Ilxomjonova Fotima Muxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentning zamonaviy modellaridan samarali foydalanish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3111.
Ilmiy rahbar: Tashmuradova Bibisora Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qahhorov Azizjon Ahror o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent share filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentning zamonaviy modellaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish dissertatsiya ishining maqsadi hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bank xususiy kapitalini oshirishda sof foyda taqsimotini o‘z chiqarilgan aksiyalarini sotib olishga yo‘naltirish orqali moliyaviy barqarorlikni oshirish taklif qilingan;
dividend siyosatini optimallashtirish va oddiy aksiyalarni yopiq obun tarzida aksiyadorlar ortasida joylashtirish orqali bank ustav kapitallashuvini oshirish taklifi asoslangan;
konservativ yondashuvni amalga oshirgan holda yuqori toifali kredit reytingiga ega bo‘lgan mijozlarga kredit ajratish orqali chakana kreditlash sohasidagi risklarni minimallashtirish taklif etilgan;
foizli va komission daromadlar tarkibini optimallashtirishda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning uzoq kanallariga o‘tish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentning zamonaviy modellaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank xususiy kapitalini oshirishda sof foyda taqsimotini o‘z chiqarilgan aksiyalarini sotib olishga yo‘naltirish orqali moliyaviy barqarorlikni oshirish taklif “Davrbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“Davrbank” ATBining 2024-yilning 1-fevralidagi 15816-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning 2022-yilning 30-iyun xolatiga taqsimlanmagan foydasi 86 084 163 000.00 so‘mning bir qismi, ya’ni 46 862 525 000.00 so‘mlik mablag‘lar dividend tarzida hisoblanib, shundan 36 900 000.00 so‘mini chiqarilgan aksiyalar xaridiga belgilangan tartibda yo‘naltirildi va moliyaviy menejment tizimida moliyaviy barqarolikni 10 foizga o‘sishiga erishildi;
dividend siyosatini optimallashtirish va oddiy aksiyalarni yopiq obun tarzida aksiyadorlar ortasida joylashtirish orqali bank ustav kapitallashuvini oshirish taklifi “Davrbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“Davrbank” ATBining 2024-yilning 1-fevralidagi 15816-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning ustav kapitali 2023-yilning 6-iyun holatiga 400 trln. so‘mni tashkil etib, 42,5 foizga oshgan hamda o‘z mablag‘lari bilan qarz mablag‘lari nisbati pasayishiga erishildi;
konservativ yondashuvni amalga oshirgan holda yuqori toifali kredit reytingiga ega bo‘lgan mijozlarga kredit ajratish orqali chakana kreditlash sohasidagi risklarni minimallashtirish taklifi “Davrbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Davrbank” ATBining 2024-yilning 1-fevralidagi 15816-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank o‘z kredit portfeli sifat jihatidan yuqori toifaga olib chiqdi hamda aktivlar rentabelligi koeffisientini 5,63 foizga o‘shishiga erishildi;
foizli va komission daromadlar tarkibini optimallashtirishda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning uzoq kanallariga o‘tish taklifi “Davrbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan. (“Davrbank” ATBining 2024-yilning 1-fevralidagi 15816-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank xususiy kapital rentabelligi(ROE) ko‘rsatkichi 2022-yilda 34,59 foiz yoki oldingi yilga nusbatan 4,24 foizga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish