Bababekov Umidbek Djurabekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ikki izli osma boronalash agregatini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3983.
Ilmiy rahbar: Abdusalim To‘xtaqo‘ziev, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Auezov Ongarbay Pirleshovich – texnika fanlari doktori, professor; Xudoyarov Anvar Nazirjonovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ikki izli osma boronalash agregatini ishlab chiqish va uning maqbul parametrlarini asoslash orqali erlarni boronalashda ish sifati va unumini oshirish, mehnat sarfi va boshqa harajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikki izli osma boronalash agregatining konstruktiv sxemasi uning birinchi va ikkinchi qatorlarda joylashgan boronalarining tishlari bir xil chuqurlikka botib ishlashi ta’minlanishi shartidan ishlab chiqilgan;
ikki izli boronalash agregati boronalarining parametrlari (tishlar va ular pastki o‘tkirlangan qismlarining uzunligi, tishlar izlarining kengligi, har bir tishga to‘g‘ri keladigan massa, boronalaning mavjud va pasaytirilgan ulash nuqtalari orasidagi tik masofa) ular tomonidan ishlov berilayotgan tuproq qatlami belgilangan chuqurlikka to‘liq yumshatilishi ta’minlanishi hisobga olinib asoslangan;
ikki izli osma boronalash agregati tayanch chang‘ilarining parametrlari (egrilik radiusi, eni va uzunligi) ular tuproqqa sezilarli botmasdan ishlashlari hamda ularning oldida tuproq uyumlari hosil bo‘lmasligi hisobga olinib asoslangan;
ikki izli osma boronalash agregati boronalari tishlarining uzunligi har bir tishga to‘g‘ri keladigan massa, boronalarning mavjud va pasaytirilgan ulanish nuqtalari orasidagi tik masofalarning maqbul qiymatlari ularning boronalash agregatining sifat va energetik ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikki izli osma boronalash agregatini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ikki izli boronalash agregatiga Intellektual mulk markazining foydali modelga (“Tuproqqa ishlov berish quroli”, №FAP 02333) patenti olingan. Natijada ikki izli boronalash agregatining konstruktiv sxemasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ikki izli osma boronalash agregatining sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talab, texnik topshiriq va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (BMKB-Agromash” AJning 2024-yil 02-fevraldagi № 01-05 son ma’lumotnomasi). Natijada parametrlari asoslangan ikki izli osma boronalash agregatining sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;