizga kamayishiga, oshqozon-ichak peristal`tikasini 36,3 foizga erta tiklanishiga va qorinni dam bo‘lishini 61 foizga kamroq namoyon bo‘lishiga erishilgan, bu esa o‘z navbatida bemorlarni reanimatsiyada 15,12 soatga va kasalxonada bo‘lish muddatini 1,25 sutkaga qisqartirishi isbotlangan;
buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan resipientlarda umumiy kombinirlangan anesteziya bilan regionar anesteziya usullarini birgalikda qo‘llash bemorlarni tezroq aktivlashtirish, narkotik analgetiklarga xos nojo‘ya ta’sirlarni kam namoyon bo‘lishi, transplantant funksiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi og‘riq qoldiruvchi vositalarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirganligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buyrak transplantatsiyasida resipientlarni perioperatsion davrda og‘riqsizlantirish usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘ndalang qorin mushagi fassial yuzasi blokadasi va ul`tratovush navigatsiya nazorati yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak yuzasi blokadasi asosida ekstubatsiya vaqtini va intraoperativ davrda narkotik anal`getiklar sarfini baholash bilan asoslangan, moslashtirilgan va buyrak transplantanti resipientlari uchun perioperativ og‘riqsizlantirish sxemasiga kiritilgan. Ishlab chiqilgan protokolni ul`tratovush navigatsiya yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi blokadasidan foydalangan holda operatsiyadan keyingi davrda og‘riqsizlantirish qo‘llanilishining ilmiy natijalari bo‘yicha takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Muvofiqlashtiruvchi Ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 19 yanvardagi 1-son bilan tasdiqlangan nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (filial direktorining 10.12.2023 yildagi № 212/1 sonli buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (filial direktorining 03.11.2023 yildagi № 96-T sonli buyrug‘i) asosida joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/81 – son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: buyrak transplantanti resipientlarida ul`tratovush navigatsiya yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi blokadasi umumiy anesteziya bilan ko‘shilgan holda ishlatilishi intraoperativ davrda narkotik vositalarning iste’mol qilinishini 50 foizga kamaytirishga yordam bergan, ekstubatsiya vaqtini esa 30 foizga qisqartirgan. Iqtisodiy samaradorligi: UKA qo‘llangan guruhda umumiy anesteziya narxi 248814 so‘mni tashkil etgan. Ul`tratovush navigatsiya yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi blokadasini UKA bilan birgalikda ishlatgan guruhda umumiy anesteziya narxi 231482 so‘mni tashkil etgan. Har bir bemorga 17332 so‘m tejalgan. Ushbu tadqiqot doirasida jami tejam 554624 so‘mni (n=32) tashkil etgan. Bundan tashqari, bemorlarning sun’iy ventilyasiyaga sarflangan vaqtining qisqarishi iqtisodiy samaradorlikni ko‘rsatgan, bu bemorni ekstubatsiya qilish vaqtini 30 foizga qisqartirish bilan namoyon bo‘lgan. Xulosa: buyrak transplantatsiyasi resipientlarida umumiy anesteziya bilan birgalikda ul`tratovush navigatsiya yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi blokadasidan foydalangan holda perioperativ og‘riqsizlantirish sxemasi asoslangan, moslashtirilgan va amalga oshirilgan. Bu ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlikka ega, intraoperativ davrda narkotik vositalarning sarfining kamayishi, o‘pkaning sun’iy ventilyasiya va bemorlarni ekstubatsiya vaqtini qisqarishi va buning natijasida anesteziya narxini kamayishi bilan namoyon bo‘lgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: markaziy va periferik gemodinamikaning parametrlari, kislota-ishqor muhiti holati, qondagi glyukoza ko‘rsatkichlari, og‘riqni baholash shkalasi va narkotik anal`getiklar iste’mol qilingan umumiy miqdorini tahlil qilish asosida operatsiyadan keyingi davrda buyrak transplantatsiya resipientlari uchun standart og‘riqsizlantirish bilan ul`tratovush navigatsiya yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomiy blokadasi samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (filial direktorining 10.12.2023 yildagi № 212/1 sonli buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (filial direktorining 03.11.2023 yildagi № 96-T sonli buyrug‘i) asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ul`tratovush navigatsiya yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomiy blokadasi orqali operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish mul`timodal opioid tejash texnologiyasidan foydalanish markaziy va periferik gemodinamika ko‘rsatkichlarning barqarorlashuviga yordam bergan, kislotali-ishqor holatini stabilligini ta’minlagan, organizmning stressga javob berishdagi kuchlanishini kamaytirgan, samarali og‘riqsizlantirish, narkotik vositalarning iste’molini va ularga xos bo‘lgan salbiy ta’sirlarini (og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, deliriy) namoyon bo‘lishini kamaytirgan. Iqtisodiy samaradorligi: ul`tratovush navigatsiya yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomiy blokadasi ishlatilishi og‘riqni 3 barobardan ko‘proq engillashtirgan, markaziy va periferik gemodinamikaga 20 foizga kamroq o‘zgarish bergan, narkotik vositalarning iste’molni 47 foizga va ularga xos bo‘lgan salbiy ta’sirlarni, shuningdek, operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynishi va qusishni 74,1 foizga, operatsiyadan keyingi deliriyni 70 foizga kamaytirgan. Operatsiyadan keyingi og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish va deliriyni davolash uchun sarflangan xarajatlar miqdori har bir bemorga kuniga 141000 so‘mni tashkil etgan. Umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomli blokadasidan foydalanish yuqoridagi ko‘rinishlarni davolash xarajatlarini o‘rtacha 70 foizga kamaytirishga imkon bergan, bu esa har bir bemor uchun kuniga 98000 so‘mni tejash imkonini bergan. Tadqiqot miqyosida 32 nafar bemorga 3136000 so‘m tejash imkonini bergan. Xulosa: buyrak transplantanti resipientlari umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomli blokadasidan foydalanish operatsiyadan keyingi erta davrni yaxshilashga, narkotik vositalarning iste’molini kamaytirishga va ularga xos bulgan salbiy ta’sirlarni ham kamaytirishga yordam bergan. Shu bilan birgalikda hayot sifatini yaxshilash, kognitiv buzilishlarni kamaytirish, bemorlarning erta faollashishi va tiklanishiga yordam bergan, shuningdek, operatsiyadan keyingi davrda bemorlarni davolash xarajatlarini kamaytirgan.
uchinchi ilmiy yangilik: umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomli blokadasidan foydalanish bemorlarning reanimatsiya bo‘limi va kasalxonada bo‘lish muddatini qisqartirish, operatsiyadan keyingi ko‘ngil aynish va qusish holatlarini kamaytirish, oshqozon-ichak motorikasini erta tiklash imkonini bergan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (filial direktorining 10.12.2023 yildagi № 212/1 sonli buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (filial direktorining 03.11.2023 yildagi № 96-T sonli buyrug‘i) asosida joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: buyrak transplantanti resipientlarida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomli blokadasini joriy etish va qo‘llash operatsiyadan keyingi erta davrda ichak parezi va qorin shishi ko‘rinishlarini 67,7 foizga kamaytirishga, kognitiv buzilishlarni kamaytirishga, bemorlarning ruhiy-ijtimoiy tiklanishini tezlashtirishga, shuningdek, reanimatsiya bo‘limida yotish muddatini 28,5 foizga, kasalxonada 25,8 foizga qisqartirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: reanimatsiya bo‘limida regionar anesteziya qo‘llanilmagan guruhda bir kun yotishning o‘rtacha narxi 166800 so‘mni, reanimatsiya bo‘limidagi o‘rtacha yotoq kunlar soni 2,84 kunlarni tashkil etgan. Bir bemorning reanimatsiya bo‘limida davolanishning umumiy narxi 473712 so‘mni (166800x2,84 = 473712 so‘m) tashkil etgan. ESPBdan foydalanayotgan bemorlar guruhida reanimatsiya bo‘limida bir kunlik yotoqning o‘rtacha narxi 141 629 so‘mni, yotish muddati 2 kunni tashkil etgan. Ushbu guruhdagi bemorlarning reanimatsiya bo‘limida davolanishiga sarflangan umumiy xarajatlar 283258 so‘mni (141629x2=283258 so‘m) tashkil etgan. Bir bemorga 190454 so‘m (473712 – 283258=190454 so‘m) tejamkorlik aniqlangan. 100 nafar bemor uchun 19045400 so‘m tejalgan. An’anaviy usul bilan davolangan bemorlar transplantologiya bo‘limida bir kunlik yotish narxi 401809 so‘mni, o‘rtacha yotish davomiylini esa 11 kunni tashkil etdi. Shifoxonada davolanishning umumiy narxi 4419899 so‘mni (401809x11=4419899 so‘m) tashkil etdi. Umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomli blokadasidan foydalangan guruhda transplantatsiya bo‘limida bir kunlik davolanish xarajatlari asoratlar sonining kamayishi va bemorlarning erta faollashishi tufayli 317118 so‘mni, yotish davomiyligini ham past bo‘lgan, o‘rtacha 8,2 kunni tashkil etgan. Ushbu guruhda transplantatsiya bo‘limida umumiy davolash xarajatlari 2600367,6 so‘mni (317118x8,2=2600367,6 so‘m) tashkil etgan. Taklif etilayotgan usul har bir bemorning yotish davomiyligi xarajatlarini 1819532 so‘mga qisqartirish hisobiga statsionar davolanish xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan. 100 nafar bemorga 18952300 so‘m mablag‘ tejalgan. Xulosa: reanimatsiya bo‘limida va kasalxonada yotish muddatini qisqartirish davolanishning umumiy narxini pasaytirgan. Umumiy xarajatlarni hisoblash shuni ko‘rsatdiki, perioperativ davrda umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomli blokadasi qo‘llanilgan guruhda an’anaviy og‘riqsizlantirish qo‘llanilgan guruhga nisbatan davolash harajatlari 40,4 foizga kamaygan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tavsiya etilgan perioperativ og‘riqsizlantirish usuli va davolashning ijobiy klinik natijalari o‘rtasidagi iqtisodiy samaradorlik va yuqori korrelyasiya bog‘liqligi isbotlangan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (filial direktorining 10.12.2023 yildagi № 212/1 sonli buyrug‘i) hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialining faoliyati bo‘yicha (filial direktorining 03.11.2023 yildagi № 96-T sonli buyrug‘i) asosida joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi og‘riqsizlantirish uchun narkotik vositalar iste’mol qilishning korrelyasiya bog‘liqligini statistik tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, narkotik vositalar iste’mol qilishning kamayishi ko‘ngil aynish va qusish ko‘rinishlarining kamayishi, ichak parezi va shishish chastotasining pasayishi, bemorlarning erta faollashuvi, bemorlarning intensiv terapiya bo‘limida yotish muddatining pasayishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik ko‘ngil aynish, qusish, ichak parezlarini bartaraf etish uchun dori vositalarini qo‘llashni kamaytirish, shuningdek, reanimatsiya bo‘limida yotish muddatini qisqartirish hisobiga reanimatsiya bo‘limida davolanish xarajatlarini kamaytirishdan iborat edi. Guruhdagi bitta bemorni an’anaviy usulda davolashning umumiy narxi (jarrohlik va laboratoriya tekshiruvlari xarajatlari bundan mustasno) 5262969 so‘mni tashkil etgan (anesteziya narxi + reanimatsiya bo‘limida davolanish narxi + transplantatsiya bo‘limida davolanish narxi). Davomli regionar blokadasi qo‘llanilgan guruhda davolanishning umumiy qiymati 3135216 so‘mni tashkil etgan. Bir bemorga nisbatan tejamkorlik 2127753 so‘mni tashkil etgan. Har 100 nafar bemorga 212775300 so‘m mablag‘ tejalgan. Xulosa: buyrak transplantanti resipientlarida umumiy anesteziya bilan birgalikda ul`tratovush navigatsiya yordamida umurtqa pog‘onasini tiklovchi mushak fassial yuzasi davomli blokadasi ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lib, davolash xarajatlarini an’anaviy og‘riqsizlantirishga nisbatan 35,4 foizga kamaytirishga yordam bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Buyrak transplantatsiyasida resipientlarni perioperatsion davrda og‘riqsizlantirish usullarini optimallashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/81 – son xulosasi.