Umarov Ulug‘bek Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta Osiyo tosh davri taqinchoqlari (yasalish texnikasi, tipologiyasi va funksiyasi)”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/ Tar.1503
lmiy rahbar: Xolmatov Normaxammad O‘rozovich, tarix fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, tarix fanlari doktori, akademik Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich va Shaxrisabz davlat muzey-qo‘riqxonasi direktori tarix fanlari doktori, Xushvaqtov Nabi Olimovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘rta Osiyoning tosh davri jamoalari turmushida qo‘llanilgan taqinchoqlarning moddiy madaniyat, aholi ma’naviy hayotidagi ijtimoiy ahamiyatini tizimli ravishda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turon hududida tosh davriga oid 125 ta yodgorlikdan topilgan 1331 ta zeb-u ziynat va taqinchoqlar borligi, ulardan 10 tasi so‘nggi paleolit (1 %), 101 tasi mezolit (10,1 %), 1220 tasi neolit (89 %) davriga tegishli ekanligi aniqlandi.
Tosh davri taqinchoqlarining tipologiyasi ishlab chiqilib, uning 7 ta tipi -munchoq 983 ta (73%), tumor 15 ta (1,2%), uzuk 2 ta (0,2%), bilakuzuk 1 ta (0,08%), labretka 2ta (0,2 %), kiyim taqinchoq va bezaklari 94 ta (0,7 %), haykalchalar ko‘rinishidagi taqinchoqlar 34 ta (2,6%) aniqlanib, ular so‘nggi paleolitda faqat munchoq (10 ta), mezolitda munchoq (99 ta), tumor (2 ta), uzuk (1 ta), labretka (1 ta), neolit munchoq (1077 ta), tumor (13 ta), bilakuzuk (1 ta), labretka (1 ta), kiyim bezaklari (94 ta), haykalcha ko‘rinishidagi taqinchoqlardan (34) iborat ekanligi isbotlandi.
Tosh davri taqinchoqlari so‘nggi paleolitda parmalash, o‘yish, silliqlash, arralash, mezolitda parmalash, o‘yish, silliqlash, arralash, randalash, neolitda parmalash, ikki tomonlama parmalash, silindrik teshik hosil qilish, o‘yish, silliqlash, arralash, randalash va egovlash texnikasi yordamida yasalganligi aniqlandi.
Neolit davri qabr materiallari (tumor), yodgorliklardan topilgan standartlashgan, turkum taqinchoqlar asosida urug‘ a’zolari orasida ijtimoiy tengsizlik, odamlar kasbiy ixtisoslashuvi ro‘y berganligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “O‘rta Osiyo tosh davri taqinchoqlari(yasalish texnikasi, tipologiyasi va funksiyasi)” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘rta Osiyo hududidan topilgan tosh davriga oid 1331 ta taqinchoqlar ma’lumotlari va ularning ilmiy tahlili xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Bir qishloq tarixi” ko‘rsatuvining Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qadimiy Jom qishlog‘i tarixiga bag‘ishlangan soni senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 19 iyundagi 02-30-980-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonning tarixi va madaniy merosini targ‘ibotiga xizmat qilgan.
Tosh davri taqinchoqlarining tipologiyasi haqidagi ma’lumotlardan, ularni o‘rganish ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Bir qishloq tarixi” ko‘rsatuvining Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qadimiy Sazag‘on qishlog‘i tarixiga bag‘ishlangan soni senariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 19 iyundagi 02-30-980-son ma’lumotnomasi). Natijalar Samarqandning tarixi va madaniy merosini targ‘ibotiga xizmat qilgan.
Tosh davri taqinchoqlari so‘nggi paleolitda parmalash, o‘yish, silliqlash, arralash, mezolitda parmalash, o‘yish, silliqlash, arralash, randalash, neolitda parmalash, ikki tomonlama parmalash, silindrik teshik hosil qilish, o‘yish, silliqlash, arralash, randalash va egovlash texnikasi yordamida yasalganligi xususidagi ma’lumotlardan “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasida amaliyotga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 13 maydagi 02-07/1812 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotning ilmiy yangiliklari muzey-qo‘riqxona tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi, viloyat O‘lkashunoslik muzeyidagi tosh davri madaniyati bilan bog‘liq ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini yangilashga xizmat qilgan.
Neolit davri qabr materiallari (tumor), yodgorliklardan topilgan standartlashgan, turkum taqinchoqlar asosida urug‘ a’zolari orasida ijtimoiy tengsizlik, odamlar kasbiy ixtisoslashuvi ro‘y berganligi xususudagi yangi ma’lumotlardan “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasida targ‘ibotida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2024-yil 13 maydagi 02-07/1812 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangiliklari muzey-qo‘riqxona tarkibiga kiruvchi Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyidagi tosh davri madaniyati bilan bog‘liq ekspozisiyalarning ekskursiya matnlarini yangilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish